Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Divaza shimish uchun gomeopatik tab. №100
Divaza shimish uchun gomeopatik tab. №100
Nomi | Narx | |||||
Диваза таб д/рас гомеоп. №100 (2050123-2##1565) |
UZS 54 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Антитела к мозгоспецифическому белку S-100 аффинно очищенные
Страна производитель
Россия
Производитель
ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Divaza
Dori shakli
shimish uchun gomeopatik tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar S-100 bosh miyaga spetsifik oqsilga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*, endotelial NO sintazaga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
* muvofiq ravishda 10012, 10030, 100200 marta suyultirilgan substantsiyaning uchta faol suvli-spirtli eritmalarining aralashmasi ko‘rinishida laktoza monogidratiga o‘tkaziladi.
Ta'rifi yassi silindrik shaklli, riskali va faskali, oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar. Riskali yassi tomonida MATERIA MEDICA, boshqa yassi tomonida DIVAZA yozuvi tushirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi
antigipoksant vosita, antioksidant vosita, nootrop vosita, angioprotektor vosita.
ATX kodi N06BX, N06DX, N05BX, C04AX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Majmuaviy preparat
S-100 bosh miyaga spetsifik oqsilga antitelalar antioksidant, antigipoksant, neyroprotektor, anksiolitik, antidepressiv ta'sir ko‘rsatadi. Bosh miyada ma'lumot va metabolik jarayonlarni birlashtirishni amalga oshiruvchi S-100 oqsilining funktsional faolligini modifikatsiya qiladi. Amplitudani pasaytirib va harakat potentsiali generatsiyasini susaytirib membranotrop ta'sirga ega; bosh miya, gippokapm, retikulyar formatsiyadagi limbik strukturalarda sinaptik o‘tkazuvchanlikni modulyatsiya qiladi; GAMK ni markaziy nerv tizimiga tormozlovchi ta'sirini kuchayishiga olib keladi.
In vitro sharoitda sigma 1 retseptoriga agonist xususiyatlarini namoyon qiladi.
Lipidlarni perekisli oksidlanishi jarayonlarini ingibitsiya qiladi.
Bosh miyaning integrativ foaoliyatiga normallashtiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, bu keng doirada muvozanatlashtirilgan psixofarmakologik samaralar antidepressiv, anksiolitik, neyroprotektor, antiastenik, antiamnestik samaralar bilan namoyon bo‘ladi.
Endotelial NO sintazaga antitelalar endotelial NO sintaza fermentining faolligini oshiradi, endoteliy tomonidan azot oksidi (NO) ishlab chiqarilishini tiklaydi, endoteliy disfunktsiyasini bartaraf etadi, endoliyeprotektor ta'sir ko‘rsatadi, NO-qaram vazodilatatsiyaga ta'sir ko‘rsatadi.
Eksperimental sharoitda Divazani bosh miyaning ishemik shikastlangan sohalarida reparativ jarayonlariga rag‘batlantiruvchi ta'siri namoyish etilgan.
Preparatning komponentlarini birga qo‘llash S-100 oqsiliga antitelalarning neyroprotektor faolligini kuchayishi, vegeto-barqarorlashtiruvchi samarani kuchayishi, vegetativ statusni normallashishi, ikkala komponentlarni neyronal plastiklikka sinergik ta'siri va buning natijasida bosh miyani toksik ta'sirlarga chidamliligini oshishi bilan kechadi; integrativ faoliyatni yaxshilaydi va bosh miya yarim sharlari orasida bog‘liklikni tiklaydi, kognitiv buzilishlarni bartaraf etishga yordam beradi, reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi va MNT faoliyatini tiklanishini tezlashtiradi, aqliy ish qobiliyatini oshiradi, ta'lim olish jarayonlari va xotirani tiklaydi, somatovegetativ ko‘rinishlarni normallashtiradi, bosh miyada qon aylanishini oshiradi.
Divaza uning tarkibidagi komponentlari kabi sedativ va miorelaksant ta'sirga ega emas, qaramlik va ko‘nikishni chaqirmaydi.
Farmakokinetikasi
Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlikli xromatografiya, yuqori samarali suyuqlikli xromatografiya, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi biologik suyuqliklar, a'zolar va to‘qimalarda antitelalarning xaddan tashqari past dozalari miqdorini baholash imkonini bermaydi, bu Divaza preparatining farmakokinetikasini o‘rganishni texnik jihatdan imkoni yo‘qligini bildiradi.
Qo‘llanilishi
MNT ning keng doiradagi organik buzilishlarida, shu jumladan neyrodegenerativ kasalliklar, serebrovaskulyar (shu jumladan ishemik) kasalliklar, neyroinfektsiyalar, bosh miya jarohatida – majmuaviy davolash tarkibida bosh miyaning integrativ faoliyatini tiklashda qo‘llanadi.
Vegetativ nerv tizimining somatoform disfunktsiyasini monotepapiyasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. Bir marta qabul qilishga – 1 tabletka (to‘liq eriguncha og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish kerak). 1-2 tabletkadan sutkada 3 marta ovqatlanishdan qat'iy nazar qo‘llanadi. Holatning og‘irlik darajasi qarab, o‘tkir davrda qabul qilish tez-tezligini sutkada 4-6 martagacha oshirish mumkin.
MNT ning yaqqol organik shikastlanishlarida davolash kursi davomiyligi 4-6 oyni tashkil etishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Divazani 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan ma'lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli, bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari hozirgi vaqtgacha qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun uni tug‘ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas.
Divaza transport vositalarini va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik va laktatsiya davrida Divazani qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Preparatni qabul qilish zarurati bo‘lganida xavf/foyda nisbatini e'tiborga olish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani to‘satdan oshirib yuborilganda preparatning tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar bilan bog‘liq dispepsik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 20 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Dori preparatini ishlab chiqaruvchisining/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilotning nomi, manzili
“NPF “MATERIA MEDIKA XOLDING” MChJ;
Rossiya, 127473, Moskva sh., 3-chi Samotechnыy per., 9 uy.
Tel./faks (495) 684-43-33.
Dori preparatini ishlab chiqarish maydonchasi manzili
Rossiya, 454139, Chelyabinsk sh., Buguruslanskaya ko‘ch., 54 uy.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahsulotning sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot nomi
“NPF “MATERIA MEDIKA XOLDING” MChJ vakolatxonasi;
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Tarobiy ko‘ch., 11 uy.
Tel. +998712544057.
E-mail uz@dep.materiamedica.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.