Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
| Nomi | Narx | |||||
| ПАНТОДЕРМ Мазь 5% 30г (4610824##2724) |
UZS 30 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Декспантенол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
5%
Производитель
Акрихин АО
Chiqarillish shakli
Sirtga surtish uchun malham
Pantoderm mazi 5% 30g haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pantoderm®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) dekspantenol
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
100 g surtma quyidagilarni saqlaydi
faol modda dekspantenol 100% moddaga qayta hisoblanganda – 5 g;
yordamchi moddalar vazelin – 15 g, suyuq parafin – 10 g, bodom moyi – 10 g, oq asalari mumi – 3 g, lanolin – 25 g, setostearil spirti (tsetil spirti 60%, stearil spirti 40%) – 3 g, lanolin spirti – 4 g, tozalangan suv – 100 g gacha.
Ta'rifi sarg‘ish tusli oqdan och sariq rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli surtma.
Farmakoterapetik guruhi to‘qimalar trofikasi va regeneratsiyasi stimulyatori
ATX kodi D03AX03
Farmakologik xususiyatlari
V guruhi vitamini – pantoten kislotasining hosilasi. Dekspantenol organizmda koenzim A ning tarkibiy qismi bo‘lgan pantoten kislotasiga aylanadi va organizmda atsetillanishi jarayonlarida, uglevod va yog‘ almashinuvida, atsetilxolin, kortikosteroidlar, porfirinlar sintezida ishtirok etadi; teri, shilliq qavatlarning regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, xujayralar metabolizmini normallashtiradi, mitozni teshlashtiradi va kollagen tolalarning mustahkamligini oshiradi. Regeneratsiyani rag‘batlantiruvchi, metabolik va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida teri orqali tez so‘riladi va pantoten kislotasiga aylanadi, plazma oqsillari bilan (asosan beta-globulin va albumin bilan) bog‘lanadi. Uning qondagi kontsentratsiyasi -0,5-1 mg/l, qon zardobidagi – 100 mkg/l ni tashkil qiladi. pantoten kislotasi organizmda (Ko-A ga kirishishidan tashqari) metabolizmga uchramaydi, o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Terining quruqligi; shikastlangan teri kichik jarohatlar va kuyishlar (quyosh nuri ta'siridagi), shilinishlar, bullyoz dermatit, abstsess, furunkul, boldirning trofik yaralari, yotoq yaralar, yoriqlar, operatsiyadan keyingi aseptik jarohatlar, yomon bituvchi teri transplantatlarini davolash; laktatsiya vaqtida sut bezlarining so‘rg‘ichlarini yallig‘lanishi va yoriqlarini oldini olish va davolash; emizikli bolalarda teri bichilishlarini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga.
Pantoderm terining shikastlangan yoki yallig‘langan sohasiga sutkada bir yoki bir necha marta qo‘yiladi.
Emizikli ayollarning sut bezlarini parvarish qilish surtma har emizishdan so‘ng so‘rg‘ichlarga surtiladi; kompress sifatida ishlatish mumkin.
Emizikli bolalarni parvarish qilish surtma taglik (yo‘rgak) har almashtirilganida qo‘yiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Pantoderm® preparatini homiladorlik vaqtida va emizish davrida ishlatish mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish holatlari kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 5% li surtma.
30 g dan alyumin tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Ximiko-farmatsevticheskiy kombinat “AKRIXIN” ochiq aktsionerlik jamiyati (“AKRIXIN” OAJ)
Rossiya, 142450, Moskva viloyati, Noginskiy tumani, Staraya Kupavna sh., Kirov ko‘ch, 29.
Telefon/faks (495) 702-95-03.