Gliatilin kaps 400mg №14
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
400 мг
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Италия
Yoʻriqnoma: Gliatilin kaps 400mg №14
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
GliatilinTa'sir etuvchi modda (XPN): xolin al'fostserati
Dori shakli
kapsulalar, in'ektsiya uchun eritmaTarkibi
In'eqtsiya uchun eritmaning bir ampulasi (4 ml) quyidagilarni saqlaydi:faol modda: xolin al'fostserati - 1000 mg;
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv q.s. 4 ml gacha.
Bir yumshoq jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: xolin al'fosterati - 400 mg;
yordamchi moddalar: tozalangan suv, glitserin;
kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, ezitol, sorbitan, natriy etil-r-gidroksibenzoati, natriy r-gidroksibenzoati, titan dioksidi (E 171), temir (III) metagidroksidi (E 172).
Ta'rifi
Kapsulalar: oval shaklli, sariq rangli tiniq bo‘lmagan, qovushqoq rangsiz eritma saqlovchi yumshoq jelatin kapsulalar.Eritma: rangsiz tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
nootrop vosita.ATX kodi: NO7AX02
Farmakologik xususiyatlari
GLIATILIN asosan MNT ga ta'sir ko‘rsatuvchi, xolinomimetiklar guruhiga mansub yangi birikmadir. Preparatning tarkibiga 40,5% metabolik jihatdan himoyalangan xolin kiradi. Metabolik himoya bosh miyada xolinni ajralib chiqishini ta'minlaydi. Tadqiqotlarning natijalari GLIATILIN xotira faoliyati va ta'lim olish qobiliyatiga, shuningdek yomonlashuvi bosh miyaning involyutsion patologiyasini rivojlanishi oqibitida chaqirilgan emotsional holat va xulq ko‘rsatkichlariga ancha ijobiy ta'sir qilishni ko‘rsatdi.Ta'sir mexanizmi: organizmga tushganida xolin al'fostserati fermentlar ta'sirida xolin va glikerofosfatga parchalanishiga asoslangan; xolin nerv qo‘zg‘alishining asosiy mediatorlaridan biri bo‘lgan - atsetilxolinni (AX) biosintezida ishtirok etadi; glitserofosfat neyronlar membranasining fosfolipidlarini (fosfatidilxolinni) o‘tmishdoshi hisoblanadi. Shunday qilib, GLIATILIN xolinergik neyronlarda nerv impul'elarining o‘tishini yaxshilaydi; neyronal membranalarning plastikligi va mediatorlarning faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
GLIATILIN perebral qon oqimini yaxshilaydi, bosh miyada metabolik jarayonlarni kuchaytiradi, bosh miyaning retikulyar formatsiyasining tuzilmalarini faollashtiradi va bosh miya jarohatlanishida es-hushni tiklaydi.
Farmakodinamikasi
Eksperimental tadqiqotlar, GLIATILINni neyrotransmissiyaning fiziologik sharoitlarida atsetilxolinni dozaga bog‘liq ravishda ajralib chiqishini rag‘batlantirishini ko‘rsatdi.GLIATILIN bir tomondan xolinning Donori bo‘lib, atsetilxolinning sintezini oshiradi, bu o‘z navbatida neyrotransmissiyaga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, boshqa tomondan fosfatidilxolinning (membrana fosfolipidi) sintezida ishtirok etadigan glitserofosfatning donori hisoblanadi, natijada membranalarning egiluvchanligi va retseptorlarning faoliyati yaxshilanadi, bu sinaptik o‘tkazuvchanlikka ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida yuborilgan dozaning o‘rtacha 88% ga yaqini so‘riladi. Birikmaning chiqarilishi, asosan o‘pka orqali, uglerod oksidi CO₂; ko‘rinishida ro‘y beradi. Preparatning taxminan 15% buyrak va ichak orqali chiqariladi.Qo‘llanilishi
- bosh miyaning og‘ir jarohatini o‘tkir davri asosan miya ustuni bilan shikastlanishida (jumladan, ongni buzilishi, komatoz holat);- bosh miyada qon aylanishi ishemik tipdagi (o‘tkir va tiklanish davrida) va gemorragik tipdagi (tiklanish davrida) buzilishi;
- miyaning degenerativ va involyutsion psixoorganik sindromlari va keksa yoshdagi shaxslarda xotirani buzilishi, es-hushni chalkashishi, dezoriyentatsiya; motivatsiya va tashabbuskorlikni kamayishi, — diqqatning jamlanishini susayishi bilan xarakterlanadigan fikrlash faoliyatining birlamchi va ikkilamchi buzilishlari kabi serebrovaskulyar yetishmovchilik oqibatlari;
- emotsional va xulq doirasidagi o‘zgarishlar: emotsional beqarorlik, ta'sirchanlik, qiziqishni pasayishi, qarilik soxtamelanxoliyasi;
- mulutiinfarkt dementsiya.
- turli sabablar natijasida kelib chikkan dementsiya (Al'tsgeymer tipidagi dementsiya, qarilik dementsiyasi, aralash turlari); Al'tsgeymer kasalligi; Gentington xoreyasi.
- kognitiv funktsiyalarni buzilishi (fikrlash funktsiyalarini buzilishi, xotira va diqqatni jamlash) har xil sabablarga ko‘ra bosh miyada qon aylanish buzilishi natijasida aqlzaiflikni yengil yoki og‘ir darajalari bo‘lgan bemorlarda: bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, distsirkulyator entsefalopatiya, arterial gipertoniyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
O‘tkir holatlarda GLIATILIN mushak ichiga yoki vena ichiga (tomchilab) sutkada 1 g dan (1 ampula) 3 g gacha qo‘llaniladi. Vena ichiga yuborilganda bir ampula (4 ml) 50 ml fiziologik eritmada eritilib tomchilab yuboriladi, yuborish tezligi minutiga 60-80 tomchi. Davolash davomiyligi odatda 10 kunni tashkil etadi, ammo zarurati bo‘lganida davolash kursini ijobiy natijaga erishilguncha davom ettirish mumkin, keyinchalik kapsula qabul qilishga o‘tkaziladi. Surunkali serebrovaskulyar yetishmovchilik va dementsiya sindromlarida GLIATILIN 400 mg (1 kapsula) dan sutkada 2-3 marta buyuriladi, yaxshisi ovqatdan oldin.Davolash davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Odatda preparat hatto uzok vaqt qo‘llanganida ham yaxshi o‘zlashtiriladi. Kam hollarda ko‘ngil aynishi (asosan dopaminergik faollashuv oqibati sifatida) paydo bo‘lishi mumkin, bunday hollarda preparatning dozasi kamaytiriladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
GLIATILIN preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiyaPreparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Chiqarilish shakli
GLIATILIN in'ektsiya uchun eritma: 4 ml dan 3 ampula (1000 mg ampulada) va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan plastik konteynerda.GLIATILIN kapsulalari: 14 kapsula va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma alyumin PVX blisterlarda
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ampulalar - 5 yil.Kapsulalar - 3 yil
Yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi
«ITALFARMAKO», Italiya«ITALFARMACO» S.r.A., Italy
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.