Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Reytoil kaps. №20
Nomi | Narx | |||||
Рейтоил капс. №20 (1223349##2 224) |
UZS 67 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Рыбий жир, масло проростков пшеницы
Страна производитель
Египет
Производитель
World Medicine Limited, Великобритания произведено: SEDICO Pharmaceutical Co.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Reytoil
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) baliq yog‘i, yangi ungan bug‘doy poyasidan olingan moy.
Dori shakli
yumshoq jelatin kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
baliq yog‘i (ERA/DHA 30%)- 1000 mg;
yangi ungan bug‘doy poyasidan olingan moy- 100 mg;
yordamchi moddalar jelatin, anidrisorb, glitserin 85%, natriy etilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, tozalangan suv.
Ta'rifi tarkibida baliq hidili tiniq sariq moy saqlovchi uzunchoq, tiniq sariq rangli kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
gipolipidemik vosita.
ATX kodi S10AX06.
Farmakologik xususiyatlari
Reytoil preparatining farmakologik ta'siri omega-3 oilasiga mansub bo‘lgan yarim to‘yingan yog‘ kislotalarini (eykozapentayen YeRA va dokzageksayen DHA) Ye vitaminining tabiiy manbai bilan majmuasiga bog‘liq.
Preparat immunitetni rag‘batlantiruvchi, antigipertenziv, antiaterosklerotik, yallig‘lanishga qarshi va psoriazga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Gipolipidemik samarasini asosida past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) va juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) ning strukturasini normallashishi, xujayra membranalarining suyuqlik xususiyatlarini o‘zgarishi va membrana retseptorlarining funktsional faolligini oshishi yotadi, bu lipoproteidlarni fermentlar bilan lipid-xujayra o‘zaro ta'sirini va lipoproteidlarning metabolizmini yaxshilaydi.
Preparatning antiagregant ta'siri uning ta'siri ostida xujayralarning membranalaridagi lipidlar, shu jumladan eritrotsitlarning membranalaridagi lipidlar tarkibini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularda araxidon kislotasining miqdorini kamayishi va eykozapentayen kislotasining darajasini oshishi bilan xarakterlanadi. Buning oqibatida tromboksan A2 va trombotsitlar agregatsiyasini kuchaytiruvchi boshqa ikki to‘yinmagan eykozanoidlar (araxidon kislotasining derivatlari) sintezini pasayishi va eykozapentayen kislotasidan tromboksan A3 ni va boshqa proagregant samaraga ega bo‘lmagan uch to‘yinmagan eykozanoidlar sintezini kuchayishi rivojlanadi.
Kislotalarning ushbu kompleksi almashinuv jarayonlarini me'yorlashtiradi, qonda xolesterinning darajasini pasaytiradi, qonning reologik xususiyatlarini va bosh miyada moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Yangi ungan bug‘doy poyasidan olingan moy Ye vitaminining manbai bo‘lib, bu preparatning antioksidant xususiyatlarini namoyon qiladi, to‘qima nafasi va to‘qimalar metabolizmining boshqa muhim jarayonlarida ishtirok etadi, to‘qima va xujayralarni, erkin radikallarning haddan tashqari ko‘p miqdori va lipidlarning perekisli oksidlanish mahsulotlarini shikastlovchi ta'siridan himoya qiladi.
Qo‘llanilishi
• ortiqcha tana vazni, qandli diabet, gipertenziya va arterioskleroz bilan bog‘liq bo‘lgan gipertriglitseridemiya;
• dislipidemiya (lipidlar almashinuvini buzilishi) bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni oldini olish;
• yurak-qon tomir kasalliklari va ularni oldini olish;
• kelib chiqishi turlicha bo‘lgan artrozo-artritlar;
• autoimmun kasalliklar tarqoq skleroz, tizimli sklerodermiya, revmatoidli artrit;
• suyaklarni kasalliklari sinishlar, osteomiyelit, osteoporoz va boshqalar;
• me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi;
• xavfli o‘smalarni oldini olish;
• qandli diabet va uning asoratlarini oldini olish;
• nerv tizimi kasalliklari xotirani buzilishi, Altsgeymer kasalligi, parishonxotirlik;
• teri kasalliklari psoriaz, ekzema, neyrodermatit va boshqalar, trofik yaralar;
• ona va homila sog‘lig‘ini tutib turish uchun (muddatidan oldingi tug‘ruqlar, homila tug‘ilganida tana vaznini kichik bo‘lishi) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Reytoil ichga, kunning birinchi yarmida ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin chaynamasdan, suv bilan birga 1 kapsuladan kuniga 3 marta qabul qilinadi.
Davolash kursi kamida 3 oyni tashkil etadi. Qayta davolash kurslari shifokorning tavsiya bo‘yicha buyurilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar namoyon bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
A vitamini, askorbin kislotasi, tiamin, riboflavin, piridoksin, magniy preparatlari preparatning ta'sirini kuchaytiradi.
Reynoil preparatini fibratlar (klofibrat, siprofibrat, fenofibrat, etofibrat, gemfibrozil) bilan majmuada qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Reytoil preparatini qabul qilish vaqtida tarkibida Ye vitaminini saqlovchi boshqa dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Reytoil avtomobilni haydash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari epigastral sohada og‘riq, dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, diareya).
Davolash simptomatik. Preparatni bekor qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Yumshoq jelatin kapsulalar.
10 kapsuladan blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Reytoil
“Uorld Meditsin”, Buyuk Britaniya
(“World Medicine”, Great Britain)
kompaniyasining mahsuloti va savdo belgisi hisoblanadi.
Ishlab chiqarilgan
«Sediko Farmasyutikal Ko.»,
Birinchi sanoat zonasi, Siks ov Oktober Siti, Misr
(“Sedico Pharmaceutical Co.”),
First Industrial Zone, 6th October City, Egypt
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.