Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
| Nomi | Narx | |||||
| Фосфолипиале р-р для в/в введения 250мг/5мл №5 (2401921##2 655) |
UZS 143 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Эссенциальные фосфолипиды
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ruminiya
Dozasi
250 мг/5 мл
Производитель
Rompharm Company SRL
Chiqarilish shakli
Tomir ichiga yuborish uchun eritmа
Fosfolipiale vena ichiga yuborish uchun eritma 250mg/5ml №5 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Ta'rifi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
FOSFOLIPIALE Ta'sir etuvchi modda (XPN) essentsial fosfolipidlar
Dori shakli
vena ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi
Har bir ampula quyidagilarni saqlaydi faol madda 250,0 mg soyali dukkaklilardan olingan essentsial fosfolipidlar(fosfatidilxolin); yordamchi moddalar natriy dezoksixolati, 96% etanol, DL-al'fa-tokoferol atsetati (E vitamini - atsetat), riboflavin (Bo vitamini), benzil spirti, natriy xloridi, natriy gidroksidi yoki xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi
tiniq, sarg‘ish-yashilroq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Jigar va o‘t chiqarishi yo‘llarining kasalliklarini davolash uchun preparatlar, Gepatoprotektor vosita. ATX kodi AO5BA
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
FOSFOLIPIALE preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar hujayra qobig‘i strukturasi va hujayra organellalarining asosiy elementlari hisoblanadi; o‘zining kimyoviy tuzilishi bo‘yicha endogen fosfolinidlarga mos keladi, lekin ularda yarim to‘yinmagan yog‘ kislotalarining yuqori miqdori hisobiga faolligi jihatidan endogen fosfolipidlardan ustunlik qiladi. Ushbu yuqori energetik molekulalarni gepatotsitlarning hujayra membranalarini shikastlangan sohalariga tizilib olishi,jigar hujayralarining bir butunligini tiklaydi va ularning regeneratsiyasiga yordam beradi. Ularning yarim to‘yinmagan yog‘ kislotalaridagi sis-ikki yoqlama bog‘lari fosfolipidlar membranasidagi uglevod zanjirlarini parallel joylashishiga yo‘l qo‘ymaganligi tufayli, fosfolipid strukturalarni joylashish zichligi susayadi, bu modda almashinuv jarayonini tezlashtiradi. Hosil bo‘lgan funktsional bloklar membranalarda fiksatsiyalangan fermentlar faolligini oshiradi va o‘ta muhim metabolik jarayonlarni normal, fiziologik yo‘l orqali kechishiga yordam beradi. Fosfolipidlar neytral yog‘lar va xolesterinni oksidlanish joyiga olib o‘tib, lipoproteinlar metabolizmini boshqaradi. bu jarayon asosan yuqori zichlikdagi lipoproteinlarning xolesterin bilan bog‘lanish xususiyatini oshishi hisobiga yuz beradi. Shunday qilib, lipidlar va oqsillar metabolizmiga, jigarning dezintoksikatsion faoliyatiga; jigarning hujayra strukturasini va fosfolipidlarga bog‘liq ferment tizimlarini tiklanishi va saqlanib qolishiga normallashtiruvchi ta'sir ko‘rsatiladi, bu oxir-oqibat jigarda biriktiruvchi to‘qimani shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Fosfolipidlar safroga ekskretsiya qilinganda litogen indeks pasayadi va safropi barqarorlashishi yuz beradi.
Farmakokinetikasi
Fosfatidilxolin asosan yuqori zichlikdagi lipoproteidlar bilan bog‘lanib, xususan jigar hujayralariga kiradi. Xolin komponentining yarim chiqarilish davri 66 soatni, go‘yinmagan yog‘ kislotalarining esa - 32 soatni tashkil etadi. Preparatning tahminan 5% ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- jigarning yog‘li distrofiyasi (shu jumladan qandli diabetda); - o‘tkir va surunkali gepatitlar, jigar sirrozi, jigar xujayralari nekrozi, jigar entsefalopatiyasi, koma va prekoma; jigarni toksik shikastlanishi (shu jumladan alkogolizmda); - jigarni dorilar ta'sirida shikastlanishi; - Xomiladorlar toksikozi va gestozlarida jigar funktsional sinamalarini yaqqol darajadagi o‘zgarishlari; jigarning o‘tkir sariq distrofiyasi (o‘tkir gepatoz, Shixen sindromi); homiladorlarning xavfsiz xolestazi (homiladorlar gepatozi); - jarrohlik operatsiyasidan oldin va keyingi davolash, ayniqsa gepatobiliar soxadagi operatsiyalarda; - xolestaz va o‘t toshlarini paydo bo‘lishini kaytalanishlarining oddini olish; - psoriaz (yordamchi davolash vositasi sifatida); - nurlanish kasalligida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
FOSFOLIPIALE preparati vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan, uni mahalliy ta'sirlanish reaktsiyalari 103 berishi mumkinligi tufayli, teri ostiga va mushak ichiga yuborish mumkin emas. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga, boshqa tavsiyalar bo‘lmasa, preparatni vena ichiga sekip oqim bilan sutkada 5-10 ml (1-2 ampula) dan, og‘ir holatlarda 10 ml dan 20 ml (2-4 ampula) gacha yuboriladi. Bir martada preparatini 10 ml gacha (2 ampula) kiritish mumkin. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 2-5 ml dan buriladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 2 ml dan buyuriladi. Preparatii patsiyent qoni bilan 11 nisbatda suyultirish tavsiya qilinadi. Agar patsiyentning o‘z qonidan foydalanish mumkin bo‘lmasa, preparatni suyultirish uchun infuzion yuborish uchun o‘zida elektrolitlar saqlamagan 5% yoki 10% li dekstroza(glyukoza) eritmasini 11 nisbatda qo‘llash kerak. Davolash davomiyligi kliniko-laborator ko‘rstkichlarni hisobga olgan holda, shifokor tomonidan belgilanadi va 2-5 kundan 10-20 kungachani tashkil etishi mumkin. Preparat shifokor ko‘rsatmasiga qarab, 250-300 ml, 5% li dekstroza (glyukoza) da eritilib, tomchilab, minutiga 40-50 tomchidan yuborilishi mumkin. Preparatning suyultirilgan eritmasi butun yuborish davomida tiniqligicha qolishi kerak. Parenteral yuborishni peroral qabul qilish bilan iloji boricha tezroq almashtirish kerak. Bir shpritsda boshqa dori preparatlari bilan aralashtirilmasin. 0,9% li natriy xlorid va Ringer eritmasida suyultirilmasin! Nojo‘ya ta'sirlari Nojo‘ya ta'sirlari tez-tezligini baholash maqsadida quyidagi ta'riflar qo‘llaniladi Juda tez (˃1/10), tez-tez (>1/100- ˂1/10), tez emas (>1/1000- <1/100), kam hollarda (>1/10000- <1/ 1000), juda kam xollarda (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (olingan ma'lumotlar bo‘yicha yuz berish tez-tezligini aniqlashning iloji yo‘q). Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan yuqori dozalarda qo‘llanganida kam holatlarda diaryoya rivojlanishi mumkin. Immun tizimi tomonidan preparatning tarkibida benzil spirti bo‘lganligi tufayli, kam holatlarda teri allergik reaktsiyalari (toshmalar, ekzantema yoki eshakemi) bo‘lishi mumkin; tez-tezligi noma'lum - qichishish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yoki soya, yeryong‘oq, dukkaklilarga yuqori sezuvchanlik (og‘ir allergik reaktsiyalar rivojlanish xavfi tufayli); - 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shu jumladan yangi tug‘ilgan va chala tug‘ilgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkarlik bilan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik. Dorilarning o‘zaro ta'siri Antikoagulyantlar bilan o‘zaro ta'sirlashishi mumkin, shuning uchun birga qo‘llanilayotganda antikoagulyantning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Boshqa dori preparatlari bilan preparatning o‘zaro ta'siri ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Faqat tiniq eritmalarni qo‘llash kerak! Vena ichiga yuborish uchun eritmani suyultirish uchun elektrolitli eritmalarini qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi FOSFOLIPIALE tarkibida yo‘ldosh to‘sikdan o‘ta oladigan benzil spirti bo‘lgani uchun, homiladorlikda preparatni faqat ona uchun kutilayotgan foyda, xomila uchun bo‘ladigan potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida FOSFOLIPIALEni qo‘llash zarurati tug‘ilganda, preparatni ko‘llash xavfsizligi to‘g‘risida ma'lumotlar bo‘lmagani uchun, emizishii to‘xtatish kerak. Pediatriyada qo‘llanilishi Preparatni (tarkibida benzil spirti bo‘lgani tufayli) 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Preparat avtotransportni haydash va diqqatni yuqori darajada jamlash bilan bog‘liq ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir etmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan. Chikqarilish shakli Vena ichiga yuborish uchun 5 ml dan eritma, sindirish uchun halqasi bo‘lgan to‘q rangli shisha ampulada. 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda. Bir kontur uyali o‘ramdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yuriknomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
2°C dan 8°C gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin! Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"K.O.Romfarm Kompani S.R.L." Ruminiya, Ilfov, 075100, Otopen' sh., Yeroilor ko‘ch., №1A. (“S.C.Rompharm Company S.R.L.”, Romania, Ilfov, 75100 Otopeni, str. Eroilor, №.1A).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.