Troksevazin kaps. 300mg №50
78 500 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
300 мг
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Болгария
Yoʻriqnoma: Troksevazin kaps. 300mg №50
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Troksevazin®Ta'sir etuvchi modda (XPN): trokserutin
Dori shakli
qattiq jelatin kapsulalarTarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:faol modda: trokserutin - 300 mg;
yordamchi moddalar:magniy stearati, laktoza monogidrati;
qattiq jelatin kapsulaning tarkibi: bo‘yovchilar (E 110, Ye 104, Ye 171), jelatin.
Ta'rifi
№1 qattiq silindrik shaklli jelatin kapsulalar, korpusi – sariq, qopqoqchasi – sariq rangli. Sariq rangdan och-jigarrang ranggacha bo‘lgan kukun, ezilganda parchalanadigan konglomeratlarga yo‘l qo‘yiladi.Farmakoterapevtik guruhi
surunkali venoz yetishmovchiligini davolash uchun vosita.ATX kodi: S05SA04
Farmakologik xususiyatlari
Troksevazin preparatining asosiy komponenti trokserutindir. U tomir devorining tonusini oshiradi va ularning yuqori o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Tomirlar atrofidagi to‘qimalarga yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Oqibatda shishni kamaytiradi, venoz yetishmovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq bilan kechuvchi turli o‘zgarishlarda tomirlarning oziqlanishini yaxshilaydi.Yordamchi moddalari haqida ma'lumotlar
Preparat laktoza saqlaydi, bu uni laktoza yetishmovchiligi, galaktozemiya yoki glyukoza/galaktozaning so‘rilish sindromi bo‘lgan odamlar uchun to‘g‘ri kelmasligidan dalolat beradi.
Tarkibida bo‘yovchilar (E 119) borligi tufayli, preparat bilan davolash allergik tur reaktsiyalarni, shu jumladan astmani chiqarishi mumkin. Aspiringa allergiyasi bo‘lgan kimsalarda allergiyaning paydo bo‘lish xavfi yuqoridir.
Qo‘llanilishi
Troksevazin shish va surunkali venoz yetishmovchiligi (SVE) bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni – charchoqlik, oyoqlarda og‘irlik, shish va og‘riqlar, paresteziyalar, “toliqqan oyoqlar” sindromini yengillashtirish uchun ko‘rsatilgan.Qo‘llash usuli va dozalari
Troksevazinni hamisha ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaning aniq ko‘rsatmalariga muvofiq qo‘llang.Davolashning boshida tavsiya qilingan doza 1 kapsuladan kuniga 2-3 martani tashkil qiladi. Bu doza bilan davolash simptomlar va shish to‘liq yo‘qolgunicha davom etadi, odatda taxminan 2 hafta.
Tutib turuvchi sutkalik doza – 1 kapsuladan 2 marta.
Kapsulalar ovqat vaqtida qabul qilinadi, chunki dispeptik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Agar Siz bir qabulni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni dozani oshirmasdan navbatdagi muntazam qabul vaqtida amalga oshiring.
Agar Sizda Troksevazinni xaddan tashqari kuchsiz yoki kuchli ta'sir qilyapti degan taasurot bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan qandaydir qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Nojo‘ya ta'sirlari
Har qanday dori preparati kabi Troksevazin ham nojo‘ya reaktsiyalar, garchi ular hammada bo‘lmasa ham, keltirib chiqarishi mumkin.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, meteorizm, ich ketishi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, teri allergik reaktsiyalari – eshakemi, qichishish bo‘lishi mumkin. Kam hollarda – bosh og‘rig‘i va uyquni buzilishi.
Bu nojo‘ya reaktsiyalar odatda o‘tib ketuvchi xarakterga ega va preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng o‘tib ketadi.
Agar qaysidir nojo‘ya reaktsiyalari jiddiylashsa, yoki Sizda ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilsa, iltimos, bu haqida davolovchi shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Troksevazin preparatining ta'sir qiluvchi yoki qaysidir boshqa komponentiga allergiya bo‘lganida qo‘llanmaydi.Maxsus ogohlantirishlar
Bu dori vositasini qo‘llashda quyidagilarni ko‘zda tuting:
bu preparat jigar, buyraklar va qon-tomir kasalliklariga yo‘ldosh shishlarda samarasizdir.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Siz qandaydir boshqa, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori preparatlarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilganingiz haqida, iltimos, shifokorga xabar bering.
Dorilarni o‘zaro ta'sirlari haqida aniqlangan ma'lumotlar yo‘q.
Preparatni qo‘llash va ovqat mahsulotlari va ichimliklarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan cheklashlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishiHar qanday preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlik
Homiladorlik vaqtida preparatni salbiy ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q, ammo shunga qaramasdan, uni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparat qo‘llanganida homilaga noxush ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Emizish
Emizish vaqtida preparatni salbiy ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Preparat qo‘llanganida yangi tug‘ilgan chaqaloqqa noxush ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Troksevazin avtomobilni boshqarish yoki texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz buyurilgan dozaga qaraganda yuqoriroq dozani qabul qilgan bo‘lsangiz darhol shifokorga murojaat qiling.Preparatning dozasini oshirib yuborish hollari kuzatilmagan. Juda yuqori dozalar qabul qilingan holda yoki jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, Troksevazin bilan davolash to‘xtatiladi va simptomatik vositalar buyuriladi.
Chiqarilish shakli
Qattiq kapsulalar 10 donadan blisterdayu 5 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 5 (besh) yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
Balkanfarma-Razgrad AD,Bul. “Aprelskogo vosstaniya” 68, 7200 Razgrad, Bolgariya
Tel.: (+359 84) 660 999; Faks: (359 84) 634 272
E-mail: bphraz@antibiotic.bg
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi
«ACTAVIS International Limited» O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 4B
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.