Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
| Nomi | Narx | |||||
| Троксерутин гель 2% 40г Ветпром (984##3 188) |
UZS 14 000
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Троксерутин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
2% 40 г
Производитель
Ветпром АД
Chiqarillish shakli
Tashqi qo‘llash uchun gel
Trokserutin gel' 2% 40g Vetprom haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Trokserutin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) trokserutin
Dori shakli
; sirtga qo‘llash uchun gel'
Tarkibi
100 g sirtga qo‘llash uchun gel' quyidagilarni saqlaydi
faol modda trokserutin - 2,0 g;
yordamchi moddalar karbomer — 0,6 g, trolamin — 0,7 g, dinatriy edetati — 0,05 g, benzalkoniy xloridi, eritma – 0,2 g, suv – 96,45 g.
Ta'rifi sariqdan sariq-yashil ranggacha bir turdagi tiniq gel'
Farmakoterapevtik guruhi
surunkali venoz yetishmovchiligini davolash uchun vosita.
ATX kodi CO5CA04.
Farmakologik xususiyatlari
Trokserutin – flavoniod (rutin xosilasi), R-vitamin faollikka ega; venotonik, venoprotektor, shishga qarshi, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, gialuronidazani bloklaydi, xujayra qobiqlari gialuron kislotasini barqarorlashtiradi va ularning o‘tkazuvchanligini va kapillyarlarni sinuvchanligini kamaytiradi, ularni tonusini oshiradi. Tomir devorining zichligini oshiradi, plazmaning suyuq qismining ekssudatsiyasini va qon hujayralarining diapedezini kamaytiradi. Yuzasiga trombotsitlarni yopishishini chegaralab, tomir devorida yallig‘lanishni kamaytiradi. Zaharli emas, terapevtik ta'sirini katta kengligiga ega.
Farmakokinetikasi
Gelni teriga surtganda, faol moddasi epidermis orqali tez kiradi, 30 minutdan keyin dermada, 2-5 soatdan keyin esa teri osti yog‘ kletchatkasida aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
- surunkali venoz yetishmovchiligi bilan bog‘liq og‘riq va shishlar;
- oyoqlarda og‘riq va og‘irlik hissi, to‘piq shishishi;
- charchash, shish, tirishishlar, paresteziyalar;
- o‘tkir yuzaki tromboflebit va periflebit;
- varikoz dermatit;
- shikastlanish xarakterli og‘riq va shishlar (shuningdek, paylar shikastlanganda, mushaklar shikastlanganda yoki lat yeganda) da qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Gel' sirtga qo‘llanadi.
Gelni ertalab va kechqurun shikastlangan sohaga pastdan tepaga yengil uqalash harakati bilan teriga butunlay singdirilguncha surtiladi. Agar qandaydir sabab bilan preparatni qo‘llash o‘tkazib yuborilganda, patsiyent uni har qanday vaqtda surtishi mumkin, davolashni ikkita seansi o‘rtasidagi 10-12 soatdan kam bo‘lmagan oraliqni saqlab.
Zarurati bo‘lganda gelni bintlar yoki elastik paypoqni ostiga surtish mumkin. Davolash kursi – 2 haftadan 1-2 oygacha. Kasallik qaytalaganda davolash kursini yiliga 2-3 marta qaytarish mumkin.
Hojya ta'sirlari
Kamdan kam holda qizarish, qichishish, toshma kuzatiladi. Ushbu simptomlar davolash to‘xtatilgandan keyin tez o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Trokserutinga yoki preparatni qaysidir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlikda, homiladorlik (1 trimestr). Teri qoplamalarini butunligi buzilganda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Trokserutin mahalliy qo‘llaganda noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gelni ochiq jarohatlarga, shilliq qavatlarga, ko‘zga tushishidan saqlansin!
Surunkali venoz yetishmovchiligi bor patsiyentlarda, kasallikni boshlang‘ich va kech bosqichlarida qo‘llash tavsiya qilinadi. Tomirlarni o‘tkazuvchanligi oshishi bilan xarakterlangan holatlarda (shuningdek, skarlatina, grisht, qizamiq, allergik reaktsiyalar), askorbin kislotasini, uni samarasini oshirish uchun qo‘shib qo‘llaniladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga nojo‘ya ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q. Dori preparatini homiladorlikni ikkinchi va uchinchi trimestrida, hamda emizish davrida qo‘llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Xabarlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi xavfi yo‘q, chunki preparat sirtga surtiladi. Tasodifan. gelni katta miqdorda yutib yuborilganda, og‘iz bo‘shlig‘i va me'dani chayish kerak bo‘ladi; zarurati bo‘lganda simptomatik davolashni buyuriladi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun gel 2%.
30, 40, 50 g alyumin tubalarda, ichki lakli qoplama bilan, tashqi yuzasi litografiya usuli bilan bosilgan, membrana va zichlangan halqa, poliztilen buraladigan qopqoq bilan.
Har bir tuba qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
VETPROM AD, Bolgariya, 2400, Radomir sh., «Otets Paisiy» ko‘ch, № 26.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.