Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pantestin-Darnitsa gel 15g
Pantestin-Darnitsa gel 15g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Декспантенола, мирамистин
Страна производитель
Украина
Производитель
Дарница,Фарм.фирма,ЧАО,Украина
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pantestin-Darnitsa®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) dekspantenol, miramistin (dexpantenol, myramistin)
Dori shakli
gel.
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar 50 mg dekspantenol (D-pantenol), 5 mg miramistin;
Yordamchi moddalar propilenglikol, polietilenglikol (makrogol 400), poloksamer, setil spirti, stearil spirti, tozalangan suv saqlaydi.
Ta'rifi oq rangli, kuchsiz spetsifik hidli bir xil gel.
Farmakoterapevtik guruhi
jarohatlarni bitishiga (chandiqlanishiga) yordam beruvchi preparatlar.
ATX kodi D03A X.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Pantestin-Darnitsa® preparatining faol moddasi - dekspantinol old vitaminidir. Teriga qo‘yilganida dekspantenol epiteliy xujayralariga kiradi va pantotenat kislotasiga aylanadi, u plastik materialning sintezi jarayonida ishtirok etuvchi A kofermentining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu terini shakllanishi va qiyin bituvchi, asoratlangan jarohatlarida regeneratsiya jarayonlarini kuchayishiga olib keladi.
Qiyin bituvchi jarohatlar odatda, jarohat infektsiyalari bilan asoratlanganligi sababli, jarohat infektsiyalarini oldini olish va davolash maqsadida preparatga kation antiseptik – miramistin kiritilgan, uning antimikrob ta'sirini dekspantenolning samarasi to‘ldiradi.
Farmakokinetikasi
Dekspantenol qo‘yilgan joydagi to‘qimalarda metabolizmga uchraydi. Tizimli qon oqimiga deyarli tushmaydi.
Miramistin surtma asosining polimer moddalarining xususiyatlari tufayli jarohat yuzasida tutilib qoladi va tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
-Jarrohlikda turli sohalarda joylashgan va turli genezli, shu jumladan, operatsiyadan keyingi jarohatlar, trofik yaralar va regeneratsiya bosqichidagi yotoq yaralarni (jarohat jarayonining II fazasi) davolash uchun.
-Kombustiologiyada granulyatsiyalanuvchi kuyish jarohatlarini davolash uchun, ularni autodermaplastikaga tayyorlashda va plastik operatsiyalardan keyin teri transplantlarini bitishini yaxshilash uchun; quyosh nuri oqibatidagi kuyishlarni davolash uchun.
-Radiatsion tibbiyotda shilliq qavatlar, teri va o‘rab turgan to‘qimalarni nurli shikastlanishlarini oldini olish uchun, nurli yaralarni regeneratsiya bosqichida davolash uchun.
-Stomatologiyada parodont kasalliklarini (kataral, yarali-nekrotik gingivit, bir sohadagi parodontit, tarqoq parodontitni) davolash, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kasalliklarini (stomatit, surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining travmatik shikastlanishlarini (protezlar ta'siri
oqibatidagi stomatitni) davolash uchun.
-Pediatriyada bichilish va yo‘rgak dermatitida, ularning infektsiyalanishini oldini olish uchun.
-Ginekologiyada bachadon bo‘yni eroziyasini, eroziv kolpitlarni va qinning shilliq qavatini shikastlanishini davolash uchun.
-Teri infektsiyalarini, xususan, ikkilamchi infektsiyalangan ekzema va neyrodermitlarni davolash uchun.
-Maishiy jarohatlanish oqibatida mayda shilinishlar, kesilishlar, tirnalishlarni davolash va ularning infektsiyalanishini oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
.
Preparat mahalliy qo‘llanadi. Jarohat yuzasiga standart ishlov berilganidan keyin gel jarohat yuzasiga yupqa qavat qilib sutiladi, so‘ngra steril doka bog‘lov qo‘yiladi. Zarurat tug‘ilganida gel bog‘lov materialiga surtiladi, so‘ngra jarohatga qo‘yiladi. Ekssudat bo‘lganida preparatni qo‘llashdan oldin jarohatni furatsillin (15000) yoki vodorod perekisining (3%) eritmasi bilan yuvish va doka salfetka bilan quritish kerak. Dermatologik kasalliklarda va quyoshdan kuyishlarda gel bevosita shikastlangan yuzaga sutkada 2-3 marta qo‘yish mumkin.
Ginekologik kasalliklarda (bachadon bo‘ynining eroziyasi, eroziv kolpitlar) preparat bilan shimdirilgan doka tamponlarni, patsiyent yotgan holatida qinga chuqur qilib kiritiladi.
Stomatologik kasalliklarda preparatni faqat kattalarga og‘iz bo‘shlig‘iga mahalliy qo‘llash mumkin. Shaxsiy gigiyenadan keyin og‘iz bo‘shlig‘i chayiladi, gelni milklarni yuzasiga yoki og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shikastlangan sohasiga yupqa qavat qilib qo‘yiladi. Bir soat davomida suyuqlik ichmaslik va ovqat iste'mol qilmaslik kerak. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining travmatik shikastlanishlarini (protez oqibatidagi stomatitni) davolashda shikastlanish sohasiga gel surtilganidan keyin tish protezlarini ishlatish mumkin. Preparat sutkada 2-3 marta qo‘llanadi. Davolash davomiyligi – 7-10 kun, shikastlanish to‘liq bitgunicha yoki yallig‘lanish jarayoni kamaygunicha davom etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik hollarida, odatda teri tomonidan o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘luvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuz berishi mumkin. Bu qichishish, giperemiyani his etishni, klinik ko‘rinishlari va og‘irlik darajasi bo‘yicha turli xil lokal yoki tarqalgan toshmalarni paydo bo‘lishi bilan kechadi. Ayrim hollarda 15-20 minutdan keyin mustaqil o‘tib ketuvchi va preparatni bekor qilishni talab etmaydigan achishish hissi bilan kechuvchi terini mahalliy ta'sirlanishi bo‘lishi mumkin.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan kontakt dermatit, allergik dermatit, eritema, ekzema, eshakemi, terini ta'sirlanishi, terini shishi, pufakchalar, terini qurishi, xo‘llanish kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
.
Preparatning ta'sir etuvchi moddasi va boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda quyidagilar yuz berishi mumkin
aminofaol moddalar bilan (sovunli eritmalar bilan) - miramistinning mikroblarga qarshi ta'siri faolsizlanadi. Bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim;
tizimli yoki mahalliy antibiotiklar bilan - mikroorganizmlarning antibiotiklarga rezistentligini pasayishi kuzatiladi;
qutbsizlantiruvchi miorelaksantlar (suksametoniy xloridi, dekametoniy bromidi) bilan – oxirgilarning samaradorligi kuchayadi;
qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar bilan - oxirgilarning samaradorligi susayadi.
Preparatni miramistin antimikrob ta'sirini faolsizlantiruvchi boshqa antiseptiklar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gelni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.
Preparatni og‘ir yiringli ekssudatsiyasi bilan kechuvchi jarohat jarayonining I fazasida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparatni oldindan shifokorning maslahatisiz boshqa dori vositalari bilan qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin, lekin tananing katta sohalariga qo‘llashdan saqlanish kerak.
Bolalar.
Preparatni pediatriya amaliyotida (hayotining birinchi kunlaridan boshlab – teri shikastlanishining birinchi klinik belgilari paydo bo‘lganida) qo‘llash mumkin. Davolash davomiyligi shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat har gal yo‘rgak (taglik) almashtirilganida teri shikastlanishining klinik belgilari yo‘qolgunicha qo‘llanadi..
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati.
Preparat avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
.
Mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam, chunki preparatning faol komponentlari tizimli qon oqimiga deyarli o‘tmaydi.
Preparatni behosdan ichga qabul qilingan hollarda toksik samaralarni yuz berishi kutilmaydi. Me'da-ichak yo‘llari buzilishlari yuz berganida – simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
15 g va 30 g dan tubalarda. 1 tubadan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Preparatni muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
.
«Farmatsevticheskaya firma Darnitsa» XAJ.
Ukraina, 02093, Kiyev sh., Borispolskaya ko‘ch., 13.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.