Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Inoseda tabletkalar 500 mg №20
Inoseda tabletkalar 500 mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Инозин пранобекс
Страна производитель
Турция
Дозировка
500 мг
Производитель
World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Inoseda, Inoseda
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Inozin pranobeks, Inosine pranobex
Dori shakli
tabletkalar.
Tarkibi
Tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 500 mg inozin pranobeks;
yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, povidon K90, mikrokristall sellyuloza, stearin kislotasi, magniy stearati.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomanlama qavariq, bir tomonida «INO» gravirovkasi bo‘lgan oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Virusga qarshi bevosita ta'sir etuvchi vositalar. Boshqa virusga qarshi preparatlar.
ATX kodi J05AX05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparatining faol moddasi bo‘lgan inozin pranobekc purinning sintetik hosilasi (inozin va p-atsetamidobenzoat kislotasi tuzini N,N-dimetilamino-2-propanol bilan 13 molyar nisbatidagi molekulyar majmuasi) va immunomodulyator va RNK, hamda DNK saqlovchi ko‘pchilik virus shtammlarining replikatsiyasini ingibitsiya qilish xususiyatiga ega bo‘lgan virusga qarshi (virusga qarshi bevosita ta'siri) agentdir.
Virusga qarshi bilvosita ta'siri hujayraga bog‘liq immunitetning kuchayishi bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin inozin pranobekc tez va yaxshi so‘riladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 3 soatdan keyin erishiladi. Farmakologik ta'siri taxminan 30 minutdan keyin namoyon bo‘ladi va 6 soatgacha saqlanadi.
To‘qimalarda yaxshi taqsimlanadi.
Ajralishi asosan buyraklar orqali siydik kislotasi ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Qo‘llanilishi
Immun holati pasaygan patsiyentlarda virus etiologiyali gerpetik infektsiya kabi infektsion kasalliklarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
Kattalarda sutkalik doza o‘rtacha 6-8 tabletkani tashkil etib, 4-8 martalik qabul qilishga bo‘linadi.
Bolalarda preparatning sirop shaklidagi dori shakli qo‘llaniladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan dozalash tartibini qo‘llanilishi, qoida bo‘yicha, ko‘pchilik virusli infektsiyalarni davolash uchun yetarli. Davolashning davomiyligi kasallikning turiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Qoida bo‘yicha, preparat bilan davolash simptomlar yo‘q bo‘lganidan keyin 1 yoki 2 kun mobaynida davom ettiriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat qo‘llanilganda doimiy kuzatiladigan yagona noxush reaktsiya bo‘lib qon zardobida va siydikda siydik kislotasi darajalarining qisqa muddatli oshishidir, ular davolash to‘xtatilganidan keyin bir necha kun o‘tgach normal qiymatlarga qaytadi.
Gumon qilinayotgan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin gumon qilinayotgan nojo‘ya reaktsiyalari haqidagi xabarni berish muhim hisoblanadi. Patsiyentda dori vositasiga jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganida yoki mazkur bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmako nazorat tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning faol moddasiga yoki biron-bir komponentiga bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni bir vaqtda dori preparatining farmakologik faolligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan kortikosteroidlar, immunoglobulinlar, sitostatiklar, antilimfotsitar immunoglobulinlar bilan qo‘llash kerak emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qon zardobida va siydikda siydik kislotasi darajalarini oshishi mumkinligi tufayli, Inosedani podagrasi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Bunday patsiyentlarda preparat uzoq muddat davomida qo‘llanilganda qon zardobida va siydikda siydik kislotasi darajalarini muntazam ravishda nazorat qilish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Hayvonlarda teratogen samaralarning yo‘qligiga qaramay, homiladorlikning birinchi trimestrida preparat faqat qo‘llanilishdan foyda potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llanilishi mumkin.
Inozin pranobeks qon plazmasida juda past kontsentratsiyalarda aniqlangani tufayli, preparatni ko‘krak bilan oziqlantirish vaqtida qo‘llash mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Inozina pranobeksni yarimletal dozasi (LD50) davolash dozasidan 40 marta yuqori bo‘lgani tufayli, preparat dozasini oshirib yuborilish hollari ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 2 yoki 5 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqarilgan
UORLD MEDITSIN ILACh SAN. VE TIDJ. A.Sh.», TURKIYa
(15 Temmuz Max. Djami Yolu Djad. № 50 Gyuneshli Bagdjilar/Stambul)
"WORLD MEDICINE İLAÇ SAN. VE TİC. A.Ş.", TURKEY
(15 Temmuz Mah. Cami Yolu Cad. No 50 Güneşli Bağcılar/İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositasining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
“Evro Farm Biznes” MChJ HK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli ko‘ch., 120 uy.
Telefon (+99871) 212-18-41, (+99871) 212-20-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.