Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gintriderm krem 15g MR
Gintriderm krem 15g MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Беклометазон, клотримазол, гентамицин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
15 г
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Крем
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MR Gintriderm
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) betametazon + blotrimazol + gentamitsin
Dori shakli
krem
Tarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar betametazon dipropionati - 0,643 mg, klotrimazol - 10 mg, gentamitsin sulfati (gentamitsinga hisoblanganda) - 1,0 mg.
yordachmi moddalar tibbiyot vazelini, propilenglikol, setostearil spirti, vazelin moyi, makrogol setostearati, benzil spirti, natriy digidrofosfati, fosfat kislotasi, natriy gidroksidi, tozalangan suv kerakli miqdorda.
Ta'rifi oq yoki och sarg‘ish rangli gomogen krem.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid + zamburug‘larga qarshi vosita + aminoglikozid antibiotik saqlovchi vosita.
ATX kodi D07XC01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, zamburug‘larga qarshi va antibakterial ta'sir ko‘rsatuvchi majmuaviy preparat.
Betametazon glyukokortikoid, mahalliy yalig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, shishga qarshi, antiekssudativ ta'sir ko‘rsatadi.
Klotrimazol imidazol hosilalari guruhiga mansub, zamburug‘larga qarshi mahalliy qo‘llash uchun vosita. Klotrimazol zamburug‘larning hujayra membranasining tarkibiy qismi bo‘lgan ergosterol sintezini buzilishi hisobiga ta'sir ko‘rsatadigan, keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan vosita. Patogen dermatofitlar (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis), achitqi va mog‘or zamburug‘lariga (Candida spp., Torulopsis orbiculare) nisbatan faol.
Gentamitsin keng ta'sir doirali aminoglikozid guruhiga mansub antitbiotik bo‘lib bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi va teridagi birlamchi va ikkilamchi bakterial infektsiyalarni davolashda yuqori samarador vosita. Gentamitsin grammanfiybakterial, Pseudomonas aeruginosa, Aerobacter aerogenes, Escheria coli, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumonia (A guruhidagi beta va alfa gemolitik streptokoklarga nisbatan sezgir shtammlar) hamda grammusbat bakteriyalar Streptococcus spp, Staphylococcus aureus (grammusbat koagulaza, grammanfiy koagulaza va ba'zi penitsillinaza ishlab chiqaradigan shtammlar) larga nisbatan faol ta'sir qiladi.
Farmakokinetikasi
Preparat terapevtik dozalarda teriga qo‘yilganida ta'sir kiluvchi moddalarni teri orqali qonga so‘rilishi juda kam. Betametazonning teriga ko‘yilgandagi so‘rilish jadalligi epidermal to‘siqning holatiga bog‘liq, ya'ni yallig‘lanish va teri kaslliklari mavjud bo‘lganda so‘rilishi oshadi. Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash betametazon va gentamitsinning teri orqali so‘rilishini oshiradi va bu holat tizimli nojo‘ya ta'sirlarni rivojlanish xavfi oshishini keltirib chiqarishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Glyukokortikosteroidlarga ta'sirchan dermatozlar, preparatni komponentlariga nisbatan ta'sirchan mikroorganizmalar keltirib chiqaradigan terining ikkilamchi infektsiyalari natijasida paydo bo‘lgan asoratlar, terining oddiy va allergik dermatitlari (ayniqsa ikkilamchi infektsiyalanish bilan asoratlangan dermatitlar), atopik dermatit (diffuz neyrodermit), ekzema, psoriaz, dermatomikozlar (dermatofitiyalar, kandidoz, rang-barang temiratki), ayniqsa chov sohasi va terining katta burmalarida joylashganida, oddiy surunkali temiratki (cheklangan neyrodermit), balanopostit.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Kremning ko‘p bo‘lmagan miqdori terining shikastlangan sohalariga sutkada 2 marta surtilib, yengil ishqalab qo‘yiladi. Davolashning davomiyligi shaxsiy belgilanadi va kasallikning nozologik shakli va og‘irligiga bog‘liq. Oyoq panjalari dermatomikozida davolashning o‘rtacha davomiyligi 3-4 hafta. Agarda klinik yaxshilanish yaqin vaqtda yuz bermasa, tashxisni aniqlash yoki davolash sxemasini o‘zgartirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Gentriderm preparati bilan davolashda uning nojo‘ya ta'siri kamdan-kam holatlarda kuzatiladi va bunda teri pigmentatsiyasini o‘zgarishi, gipoxromiya, achishish, eritema, ekssudatsiya va qichishish bo‘ladi.
Betametazonkeltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar (ayniqsa okklyuzion bog‘lovlar ostida) achishish, qichishish, teri qurishi, follikulit, gipertrixoz, husunbuzar, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, matseratsiya, ikkilamchi rezistent flora rivojlanishi, terining atrofiyasi, striyalar, terlash.
Klotrimazol keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar eritema, sho‘ralash, mahalliy shish, qichishish, paresteziyalar, teri matseratsiyasi, eshakemi.
Gentamitsin keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar giperemiya, qichishish.
Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya ta'sirlar kuzatilganda, preparatni qo‘llashni to‘xtatib, shifikorga murojaat qilinsin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat tarkibiga kiruvchi biron komponentga nisbatan bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, ko‘z kasalliklarida, odddiy gerpes, suvchechak, teri tuberkulyozi, zaxmning (sifilis) teri ko‘rinishlari, vaktsinatsiyadan keyingi teri reaktsiyalari, ochiq jarohatlar, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Homilador ayollarda (ayniqsa Ι uch oyligi).
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik vaqtida Gentriderm kremini mahalliy qo‘llashda ijobiy foydasi homila uchun potentsial xafdan yuqori bo‘lganda preparatni ishlatish mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llash davomli bo‘lmasligi va teri qoplamalarining katta bo‘lmagan sohalaribilan cheklanishi kerak. Preparat komponentlari ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma'lumbo‘lganligi sabab laktatsiya davrida buyurilganida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni ko‘zga, terining shikastlangan joylari va ochiq yaralarga tushishidan saqlanish kerak. Chidamli bakterial yoki zamburug‘li mikroflora paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish va muvofiq davolashni buyurish kerak. Bolalarda kattalarga qaraganda teri qoplamalariningmaydoni tana vazniga nisbati bo‘yicha kattaligi tufayli, shuningdek epidermis yetarlicha rivojlanmaganligi uchun preparatsirtga qo‘llanilganida, ta'sir qiluvchi moddaning proportsional ko‘proq miqdori so‘rilishi mumkin va binobarin, tizimli nojo‘ya ko‘rinishlarning rivojlanishini katta xavfi bor. Bolalarda preparatni minimal qisqa muddat va barcha ehtiyotkorlik choralariga rioya qilib qo‘llash kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Glyukokortikosteroidlarni yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llashda giperkortitsizm belgilari paydo bo‘lishi kuzatiladi. Davolash, preparatni asta-sekin bekor qilish, simptomatik davolash. Zarurat bo‘lganida elektrolit muvozanatini to‘g‘rilash.
Chiqarilish shakli
10 g, 15 g, yoki 25 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton quttiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
OOO «MERRYMED FARM»
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFY, Sherbuloq ko‘chasi 1 uy, Tel (0369) 224-67-22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.