Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Legalon 140 kaps 140 mg №60
Legalon 140 kaps 140 mg №60
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Силимарин
Страна производитель
Швейцария
Дозировка
140 мг
Производитель
Meda Pharmaceuticals GmbH, Швейцария произведено: Legasy Pharmaceuticals Switzerland GmbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
LEGALON® 140
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda
dog‘li Rastoropsha mevalarini quruq ekstrakti (36-441)
silibininga hisoblanganda 140 mg silimaringa (DNFG)
ekvivalent 108,2 mg silimaringa (VEJX/DAB) ekvivalent;173,0–186,7 mg
yordamchi moddalar
polisorbat 804,0–4,30 mg;
povidon K-25124,20–134,00 mg;
mannitol38,20–14,40 mg;
poli(0-karboksimetil) kraxmal, natriy tuzi10.60 mg;
magniy stearati1,75 mg;
quyidagilardan tarkib topgan qattiq jelatin kapsulalar
jelatin75,2752 mg;
temir (III) oksidi Ye 1720,77 mg;
titan dioksidi Ye 1710,77 mg;
natriy dodesulfati0,154 mg;
temir (II,III) oksidi bo‘yovchisi Ye 1720,0308 mg.
Ta'rifi jigarrang rangli “1” o‘lchamli qattiq jelatin kapsula.
Kapsulaning ichidagisi sariq rangli kukun
Farmakoterapevtik guruhi
Jigar kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan vositalar, lipotrop vositalar. Gepatoprotektor.
ATX kodi A05VA03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Silimarinning antitoksik ta'siri hayvonlarda jigarni, masalan, oq poganka zamburug‘ining zahari (falloidin va alfa-amantin bilan), shuningdek lintinidlar, tetraxlor uglerodi, galaktozamin, tiotsetamin va qurbaqaning FV3 gepatotoksik virusi bilan jigarni shikastlanishini ko‘p sonli modellari yordamida o‘tkazilgan modellarida namoyish etilgan.
Silimarinning terapevtik samarasi bir qancha ta'sir mexanizmlari bilan bog‘liq
Silimarin erkin radikallarni bog‘lab olish hususiyati borligi tufayli, antioksidant faollikka ega, hujayralarning membranalarini parchalanishiga olib keladigan lipidlarni patofiziologik peroksidli oksidlanish jarayonini to‘xtatadi va bartaraf qiladi. Bundan tashqari, jigarning allaqachon shikastlangan hujayralarida silimarin oqsillar sintezini rag‘batlantiradi va fosfolipidlarning metabolizmini normallashtiradi. Uning ta'sirini umumiy natijasi bo‘lib hujayra membranasini barqarorlashuvi hisoblanadi, shuningdek hujayraning ichida erigan holatda bo‘lgan ichidagisini (masalan, transaminazalar) yo‘qolishini kamaytiradi yoki oldini oladi.
Silimarin hujayralarga ma'lum gepatoksik moddalar (oq poganka zahari) ni kirishini cheklaydi.
Silimarin fermentning yadrosida joylashgan RNK-polimeraza I rag‘batlantirishi hisobiga oqsil sintezini rag‘batlantiradi. Bu ribosomal RNK jadal hosil bo‘lishiga olib keladi, shu tufayli struktur va funktsional oqsillar (fermentlar) katta miqdorda sintezlanadi. Natijada jigarning reparativ hususiyati va regenerativ potentsiali oshadi.
Farmakokinetikasi
Silimarinning asosiy ta'sir etuvchi moddasi bo‘lib silibinin hisoblanadi. Klinik tadqiqotlar, silimarin ovqat hazm qilish yo‘llarida so‘rilganidan so‘ng, u asosan, safro bilan (so‘rilgan miqdorining 80% dan ko‘proq qismi) chiqarilishini ko‘rsatdi.
Uning metabolitlari, glyukuronidlar va sulfatlar safroda aniqlanganligi sababli, silibinin dekon'yugatsiyadan so‘ng qayta so‘riladi, so‘ngra esa ichak-jigar qon oqimiga tushadi degan xulosaga kelindi va bu hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimentlarda namoyish etilgan. Silibinin asosan biliar yo‘l bilan chiqarilishi (faollashadigan joyi jigar) dan kelib chiqib, shuni taxmin qilish mumkinki, qonda silibininning darajasi past, siydik bilan chiqarilishi esa katta emas. Yarim so‘rilish davri 2,2 soatni tashkil etadi, yarim chiqarilish davri esa – 6,3 soatni tashkil etadi.
LEGALON® 140 terapevtik dozalarda (140 mg silimarin kuniga 3 marta) qo‘llanganida odamning safrosida silibininning miqdori bir marta qabul qilingandan keyin ham, ko‘p marta qabul qilingandan keyin ham bir xil bo‘ladi. Bu silibinin organizmda to‘planmasligidan dalolat beradi.
Silibinin 140 mg dozada, kuniga 3 marta takroran yuborilganidan so‘ng, biliar yo‘l bilan chiqarilishi barqaror darajaga yetadi.
Qo‘llanilishi
Jigarni toksik shikastlanishi jigarni surunkali yallig‘lanish kasalliklari yoki jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarni samarasini bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun qo‘llanadi.
Izoh
LEGALON® 140 bilan davolash jigarni shikastlaydigan toksik agent (masalan, alkogol) ning ta'siri bartaraf qilingan holdagina samaralidir.
Qo‘llash usuli va dozalari
Boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 kapsuladan sutkada 3 marta qabul qilish tavsiya etiladi.
Kapsulalarni butun holda, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga yutish kerak. Davolash kursining davomiyligini shifokor kasallikni kechishi va xarakteriga qarab, individual ravishda belgilaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Dori vositasining nojo‘ya reaktsiyalarini rivojlanish tez-tezligini baholash mezonlari juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100, 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000, 1/100), kam hollarda (≥ 1/10000, 1/1000), juda kam hollarda ( 1/10000).
Kam hollarda quyidagi nojo‘ya samaralarni kutish mumkin
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, yengil diareya.
Nafas tizimi tomonidan hansirash.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan diurezni kuchayishi.
Immun tizimi tomonidan juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan teri toshmalari, qichishish; noma'lum chastotada anafilaktik shok rivojlanishi mumkin.
Juda kam hollarda mavjud bo‘lgan vestibulyar buzilishlar kuchayishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
LEGALON® 140 preparatini dog‘li rastoropsha mevalariga, preparatning boshqa komponentlari yoki to‘ldiruvchilariga o‘ta yuqori sezuvchanligi ma'lum bo‘lgan shaxslarga qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik choralari
Preparat o‘tkir zaharlanishlarni davolash uchun ko‘rsatilmagan.
Ushbu dori vositasi bilan davolash jigarni shikastlanishini chaqiradigan modda (masalan, alkogol) bekor qilishni o‘zgartirishga xizmat qilmaydi.
Sariqlikni belgilari (terini och sariq rangdan to‘q sariq ranggacha bo‘lgan tusga kirishi, ko‘z sklerasini sarg‘ayishi) paydo bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Silimarin estrogenga o‘xshab ta'sir qilishi mumkinligi tufayli, gormonal buzilishlari (endometrioz, bachadon miomasi, sut bezi, tuxumdonlar va bachadon kartsinomasi, prostata bezi kartsinomasi) bo‘lgan patsiyentlarga uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Silimarin maksimal yuqori dozalarda peroral kontratseptivlar yoki estrogenlar bilan davolashni o‘rnini bosish uchun qo‘llanadigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, oxirgilarining samaradorligi pasayishi mumkin. Silimarinni sitoxrom R450 tizimiga ta'sir qilishi tufayli, diazepam, alprazol, ketokonazol, lovastatin, atorvastatin, vinblastin kabi dori preparatlarining samarasini kuchayishi ehtimoli mavjud.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yuzasidan ishonchli ma'lumotlar yo‘qligi tufayli, uni toifadagi patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni bolalarda qo‘llanishi
Preparatni bolalarda qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yuzasidan yetarli ma'lumotlar mavjud emas. Preparatni 12 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Mexanik harakatlanish vositalarini boshqarish va harakatdagi mexanik moslamalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Preparat mexanik transport vositalarini boshqarish va harakatlanayotgan mexanik uskunalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish yoki zaharlanish belgilari yoki simptomlari qayd etilmagan. Yuqorida ta'riflangan noxush samaralari kuchayishi mumkin.
Maxsus zaharga qarshi dori ma'lum emas. Zarurat bo‘lganida, simptomatik choralarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Har biri 10 kapsuladan iborat bo‘lgan PXV/al. blisterlar ma'lumot varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.
PVX/alyumin blisterlar karton qutilarga joylangan.
O‘ramlarning o‘lchami 20 kapsula (10 kapsuladan x 2 blister), 30 kapsula (10 kapsuladan x 3 blister), 60 kapsula (10 kapsuladan x 6 blister).
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Yaroqlilik muddati
tugagan preparat o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinadi.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
Madaus GmbX
51101 Kyoln
Germaniya
Telefon +49 221 8998-0
Telefaks +49 221 8998-711
E-mail info@madaus.de
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.