Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Laferobion 500 000 suppozitoriylar №10
Laferobion 500 000 suppozitoriylar №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Интерферон альфа-2b
Страна производитель
Украина
Дозировка
500000 ЕД
Производитель
БИОФАРМА ФЗ ООО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суппозитории
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Laferobion
Ta'sir etuvchi modda (XPN) alfa-2b interferoni (interferon alfa-2b)
Dori shakli
suppozitoriylar
Tarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda 150 000 XB yoki 500 000 XB odam rekombinant alfa-2b interferoni;
yordamchi moddalar tokoferol atsetatining 5% li moyli eritmasi, askorbin kislotasi, qattiq yog‘.
Ta'rifi sarg‘ish-oq rangli, bir xil konsistentsiyali, o‘qsimon shaklli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
Immunostimulyatorlar. alfa-2b interferon.
ATX kodi L03AB05
Farmakologik xususiyatlari
Rekombinant alfa-2b interferon yaqqol antivirus, antiproliferativ va immunomodulyatsiya qiluvchi ta'sirga ega. Laferobionning majmuaviy tarkibi bir qator yangi samaralarni namoyon etadi tokoferol atsetati va askorbin kislotasi bilan birga rekombinant alfa-2b interferonning faolligi 10-14 marta oshadi, T- va V-limfotsitlarga uning immunomodulyatsiya qiluvchi ta'siri kuchayadi, Ye immunoglobulinining miqdori normallashadi. Rekombinant alfa-2b interferonning antivirus faolligini neytrallovchi antitelalar, hatto u 2 yil davomida qo‘llanganida ham hosil bo‘lmaydi, endogen tizimning faoliyat ko‘rsatishi normallashadi.
Qo‘llanilishi
Bolalar uchun o‘tkir respirator virusli infektsiyalar (O‘RVI) da kompleks davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bolalar uchun turli infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini majmuaviy davolashda tavsiya etiladigan dozalar quyidagilarni tashkil etadi
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlarga 150000 XB dozali preparatni sutkada 2 suppozitoriydan 12 soatlik interval bilan rektal buyuriladi. Davolash kurslari va kurslar o‘rtasidagi interval – 5 kundan bo‘lishi kerak.
Gestatsion yoshi 34 haftadan kam bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga preparatni 150000 XB dan sutkada 3 marta (har 8 soatda) rektal buyuriladi. Davolash kursi5 kunni tashkil etadi.
1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 500000 XB sutkada 2 marta;
7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1000000 XB sutkada 2 marta 5 kun davomida buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Laferobionni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha nojo‘ya reaktsiyalar ahamiyatsiz yoki o‘rtacha og‘irlikda bo‘ladi. Davolash tugagandan keyin ular odatda yo‘qoladi.
Umumiy buzilishlar. Laferobion yuborilganida grippga o‘xshash simptomlar et uvishishi, tana haroratini oshishi, toliqish, holsizlik, shuningdek bosh og‘rig‘i, mushaklarda, bo‘g‘imlarda og‘riq, kuchli terlash; kam hollarda – qusish, bosh aylanishi, qizib ketish hissi bo‘lishi mumkin.
Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari paydo bo‘lishi mumkin.
Qon yaratish tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar uzoq vaqt qo‘llanganida leykopeniya, trombotsitopeniya, anemiya, burundan qon ketishi bo‘lishi mumkin.
Me'da-ichak yo‘llari, jigar tomonidan kuzatiladigan buzilishlar ALT va AST ning darajasini oshishi, IF ning darajasini oshishi, ishtahani yo‘qolishi. Jigar faoliyatini buzilishi.
Endokrin buzilishlar qalqonsimon bez faoliyatini buzilishi.
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar uzoq muddat qo‘llanganida bosh aylanishi, uyquni buzilishi, ongni chalkashishi, xavotirli va depressiv holatlar, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, ataksiya, paresteziyalar bo‘lishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar arterial gipertenziya yoki gipotenziya bo‘lishi mumkin; kam hollarda – taxikardiya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar allergik reaktsiyalar, jumladan toshma (shu jumladan gerpetik), qichishish, giperemiya.
Nafas tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar – yo‘tal.
Boshqalar yuborilgan joyda o‘zgarishlar, ko‘rishni buzilishi, buyrak faoliyatini buzilishi, elektrolitlar muvozanatini buzilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentiga yuqori sezuvchanlik; patsiyentda qalqonsimon bezning disfunktsiyasi bo‘lganida; Kaposhi sarkomasi bo‘lgan patsiyentlarda og‘ir darajadagi vistseral buzilishlar bo‘lganida; og‘ir darajadagi yurak-qon tomir kasalliklari; psoriaz, jigar va/yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, tutqanoq va MNT ning boshqa kasalliklari (shu jumladan funktsional); kuchayib borayotgan yoki dekompensatsiyalangan jigar sirrozi fonidagi surunkali gepatit, immunodepressantlarni (kortikosteroidlar bilan qisqa davolash kursidan tashqari) qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bemorlarda, anamnezida autoimmun gepatit yoki boshqa autoimmun kasalliklar bo‘lganida qo‘llash mumkin emas. Qon yaratilishining miyeloid o‘sishini susayishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni opioid, analgetik, uxlatuvchi va sedativ, dori vositalari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim (potentsial miyelosupressiv samara chaqiradi).
Oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan (shu jumladan ksantin hosilalari – aminofillin va teofillin bilan) bir vaqtda qo‘llanganda Laferobionni oksidlanuvchi metabolik jarayonlariga ta'sir qilishi mumkinligini hisobga olish kerak. Teofillinning qon zardobidagi kontsentratsiyasini nazorat qilish zarurati bo‘lganida – dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak.
Preparatni ximioterapevtik preparatlar (tsitarabin, doksorubitsin, tenipozid, siklofosfamid) bilan majmuada qo‘llanganida hayotga xavf tug‘diruvchi toksik samaralarini rivojlanish xavfi (ularni og‘irligi va davomiyligi) oshadi. Preparat bilan zidovudin bir vaqtda qo‘llanganida neytropeniyani rivojlanish xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Laferobion bilan davolashni shifokorning kuzatuvi ostida o‘tkazish kerak.
Preparatni uzoq muddatga buyurishdan oldin qonning umumiy tahlili, jigar, buyrak va qalqonsimon bezi faoliyatini nazorat qilish kerak.
Hamma patsiyentlarga davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida muntazam ravishda kengaytirilgan periferik qon tahlilini o‘tkazish, bunda qon ko‘rsatkichlarini sifatiy va miqdoriy ko‘rsatkichlarini albatta tekshirishi shart, qonni biokimyoviy tahlili, shu jumladan elektrolitlar, kaltsiy, jigar fermentlari va kreatininning miqdorini aniqlash tavsiya qilinadi.
Preparatni qabul qilayotgan hamma patsiyentlarda qon zardobidagi albuminning darajasini va protrombin vaqtini sinchkov nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Preparatni anamnezida ketoatsidoz holatlari bilan kechuvchi qandli diabet va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari bo‘lganida, qon ivishini buzilishlarida (shu jumladan o‘pka arteriyasining tromboflebitida), yaqqol miyelosupressiyada ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparat bilan davolashda organizmni adekvat gidratatsiya bilan ta'minlash kerak; isitma paydo bo‘lganida uni paydo bo‘lishini boshqa sabablarini istisno qilish kerak.
Preparatni antigistamin va isitma tushiruvchi davolash fonida qo‘llash tavsiya qilinadi.
Og‘ir va o‘rtacha darajadagi nojo‘ya samaralarni rivojlanishi dozaga tuzatish kiritishni, ayrim hollarda – preparat bilan davolashni bekor qilinishini talab qiladi.
Preparatni qo‘llashni quyidagi hollarda qon ivish vaqtini uzayishida (surunkali gepatiti bo‘lgan patsiyentlarda), o‘pka sindromini paydo bo‘lishida va rentgenologik tekshiruvda o‘pka infiltrati aniqlanganida yoki o‘pka faoliyatini buzilishi aniqlaganida, ko‘rish faoliyatini buzilishi paydo bo‘lganida va oshganida, qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishida (TTG darajasini normadan siljishi), qon zardobida albumin darajasi pasayganida va protrombin vaqti qisqarganida to‘xtatish kerak.
Zudlik bilan avj oluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm, anafilaksiya) rivojlanganida preparatni darhol bekor qilish va tegishli choralarni ko‘rish kerak.
Preparatning yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng uning sifatini qayta nazorat qilish va yaroqlilik muddatini uzaytirish mumkin emas.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi. Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Bolalar. Pediatriya amaliyotida qo‘llanadi (“
Qo‘llash usuli va dozalari
“ bo‘limiga qarang).
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish hususiyati.
Preparatni qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lgan MNT tomonidan kuzatiladigan ayrim nojo‘ya samaralar patsiyentlarni transport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha Laferobion preparatining dozasini oshirib yuborilishi holatlari ta'riflanmagan. Ammo har qanday dori vositasining dozasi oshirib yuborilganida bo‘lgani kabi, dozasi oshirib yuborilganida hayotiy muhim a'zolar faoliyatini monitoringi va patsiyentning holatini sinchiklab kuzatish tavsiya qilingan.
Chiqarilish shakli
3 yoki 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda, 1 kontur uyali o‘ram yoki 5 suppozitoriy bo‘lgan 2 kontur uyali o‘ram karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘lik ta'siridan himoyalash uchun original o‘ramida, 2oS dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“FZ “Biofarma” MChJ.
Ishlab chiqaruvchi
ning manzili va faoliyat ko‘rsatadigan hududi.
Ukraina, 09100, Kiyev viloyati, Belaya Serkov sh., Kiyevskaya ko‘ch., 37.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.