Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Novosalik maz 0.5mg+30mg 30g
Novosalik maz 0.5mg+30mg 30g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бетаметазон, салициловая кислота
Страна производитель
Македония
Дозировка
0,5 мг+30 мг 30 г
Производитель
Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Novosalik
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) betametazon, salitsil kislotasi
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
Surtmaning har bir grammi quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
betametazon dipropionati, betametazonga ekvivalent- 0,5 mg,
salitsil kislotasi- 30 mg;
yordamchi moddalar oq yumshoq parafin, suyuq parafin, izopropilmiristat, oq asalari mumi.
Ta'rifi oq rangli gomogen surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid + keratolitik vosita.
ATX kodi D07XC01.
Farmakologik xususiyatlari
Ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlarga bog‘liq bo‘lgan majmuaviy preparatdir; yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, allergiyaga qarshi, vazokonstriktor, antiproliferativ, immunodepressiv, keratolitik, mikroblarga qarshi, zamburug‘larga qarshi va mahalliy gipotermik ta'sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishini tormozlaydi, neytrofillarni chetki to‘planishini oldini oladi, yallig‘lanish ekssudatini va sitokinlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi, infiltratsiya va granulyatsiya jarayonlarini kamayishiga olib kelib, makrofaglar migratsiyasini kamaytiradi. Salitsil kislotasini mavjudligi tufayli terini yumshatadi, muguz qavatlanishni bartaraf etadi va GKS chuqurroq kirishiga yordam beradi. Surtma suv qaytaruvchi ta'sirga ega va terini tashqi namlikdan himoya qiluvchi himoya plyonka hosil qiladi; chuqur yog‘ to‘yintiruvchi ta'sirga ega bo‘lib quruq va mo‘rt teriga ega bemorlarni davolash uchun yaroqli.
Qo‘llanilishi
• psoriaz, ekzema (ayniqsa surunkali), ixtioz, kuchli lixenizatsiya bilan kechuvchi chegaralangan qichima, atopik dermatit, diffuz neyrodermit;
• oddiy va allergik dermatitlar;
• eshakemi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema;
• oddiy surunkali temiratki (chegaralangan neyrodermit);
• boshqa GKS bilan davolashga berilmaydigan dermatozlar (ayniqsa qizil mo‘ylovsimon temiratki), qizil yassi temiratki, teri disgidrozida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.
Sirtga qo‘llash uchun surtma ko‘rinishidagi Novosalik preparati faqat silliq terida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Novosalik surtmasi kuniga ikki marta qo‘llanadi. Surtmaning oz miqdori biroz ishqalab teri yuzasi bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi. Yengil holatlarda bir marta qo‘llash yetarli bo‘ladi.
Uzluksiz davolash kursi davomiyligi odatda 3-4 xafta bilan chegaralanadi. Davomliroq davolash kursi zarurati bo‘lganida preparatni kamroq, masalan kunora qo‘llash tavsiya etiladi. Surunkali kasalliklarni davolaganda kasallik qaytalanishidan saqlanish uchun davolashni barcha simptomlar bartaraf etilgandan keyin ayrim vaqt shifokor nazorati ostida davom ettirish kerak. Bir yil davomida davolashni bir necha marta takrorlash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ko‘rinishlar odatda kuchsiz xarakterga ega.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi (qichishish, achishish yoki qizarish) rivojlanishi mumkin. Kam hollarda boshqa glyukokortikosteroidlarni qo‘llagandagi kabi aknesimon o‘zgarishlar, gipopigmentatsiya, striyalar, teri atrofiyasi, gipertrixoz, teleangiektaziyalar, terining ikkilamchi infektsiyalari rivojlanishi mumkin.
Uzoq vaqt uzluksiz va terining katta sohalarida betametazonni mahalliy qo‘llash buyrak usti bezi po‘stloq qavati funktsiyasini susayishi bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya ko‘rinishlarni chaqirishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yoki nojo‘ya ko‘rinishlar paydo bo‘lgan hollarda davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Betametazon, salitsil kislotasi yoki preparatning har qanday yordamchi komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko‘rinishlari, suvchechak, terining virusli infektsiyalari, teri postvaktsinal reaktsiyalar, o‘tkir jarohatlar, trofik yaralar, rozatsea, vulgar husnbuzar, 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan klinik ishonchli o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan. Akneni davolash uchun kosmetologik va dermatologik vositalarni, etanol saqlovchi vositalarni yoki yaqqol qurituvchi samaraga ega tibbiy sovunlarni bir vaqtda qo‘llash ayrim hollarda terini ta'sirlanishini chaqirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Novosalik surtma teri va/yoki boshning sochli qismida faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Ko‘zlar va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Rozatsea, perioral dermatit, teri atrofiyasi va akne tipida dermatit rivojlanishi mumkinligi tufayli, surtmani yuz terisiga uzoq vaqt surtish tavsiya etilmaydi. Preparatni anogenital sohada qo‘llashdan saqlanish kerak.
Preparatni zarur bo‘lgan hollardan tashqari okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Terida zamburug‘li yoki bakterial mikroflora rivojlangan hollarda antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi vositani qo‘shimcha qo‘llash zarur.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlarda Novosalik preparatini ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina mahalliy qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Bunday hollarda preparatni qo‘llash qisqa muddatli va teri qoplamalarining katta bo‘lmagan sohalari bilan cheklanishi kerak.
Emizish davrida Novosalik preparatini qat'iy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin, lekin bunda preparatni emizishdan oldin sut bezlari sohasiga surtish mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalarda Novosalik preparatini (sirtga qo‘llash uchun surtma) qo‘llash ehtiyotkorlikning qat'iy choralariga rioya qilgan holda iloji boricha qisqamuddatli bo‘lishi kerak, chunki bolalarda teri qoplamasi yuzasini tana vazniga nisbatan kattaligi va epidermisni yetilishi to‘liq emasligi tufayli faol komponentlarning proportsional katta miqdorini tizimli so‘rilishi xavfi mavjud. Bolalarda bog‘lov ostida va ayniqsa plastik tagliklar ostida qo‘llash mumkin emas, bu noxush ko‘rinishlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Novosalik preparatini transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Betametazon va salitsil kislotasini uzoq vaqt uzluksiz, ayniqsa bolalarda, terining katta sohalarida, butunligini buzilishi bo‘lgan terida yoki okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llaganda faol komponentlarni so‘rilishini kuchayishi va tizimli samaralarni namoyon bo‘lishi inkor etilmaydi. Bunday hollarda preparatni bekor qilish va simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma 30 g dan tubalarda. Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Savdo nomi va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
VEGAPHARM LLP.
London, Buyuk Britaniya
Ishlab chiqarilgan
REPLEK FARM Ltd. Skopye
Skopye, Makedoniya Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Ameliya Pharm service» MCHJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., S-6, Yunusobod tumani, 92/2.
Tel. (+998) 71 2356501
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.