Livaksir tabletki №30
71 500 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Пакистан
Yoʻriqnoma: Livaksir tabletki №30
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
LivaksirDori shakli
tabletkaTarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 98,44 mg dolchin (Cinnamomum tamala); 98,44 mg rovoch (Rheum australe);
yordamchi moddalar: dekstrin, ammoniy xloridi, kaliy nitrati, kraxmal, tal'k, magniy stearati, aerosil.
Ta'rifi
och-jigarrangdan to jigarranggacha bo‘lgan qobiqsiz tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
me'da-ichak yo‘llari patologiyasini davolash uchun vosita.ATX kodi: A16A
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olingan gepatoprotektordir. Mikroblarga qarshi, viruslarga qarshi, safro haydovchi, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va kuchsiz siydik haydovchi ta'sirlarga ega. Ishtahani yaxshilanishi va ovqat hazm bo‘lishni normallashishiga yordam beradi.Toksinlarni jigar xujayralariga ta'sirini kamaytiradi va o‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi simptomlarini bartaraf etadi. Ishtahani yaxshilanishi va ovqat hazm bo‘lishni normallashishiga yordam beradi. Safro haydovchi, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va kuchsiz siydik haydovchi ta'sirlarga ega.
Qo‘llanilishi
Jigar faoliyatini buzilishi, o‘tkir va surunkali gepatit simptomlari, o‘t qopi diskineziyasida qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar: 2 tabletkadan kuniga uch marta ovqatdan keyin buyuriladi.Bir yoshdan oshgan bolalar: 1 tabletkadan kuniga uch marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kuchsiz surgi samaraga ega bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kuzatilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishiHomiladorlik va laktatsiya davrida preparatning xavfsizligi aniqlanmagan.
Mexanizmlar va avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kuzatilmagan.Chiqarilish shakli
10 kapsulalar alyumin blisterga qadoqlangan.3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
«Qarshi Industries (Pvt.) Ltd.», Xattar, PokistonTel.: +92 42 111 200 300
E-mail: imd@qarshi.com
Sayt: www.qarshi.com
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositasining sifati bo‘yicha e'tiroz (takliflar) ni qabul qiluvchi korxona nomi va manzili
"VANTAGE FOCUS" MChJ QK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Kichik Halqa Yo‘li 7/1 uy tel: +99871 271 65 17
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.