Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bepanthen surtma 5% 30g
Bepanthen surtma 5% 30g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Декспантенол
Страна производитель
Германия
Дозировка
5%
Производитель
Bayer Consumer Care AG, Швейцария произведено: GP Grenzach Productions GmbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Мазь для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Ta’rifi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- O’rami
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Bepanthen®
Halqaro patentlanmagan nomi
Dekspantenol
Dori shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi
Faol modda dekspantenol 50 mg.
Yordamchi moddalar setil spirti, stearil spirti, oq asalari mumi (E901), oq yumshoq parafin, bodom moyi, suyuq parafin, lanolin (E913), protegin X, tozalangan suv.
Ta’rifi
Sarg‘ish tusli oq rangli, o‘ziga xos lanolin hidli gomogen surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
Jarohatlar va yaralarni davolash uchun preparatlar. Jarohatlarni bitkazuvchi preparatlar, boshqalar.
ATX kodi D03AX03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Dekspantenol pantoten kislotasining spirtli analogi bo‘lib hisoblanadi va xuddi shunday biologik faollikka ega. Dekspantenol hujayralarga kiradi va pantoten kislotasiga aylanadi, u B5 vitaminiga o‘xshash samara namoyon qiladi.
Pantoten kislotasi va uning tuzlari suvda eruvchan vitamin bo‘lib hisoblanadi, atsetilkoenzim A tarkibiga kiradi va ko‘pgina almashinuv jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib, dekspantenol teri va shilliq qavatlarni shakllanishi va regeneratsiyasi uchun zarur bo‘lgan organizmning pantoten kislotasiga bo‘lgan yuqori ehtiyojini qondirishi mumkin.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Dekspantenol teri tomonidan tez so‘riladi. Dekspantenol pantoten kislotasiga aylanadi va vitaminning endogen qismi bilan birlashadi.
Taqsimlanishi
Qonda pantoten kislotasi plazma oqsillari (ayniqsa β-globulin va albumin) bilan bog‘alanadi.
Chiqarilishi
60-70% o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan, qolgan qismi me’da-ichak yo‘llari (MIY) orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Terining mayda shikastlanishlarida yengil kuyishlar va shilinishlarda bitish jarayonlarini faollashtirish; radio-, fototerapiya yoki UB-nurlanish natijasidagi terini ta’sirlanishi; surunkali yaralar, yotoq yaralar, anal yoriqlar, terini ko‘chirib o‘tkazish va bachadon bo‘yni eroziyasida; kortikosteroidlar bilan davolaganda.
Quruq va yorilgan terini parvarish qilish.
Emizikli bolalarda terini bichilishini oldini olish va davolash.
Emizish davrida sut bezlarini muntazam parvarish qilish, so‘rg‘ichlardagi og‘riq yoki yoriqlarni davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi. Surtma zaruratga qarab kuniga bir yoki undan ko‘proq marta surtiladi.
Emizikli onalarda sut bezlarini parvarish qilish har bir emizgandan keyin so‘rg‘ichlarga surtiladi.
Emizikli bolani parvarish qilish taglik har bir almashtirilganda surtiladi.
Davolash davomiyligi kasallikning turli va kechishiga bog‘liq.
Nojo‘ya ta’sirlari
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar spontan xabarlarga asoslangan. Ularning har birini aniq uchrash tez-tezligini aniqlash imkoni yo‘q.
Immun tizimi, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan allergik reaksiyalar, shu jumladan teri – kontakt dermatit, allergik dermatit, qichishish, eritema, ekzema, toshma, eshakemi, terini ta’sirlanishi, pufakli toshma kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo’llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri holatlari noma’lum.
Boshqa o‘zaro ta’sirlar
Genital yoki anal sohadagi yaralarn davolaganda surtmadagi yordamchi moddalar lateks prezervativlarning mustahkamligini pasayishiga va yorilishiga, shu orqali ularning xavfsizligini pasayishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Maxsus ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Lanolin, stearil va setil spirti terini ta’sirlanishi (masalan kontakt dermatit) chaqirishi mumkin.
Surtmani ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik va emizish davrida surtmani qo‘llash bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.
Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi
Ta’sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dekspantenol hatto yuqori dozalarda yaxshi o‘zlashtiriladi va toksik bo‘lib hisoblanmaydi.
Chiqarilish shakli
Alyumin tuba 3,5 g, 30 g, 100 g. Tuba tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoitlari
25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O’rami
da ko’rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
, manzil
GP Grensax Produksions GmbX,
Emil-Barell-Shtrasse 7, D-79639 Grensax-Vilen, Germaniya
Ro‘yhatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
Bayer Konsyumer Ker AG,
Peter Merian-Shtrasse 84, 4052 Bazel, Shveysariya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«SINOMED»
100017, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., S-5, kottej- 155.
Tel. +99871 244-96-00; faks +99871 244-95-47.
Ye-mail info@sinomed.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.