Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kaltsiya glyukonat in'ektsiya uchun eritma 10% 10ml №10 Farmak
Kaltsiya glyukonat in'ektsiya uchun eritma 10% 10ml №10 Farmak
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кальция глюконат
Страна производитель
Украина
Дозировка
10% 10мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kaltsiya glyukonat stabilizirovanny
Ta'sir etuvchi modda (XPN) salcium gluconate
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 95,5 mg kaltsiy glyukonati;
yordamchi moddalar kaltsiy saxarinati, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
kaltsiy preparatlari.
ATX kodi A12AA03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Kaltsiy glyukonati (stabilizirovanny) – metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositadir, organizmda kaltsiy tanqisligini to‘ldiradi; gemostatik, allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Kaltsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazilishi, silliq va skelet mushaklarini qisqarishi, miokardni faoliyat ko‘rsatishi, qon ivishida ishtirok etadi; ular suyak to‘qimasini shakllanishi, boshqa tizimlar va a'zolar faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur. Kaltsiy ionlarining qondagi darajasi ko‘pgina patologik jarayonlarda kamayadi, yaqqol gipokaltsiyemiya esa tetaniyani paydo bo‘lishiga olib keladi. Kaltsiy glyukonati gipokaltsiyemiyani bartaraf etadi, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, allergiyaga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, qonni to‘xtatuvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Preparat parenteral yuborilgandan keyin qon oqimi bilan barcha to‘qimalar va a'zolarda bir tekis taqsimlanadi. Kaltsiy qon plazmasida ionlashgan holatda bo‘ladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajraladi. Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qalqonsimon oldi bezlari faoliyatini yetishmovchiligi; organizmdan kaltsiyni chiqarilishini oshishi; allergik kasalliklarda (zardob kasalligi, eshakemi, angionevrotik shish) va medikamentoz davolashning allergik asoratlarida yordamchi vosita sifatida; terli genezli patologik holatlarda (yallig‘lanish jarayonining ekssudativ fazasi, gemorragik vaskulit, nur kasalligi) qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamaytirish uchun; parenximatoz gepatit; jigarni toksik shikastlanishi; nefrit; eklampsiya; giperkaliyemiya; paroksizmal mioplegiyaning giperkaliyemik shakli, teri kasalliklari (teri qichishishi, ekzema, psoriaz); qon ketishini to‘xtatuvchi vosita sifatida; magniy, shovul kislotasi yoki uning eruvchan tuzlari, ftor kislotasining eruvchan tuzlari bilan zaharlanishda antidot sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga va mushak ichiga yuboriladi.
Kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga 5-10 ml dan 10% li eritma sutkada 1 marta, kasallikning xarakteri va bemorning holatiga qarab – har kuni, kunora yoki 2 kun oralab yuboriladi.
Bolalarga yoshiga qarab, 10% li kaltsiy glyukonati vena ichiga quyidagi dozalarda yuboriladi 6 oylikgacha – 0,1-1 ml; 7-12 oylik – 1-1,5 ml; 1-3 yosh – 1,5-2 ml; 4-6 yosh –2-2,5 ml; 7-14 yosh – 3-5 ml.
Yuborishdan oldin preparatni tana haroratigacha qizdirish kerak. Kattalarga va bolalarga eritma 2-3 minut davomida sekin yuboriladi.
1 ml dan kamroq miqdordagi eritmani yuborish uchun preparatning bir martalik dozasini natriy xloridining 0,9% li izotonik erimasi yoki glyukozaning 5% li eritmasi bilan tegishli hajm (shprits hajmi) gacha keltirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ba'zida ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bradikardiya, og‘iz bo‘shlig‘ida, so‘ngra butun tanada qizish hissi, shuningdek teri tomonidan o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Bu reaktsiyalar o‘z-o‘zidan tez o‘tib ketadi.
Tez yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish, ko‘p terlash, arterial gipotenziya, kollaps, ba'zida o‘lim kuzatilishi mumkin. Kaltsiy eritmasini ekstravazal tushishi oqibatida yumshoq to‘qimalarning kaltsifikatsiyasi kuzatilishi mumkin.
Juda kam hollarda allergik va anafilaktik reaktsiyalar, hatto anafilaktik shok kuzatilishi mumkin.
Kaltsiy tuzlarini mushak ichiga in'ektsiyasi mahalliy ta'sirlanishni chaqirishi mumkin.
Nomutanosiblik
Kaltsiy tuzlari oksidlovchilar, limon kislotasi, karbonatlar eritmalari, bikarbonatlar, fosfatlar, tartratlar (piruvat kislotasi) va sulfatlar bilan nomutanosib.
Fizik jihatdan nomutanosiblik amfoteritsin, sefalotin eritmasi, sefamandol, seftriakson, novobitsin natriy, dobutamin gidroxloridi, proxlorpirazin, tetratsiklin bilan kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Alyuminiy oksidi kaltsiy glyukonati saqlovchi shisha ampuladan yuvib chiqarilishi mumkin, shuning uchun alyuminiyni patsiyentlarga, ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan va bolalarga ta'sirini cheklash uchun to‘liq parenteral oziqlantirishga tayyorlash uchun kaltsiy glyukonatini qo‘llash mumkin emas.
Bolalarda va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan shaxslarda takroran va uzoq vaqt davolash (alyuminni organizmga ta'siri xavfi tufayli).
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; trombozlarga moyillik; giperkaltsiyemiya (masalan giperparatireoz, D gipervitaminozi, suyaklarning dekaltsinatsiyasi bilan kechuvchi o‘sma kasalliklari); og‘ir giperkaltsiuriya; yaqqol ateroskleroz; qonni yuqori ivishi; yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llash; og‘ir buyrak yetishmovchiligi.
Kaltsiy glyukonat va seftriaksonni quyidagi holatlarda birga yuborish mumkin emas
• chala tug‘ilgan chaqaloqlar (homiladorlik xaftalari + hayot haftalari) 41 xaftaga yetgungacha;
• muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda (28 kunlikkacha) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Etil spirtini kaltsiy glyukonati bilan o‘zaro ta'siri natijasida kaltsiy glyukonati cho‘kmaga tushadi.
Kaltsiyning boshqa preparatlari bilan birga buyurish tavsiya etilmaydi.
Verapamilni qabul qilishdan oldin va qabul qilgandan keyin kaltsiy glyukonatini vena ichiga yuborish uning gipotenziv ta'sirini kamaytiradi, lekin uning antiaritmik samarasiga ta'sir qilmaydi.
Tiazid diuretiklari bilan majmuasi giperkaltsiyemiya rivojlanishini chaqirishi mumkin.
Xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda yurak qorinchalari ichki o‘tkazuvchanligi va xinidinning toksikligi oshishi mumkin.
Yurak glikozidlari bilan davolash vaqtida kardiotoksik ta'sir kuchayishi mumkinligi tufayli kaltsiy glyukonatini parenteral qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Kaltsiy glyukonati va tetratsiklinlarni bir vaqtda peroral qo‘llanilganda tetratsiklinlarning so‘rilishini kamayishi tufayli ularning ta'siri kamayishi mumkin.
Kaltsiy glyukonat aminoglikozidlar qatori antibiotiklarini qo‘llash chaqirgan nerv-mushak o‘tkazuvchanligining susayishini bartaraf etadi.
Fenigidin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda kaltsiy preparatlari uning samaradorligini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qonda kaltsiy darajasini va kaltsiyni chiqarilishini, ayniqsa bolalarda, surunkali buyrak yetishmovchiligi yoki nefrolitiazi bo‘lgan patsiyentlarda nazorat qilish kerak. Agar qon plazmasidagi kaltsiyning darajasi 2,75 mmol/l dan yuqori bo‘lsa yoki kaltsiyni siydik bilan sutkalik chiqarilishi 5 mg/kg dan oshsa, yurak aritmiyalarini rivojlanishi xavfi tufayli, davolash darhol to‘xtatilishi kerak.
Buyrak funktsiyachini buzilishi, yurak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda kaltsiy tuzlarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Nefrourolitiazni rivojlanish xavfini kamaytirish uchun yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilish tavsiya etiladi.
Shpritsni kaltsiy glyukonati to‘ldirganda, etil spirti qoldiqlari yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak, chunki ularning o‘zaro ta'siri natijasida kaltsiy glyukonati cho‘kmaga tushadi.
Kaltsiy tuzlari ta'sirlovchi hisoblanadi, shuning uchun ekstravazal shikastlanishini oldini olish maqsadida in'ektsiya joyini doimo nazorat qilish kerak.
Kaltsiy glyukonati ko‘pgina birikmalar (“Nomutanosiblik” bo‘limiga qarang) bilan fizik jihatdan nomutanosib, shuning uchun nomutanosib komponentlarni majmuaviy yuborish yoki alohida yuborgandan keyin ularning o‘zaro ta'siridan saqlanish uchun dori vositalarini yuborganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Fizik jihatdan nomutanosib eritmalarni alohida yoki kaltsiy va fosfatlar saqlovchi parenteral oziqlantirish uchun kompleks eritmalarni yuborganda keyin organizmda kaltsiyning erimaydigan tuzlarini mikrokristallizatsiyasi oqibati yuz bergan jiddiy asoratlar, shu jumladan o‘lim holatlari kuzatilgan. O‘pka va buyrakda seftriakson-kaltsiy erimaydigan komplekslarini hosil bo‘lishi bilan bog‘liq 1 oylikkacha bo‘lgan muddatida tug‘ilgan va chala tug‘ilgan chaqaloqlardagi o‘lim holatlari ta'riflangan. Kamida ulardan bittasi seftriakson va kaltsiyni turli vaqtlarda qabul qilgan.
Mavjud ilmiy ma'lumotlarda boshqa yosh toifasidagi patsiyentlarda seftriakson-kaltsiy komplekslarini qon tomir ichida hosil bo‘lishining isbotlari yo‘q. In vitro sharoitdagi tadqiqotlar boshqa yosh toifasidagi patsiyentlarga nisbatan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar seftriakson-kaltsiy erimaydigan komplekslarini hosil bo‘lishining yuqori xavfiga moyilligini namoyish qilgan.
Har qanday yoshdagi patsiyentlarda seftriaksonni kaltsiy saqlovchi infuzion eritmalar bilan aralashtirish yoki, hatto turli infuzion tizim yordamida yoki turli joylarga bir vaqtda yuborish mumkin emas.
Lekin 28 kunlikdan oshgan patsiyentlarda agar infuziya turli sohalarda amalga oshirilsa yoki agar infuzion tizim almashtirilgan bo‘lsa yoki cho‘kma hosil bo‘lmasligi uchun fiziologik eritma bilan sinchkovlik bilan yuvilgan bo‘lsa seftriakson va kaltsiy saqlovchi eritmalarni ketma-ket yuborish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi.
Preparatni ayol uchun foyda/homila (bola) uchun xavf nisbatini hisobga olib homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin.
Kaltsiy ko‘krak sutiga o‘tadi, buni emizikli ayollarda qo‘llaganda hisobga olish kerak.
Bolalar.
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat nekroz rivojlanishini mumkinligi tufayli mushak ichiga yuborish tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaktsiya tezligiga salbiy ta'sir qilishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganda anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, abdominal og‘riq, mushak kuchsizligi, polidipsiya, poliuriya, ruhiy buzilishlar, nefrokaltsinoz, nefrolitiaz, og‘ir holatlarda – yurak aritmiyasi, koma bilan namoyon bo‘luvchi giperkaltsiyemiya rivojlanishi mumkin.
Davolash. Hujayra ichidagi suyuqlik hajmini oshirish uchun natriy xloridi infuziyasi, undan keyin furosemidni yuborish kaltsiyni chiqarilishini kuchaytirishi mumkin. Antidot sifatida kaltsitonin qo‘llanishi mumkin, u sutkada 1 kg tana vazniga 5-10 XB hisobidan vena ichiga yuboriladi (preparat 500 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultiriladi, 2-4 qabulda 6 soat davomida tomchilab yuboriladi). Gemodializni qo‘llash so‘nggi navbatda ko‘rib chiqiladi.
Dozani oshirib yuborilishi
ni davolash vaqtida qon zardobida elektrolitlarning darajasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
5 ml yoki 10 ml dan ampulada. 5 yoki 10 ampuladan gofrali qo‘shimchalar bilan tibbiyotda qo‘llashga doir yo‘riqnomasi bilan qutida.
Yoki 5 ampuladan blisterda. 1 yoki 2 blisterdan tibbiyotda qo‘llashga doir yo‘riqnomasi bilan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saklansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Preparatni, qutida kursatilgan yaroqlilik muddatidan sung, qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ. Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovckaya ko‘chasi, 63.
Ishlab chiqaruvchi
ning joyi va faoliyatini amalga oshirish joyining manzili
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘chasi, 74.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarning sifati bo‘yicha shikoyatlarni (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
"Farmak" AJ ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
100170 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘ch. 12a, 1/2
e-mail info@farmak.ua
Tel +998 (71) 235-77-13
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.