Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Metformin tab. 850mg №30 Radiks
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метформин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
850 мг
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Davolash
Preparatning savdo nomi
Metformin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Metformin
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda metformin gidroxloridi – 500 mg, 850 mg;
yordamchi moddalar polivinilpirrolidon (povidon), natriy kroskarmelozasi, kartoshka kraxmali, aerosil, kaltsiy stearati yoki magniy stearati;
qobig‘i gidromelloza, makrogol 4000 yoki 6000, polisorbat – 80, kanakunjut moyi, titan dioksidi, opadray II oq yoki ReydiLIKOAT D oq 010,0 yoki ReydiLIKOAT D oq 010.01MS.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Diabetga qarshi vosita (peroral).
ATX kodi A10VA02
Farmakologik xususiyatlari
Metformin jigarda glyukoneogenezni tormozlaydi, ichakdan glyukozaning so‘rilishini kamaytiradi, glyukozaning periferik utilizatsiyasini kuchaytiradi, shuningdek to‘qimalarni insulinga bo‘lgan sezgirligini oshiradi. Bunda me'da osti bezining beta-xujayralari tomonidan insulinning sekretsiyasiga ta'sir ko‘rsatmaydi, gipoglikemik reaktsiyalarni chaqirmaydi. Qonda umumiy xolesterin, triglitseridlar va past zichlikka ega lipoproteinlarning miqdorini pasaytiradi.
Farmakokinetikasi
Metformin ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llaridan so‘riladi. Biokiraolishligi 50-60% ni tashkil qiladi. Plazmada maksimal kontsentratsiyaga (Smax) ichga qabul qilinganidan keyin 2,5 soat o‘tgach erishiladi. Ovqat qabul qilish Smax 40% ga pasaytiradi va uning erishilishini 35 minutga kechiktiradi. Metformin to‘qimalarda tez taqsimlanadi, plazma oqsillari bilan deyarli bog‘lanmaydi. Juda kuchsiz darajada metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda metforminning klirensi minutiga 400 ml ni (kreatinin klirensiga qaraganda 4 marta ko‘p) tashkil qiladi, bu faol naychalar sekretsiyasi borligidan dalolat beradi. Yarim chiqarilish davri 6,5 soatni tashkil qiladi.
Buyraklar faoliyati buzilganida preparatning to‘planishi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llanilishi
-parhez bilan davolashning samarasizligidagi ketoatsidozga moyilliksiz 2 tur qandli diabet (ayniqsa semiz bemorlarda);
-insulin bilan majmuada – 2 tur qandli diabetda, ayniqsa insulinga ikkilamchi chidamlilik bilan kechuvchi semizlikni yaqqol darajasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning dozasi qonda glyukozaning kontsentratsiyasiga qarab shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi.
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 500 mg boshlang‘ich doza sutkada 500-1000 mg ni tashkil qiladi. 10-15 kundan keyin qondagi glyukozaning kontsentratsiyasiga qarab dozani asta-sekin oshirish mumkin. Preparatning bir maromda ushlab turuvchi dozasi odatda sutkada 1000-2000 mg ni tashkil qiladi. Maksimal doza – sutkada 3000 mg ni tashkil qiladi.
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 850 mg boshlang‘ich doza sutkada 850 mg ni tashkil qiladi. 10-15 kundan keyin qondagi glyukozaning kontsentratsiyasiga qarab dozani asta-sekin oshirish mumkin. Preparatning bir maromda ushlab turuvchi dozasi odatda sutkada 1700 mg ni tashkil qiladi. Maksimal doza – sutkada 2550 mg ni tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi bemorlarda tavsiya qilingan sutkalik doza 1 g dan oshmasligi kerak. Tabletkalarni ovqat vaqtida yoki bevosita ovqatdan keyin, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilish kerak. Me'da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ko‘rinishlarni kamaytirish uchun sutkalik dozani 2-3 qabulga bo‘lish kerak.
Laktoatsidozning rivojlanishini xavfi yuqori bo‘lganligi sababli og‘ir metabolik buzilishlarda preparatning dozasini kamaytirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda “metall” ta'mi, ishtahani yo‘qligi, diareya, meteorizm, qorin og‘rig‘i.
Bu simptomlar davolashning boshida ayniqsa tez-tez kuzatiladi va odatda, o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Ushbu simptomlarni antatsidlar, m-xolinoblokatorlar yoki spazmolitiklarni buyurish bilan kamaytirish mumkin. Kam hollarda – preparat bekor qilinganidan keyin gepatit yoki “jigar” transaminazalari faolligini oshishi o‘tib ketadi.
Moddalar almashinuvi tomonidan kam hollarda – laktoatsidoz (davolashni to‘xtatishni talab qiladi); uzoq muddat davolashda – V12 gipovitaminozi (uning so‘rilishini buzilishi).
Qon yaratish a'zolari tomonidan ayrim hollarda – megaloblast anemiya.
Endokrin tizimi tomonidan gipoglikemiya.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatga yuqori sezuvchanlik;
-diabetik ketoatsidoz, diabetik koma oldi holati, koma;
-buyraklar faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi 60 ml/min dan kam);
-buyraklar faoliyatini buzilish xavfi bilan kechuvchi o‘tkir kasalliklar degidratatsiya (diareyadagi, qusishdagi), isitma, o‘tkir yuqumli kasalliklar, gipoksiya holati (shok, sepsis, buyrak infektsiyalari, bronx-o‘pka kasalliklari);
-to‘qimalar gipoksiyasini rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan klinik yaqqol kechuvchi o‘tkir va surunkali kasalliklar (yurak yoki nafas yetishmovchiligi, o‘tkir miokard infarkti va boshq.);
-jiddiy jarrohlik muolajalari va travmalar (ularning fonida insulinoterapiya o‘tkazish ko‘rsatilgan);
-buyraklar faoliyatining buzilishi;
-surunkali alkogolizm, alkogol bilan o‘tkir zaharlanish;
-homiladorlik, emizish davri;
-laktoatsidoz (shu jumladan anamnezdagi);
-yod saqlovchi kontrast moddani yuborish bilan radioizotop yoki rentgenologik tekshiruvlar o‘tkazilganidan keyin 2 kun davomida va o‘tkazishdan oldin kamida2 kun davomida qo‘llash;
-kam kalloreyali parhezga rioya qilishda (sutkada 1000 kkal dan kam) qo‘llash mumkin emas.
Og‘ir jismoniy ishlarni bajaruvchi 60 yoshdan oshgan shaxslarda preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi, bu ularda laktotsidozning rivojlanishi xavfini yuqoriligi bilan bog‘liq.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tavsiya qilinmaydigan majmualar danazolning giperglikemik ta'siridan saqlanish uchun uni bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Danazol bilan davolashning zarurati bo‘lganida va danazolni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin, glikemiyaning darajasini nazorati ostida metforminni dozasiga tuzatish qiritish talab qilinadi.
Alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi majmualar xlorpromazin – katta dozalarda qabul qilinganida (kuniga 100 mg) insulinni ajralib chiqishini pasaytirib, qonda glyukozaning kontsentratsiyasini oshiradi. Neyroleptiklar bilan davolashda va neyroleptiklarni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin qonda glyukozaning kontsentratsiyasini nazorati ostida metforminning dozasiga tuzatish qiritish talab qilinadi.
Sulfonilmochevinaning hosilalari, salitsilatlar, akarboza, insulin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, monooksidazaning ingibitorlari, oksitetratsiklin, angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari, fibroy kislotasining hosilalari, siklofosfamid, β-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida metforminning gipoglikemik ta'siri kuchayishi mumkin. Glyukokortikosteroidlar, peroral kontratseptivlar, epinefrin, simptomimetiklar, glyukagon, qalqonsimon bezining yod saqlovchi gormon preparatlari, tiazid va “xalqali” diuretiklar, fenotiazin hosilalari, nikotin kislotasining hosilalari bilan bir vaqtda qabul qilinganida metforminning gipoglikemik ta'siri kamayishi mumkin.
Nifedipin metforminning Smax, so‘rilishini oshiradi, chiqarilishini sekinlashtiradi.
Simetidin metforminning chiqarilishini sekinlashtiradi, oqibatda laktoatsidozning rivojlanishini xavfi oshadi.
Buyrak naychalari orqali chiqariladigan kation dori vositalari (aminoxinidin, xinin, ranitidin, triamteren va vankomitsin) naychalar transport tizimlari uchun raqobatlashadilar va uzoq muddat davolashda Smax 60% ga oshirishi mumkin.
Metformin bevosita antikoagulyantlarning (kumarin hosilalari) ta'sirini susaytirishi mumkin. Laktoatsidozning rivojlanishini xavfi alkogoldan o‘tkir zaharlanishda, ayniqsa ochlik holida, past kalloreyali parhezga rioya qilinganida yoki buyrak yetishmovchiligida kuchayadi.
Davolash
vaqtida alkogol va etanol saqlovchi dori preparatlarni qabul qilishdan saqlanish kerak.
Yod saqlovchi kontrast preparatlar qon tomir ichiga yuborilganida metformin to‘planishi va laktoatsidoz rivojlanishi mumkin.
Metformin va sulfonilmochevinaning preparatlari bilan majmuaviy davolashda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash
davrida yiliga kamida 2 marta, shuningdek mialgiya paydo bo‘lganida plazmada laktatning miqdorini aniqlash kerak.
Bandan tashqari, 6 oyda 1 marta qon zardobidagi kreatininning miqdorini (ayniqsa keksa yoshdagi bemorlar) nazorat qilish kerak.
Metforminni sulfonilmochevinaning hosilalari bilan majmuada qo‘llash mumkin. Bu holda qonda glyukozaning kontsentratsiyasini ayniqsa sinchiklab nazorat qilish kerak. Rentgenokontrast tekshirish (urografiya, vena ichi angiografiyasi) o‘tkazishdan keyin 48 soat davomida va 48 soat oldin metformin qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Bronx-o‘pka infektsiyasi yoki siydik-jinsiy a'zolarning infektsion kasalliklari paydo bo‘lganida, bemor bu haqida shifokorga darhol xabar berishi kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Homiladorlik rejalashtirilganida, shuningdek metformin qabul qilish fonida homiladorlik kuzatilgan holda, u bekor qilinishi va insulin bilan davolash buyurilishi kerak. Ko‘krak sutiga o‘tishi bo‘yicha ma'lumotlarning yo‘qligi sababli, emizish davrda ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas. Emizish davrida metforminni qo‘llash zarurati bo‘lganida, emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Monterapiyada preparatni qo‘llash avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Metforminni boshqa gipoglikemik vositalar (sulfonilmochevinaning hosilalari, insulin va boshq.) bilan qo‘shganda, gipoglikemik holatlarni rivojlanishi mumkin, bunda avtotransportni boshqarish va diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi faoliyatlarni boshqa potentsial xavfli ko‘rinishlarini bajarish qobiliyati yomonlashadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Metforminning dozasi oshirib yuborilganida o‘lim bilan yakunlanuvchi laktoatsidoz rivojlanishi mumkin. Laktoatsidozning rivojlanishi sababi shuningdek buyraklar faoliyatining buzilishi natijasida preparatning to‘planishi hisoblanadi. Laktoatsidozning erta belgilariga ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, tana haroratini pasayishi, qorin og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq hisoblanadi, keyinchalik nafasni tezlashishi, bosh aylanishi, ongni buzilishi va koma rivojlanishi mumkin.
Davolash
laktoatsidozning belgilari paydo bo‘lgan holda, metformin bilan davolashni darhol to‘xtatish kerak, bemor darhol shifoxonaga yotqaziladi va laktatning kontsentratsiyasi aniqlanib, tashxis tasdiqlanadi. Organizmdan laktat va metforminning chiqarilishi bo‘yicha eng samarali chora gemodializ hisoblanadi. Shuningdek simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
500 mg, 850 mgdan tabletkalar.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«RADIKS» XIIChK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100054, Lutfiy ko‘ch. 50.
Tel 273-80-58, faks, 273-92-31.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.