Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
| Nomi | Narx | |||||
| Левометил мазь 30 гр (450625##2 647) |
UZS 13 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
30 г
Производитель
Зеленая Дубрава
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Levometil sirtga 30 g haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Levometil
Ta'sir etuvchi moddalar (XPH) dioksometiltetragidropirimidin + xloramfenikol
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
100 g quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar dioksometiltetragidropirimidin — 4,0 g, xloramfenikol – 0,75 g;
yordamchi moddalar makrogol 400 — 76,2 g, makrogol 1500 — 19,05 g.
Ta'rifi oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli bir xil surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
Mikroblarga qarshi majmuaviy vosita.
ATX kodi DO6C.
Farmakologik xususiyatlari
Sirtga qo‘llash uchun majmuaviy preparat, yallig‘lanishga qarshi (degidratatsiya qiluvchi) va mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Xloramfenikol mikrob xujayrasida oqsil sintezini jarayonini izdan chiqaradi va bakteriostatik ta'sirga ega antibiotiklarga mansub. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar (stafilokokklar, ko‘k yiring tayoqchasi va ichak tayoqchalari va boshqalar)ga nebatan faol. Biologik membranalarni shikastlamasdan to‘qimalar orasiga oson kiradi. Yiring va nekrotik massalar bo‘lganida antibakterial ta'siri saqlanadi. Dioksometiltetragidropirimidin nuklein almashinuvini normallashtirib, to‘qimalarda regeneratsiya, to‘qimalarni o‘sishi va granulyatsion yetilishi, epitelizatsiya jarayonlarini rag‘batlantiradi, yallig‘lanishga qarshi (degidratatsiya qiluvchi) ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Preparat ahamiyatsiz darajada so‘riladi va tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
Yara jarayonining birinchi (yiringli-nekrotik) fazasidagi yiringli yaralarda (shu jumladan aralash mikroflora bilan infektsiyalangan) qo‘llanadi.
Zarurati bo‘lganida dori preparatini qo‘llashdan oldin iltimos shifokor bilan maslahatlashing.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi. Steril dokali salfetkalar preparat bilan shimdiriladi, ular bilan jarohat siyrak to‘ldiriladi. Preparatni shprits yordamida kateter (drenaj naycha) orqali yiringli bo‘shliqlarga yuborish mumkin. Bunday holatlarda surtma dastlab 35-36°C gacha qizdiriladi. Bog‘lamni almashtirish har kuni, kuniga bir marta, jarohat yiringli-nekrotik massalardan to‘liq tozalanguncha amalga oshiriladi. Katta jarohat yuzalarida surtmaning sutkalik dozasi xloramfenikolga qayta hisoblanganda 3 g dan oshmasligi kerak. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasi va kechishiga bog‘liq. Agar davolagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan qo‘llash usuli va dozalarda qo‘llash kerak. Zarurati bo‘lganida dori preparatini qo‘llashdan oldin iltimos shifokor bilan maslahatlashing.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar (teri toshmalari). Bunday holatlarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar chukurlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda xloramfenikolning biotransformatsiyasi kattalarga nisbatan sekinroq kechadi).
Dozani oshirib yuborilishi
So‘rilishi past bo‘lganligi tufayli ehtimoli kam. Surtmani katta yuzalarga surtganda va uzoq vaqt qo‘llaganda qon yaratish tizimi tomonidan simptomlar - anyomiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, retikulotsitopeniya paydo bo‘lishi mumkin, ular odatda preparatni bekor qilgandan va simptomatik davolash buyurilgandan keyin o‘tib ketadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Agar opa uchun kutilgan foyda homila va bola uchun xavfdan yuqori bo‘lsa, preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirgan bo‘lsangiz, homiladorlik davrida preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri
Eritromitsin, klindamitsin, linkomitsin va gentamitsinning sirtga dori shakllari bilan bir vaqtda qo‘llaganda o‘zaro ta'sirni susayishi kuzatiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surtmani katta yuzalarga surtganda va davomli davolash kurslarida qonning klinik tahlilini o‘tkazish kerak.
Preparat diqqatni jamlash va tezkor reaktsiyalarni talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish (avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi va boshqalar) qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma.
30 g; 40 g dan preparat bushonli ichki qavati lak bilan qoplangan alyumin tubalarda yoki polimer materialli bushonli majmuaviy materialli tubalarda. Har bir tuba dori preparatni tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
0,1 kg; 1 kg; 2 kg yoki 5 kg dan preparat polipropileyon yoki yuqori zichlikdagi poliztilen bankalarda to‘plamda qopqoqchalar bilan "Statsionarlar uchun" gofrirlangan karton qutiga joylanadi. Bankaga etiketka yoki yozuv qog‘ozli markirovka va dori preparatini tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan o‘z yopishadigan etiketka, markirovka va dori preparatini tibbiyotda qo‘llanilishiga dori yo‘riqnomasi bilan o‘z yopishadigan etiketka yopishtiriladi.
1, 2, 4, 36 donadan bankalar teng miqdordagi dori preparatini tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan "Statsionarlar uchun" gofrirlangan karton qutiga joylashga yo‘l qo‘yiladi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda (tubalarga joylangan dori preparati uchun).
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 12 dan 15°C gacha haroratda (bankalarga joylangan dori preparati uchun) saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil 6 oy.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi. Statsionar uchun beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
liste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«Zelenaya dubrava» YoAJ, Rossiya
141801, Moskva vil., Dmitrov sh., Professional'naya ko‘ch., 151 uy,
tel. +7 (495) 993-99-95.