Gliyaton yumshoq kapsulalar 400 mg №30
253 000 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
400 мг
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Украина
Yoʻriqnoma: Gliyaton yumshoq kapsulalar 400 mg №30
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
GliyatonTa'sir etuvchi modda (XPN): xolin alfostserati
Dori shakli
yumshoq kapsulalarTarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:faol modda: 400 mg xolin alfostserati;
yordamchi moddalar: glitserin;
kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin (160 bloom), qisman suvsizlantirilgan suyuq sorbit, glitserin; temir II oksidi (E172), titan dioksidi (E171), natriy etilparagid-roksibenzoat, natriy propilparagidroksibenzoat (E217), tozalangan suv.
Ta'rifi
oval shaklli, sariq-jigarrang rangli yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagi modda - qovushqoq eritma.Farmakoterapevtik guruhi
Nerv tizimiga ta'sir etuvchi vositalar. Parasimpatomimetiklar. Xolin alfostserati.ATX kodi: N07A X02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Gliyaton asosan markaziy nerv tizimiga ta'sir etuvchi markaziy xolinomimetiklar guruhiga mansub vositadir. Xolin alfostserati xolinni tashuvchi va fosfoditilxolinning o‘tmishdosh moddasi sifatida psixoorganik involyutsion sindromining patogen omillari o‘rtasida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan to‘qimalardagi biokimyoviy shikastlanishlarni bartaraf etish va tuzatish yuzasidan potentsial xususiyatga ega, ya'ni pasaygan xolinergik tonusni va nerv hujayralari qobig‘ining o‘zgargan fosfolipid tarkibiga ta'sir qilishi mumkin. Preparatning tarkibiga 40,5% metabolik himoyalangan xolin kiradi. Metabolik himoya xolinni bosh miyada ajralib chiqishini ta'minlaydi. Gliyaton xotira va bilish qobiliyatiga, shuningdek emotsional holat va hulq-atvor ko‘rsatkichlariga ularni yomonlashuvi miyaning involyutsion patologiyasini rivojlanishi oqibatida yuz berganida ijobiy ta'sir qiladi.Ta'sir mexanizmi xolin alfostserati organizmga tushganida fermentlar ishtirokida xolinga va glitserofosfatga parchalanishiga asoslangan: xolin - nerv qo‘zg‘alishining asosiy mediatorlaridan biri bo‘lgan - atsetilxolin biosintezida ishtirok etadi; glitserofosfat neyron membranasidagi fosfolipidlarning o‘tmishdoshi (fosfoditilxolin) hisoblanadi. Shunday qilib, Gliyaton xolinergik neyronlarda nerv impulslarini o‘tkazilishini yaxshilaydi; neyronal membranalarni plastikligiga va retseptorlarning faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi. Gliyaton serebral qon oqimini yaxshilaydi, bosh miyada metabolik jarayonlarni tezlashtiradi, bosh miyaning retikulyar formatsiyasi strukturalarini faollashtiradi va bosh miyani travmatik shikastlanishida es-hushni tiklaydi.
Farmakokinetikasi
Gliyaton yuborilganda, yuborilgan dozaning o‘rtacha taxminan 88% so‘riladi. Preparat asosan miyada (preparatning qondagi kontsentratsiyasini 45%), o‘pkada va jigarda to‘planadi. Preparatni eliminatsiyasi asosan o‘pka orqali uglerod ikki oksidi (SO2) ko‘rinishida yuz beradi. Faqat preparatning 15% siydik va safro bilan chiqariladi.Qo‘llanilishi
Bosh miyaning degenerativ-involyutsion psixoorganik sindromlari yoki serebrovaskulyar yetishmovchilikning ikkilamchi oqibatlari, ya'ni keksa yoshdagi odamlarda xotirani buzilishi, ongni chalkashishi, dezoriyentatsiya, motivatsiyani va tashabbuskorlikni pasayishi, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi bilan xarakterlanadigan, aqliy faoliyatini birlamchi va ikkilamchi buzilishlari, emotsional va hulq- atvordagi o‘zgarishlar; emotsional beqarorlik, jizzakilik, atrof-muhitga befarqlik; keksa yoshdagi odamlarda soxtamelanxoliyada xarakterlanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat faqat kattalarda qo‘llanadi.1 kapsuladan kuniga 2 yoki 3 marta qabul qilinadi.
Davolash davomiyligini shifokor individual ravishda belgilaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda xatto uzoq qo‘llanganda ham yaxshi o‘zlashtiriladi.
Davolanishni birinchi kunlari yoki haftalari davomida xavotirlanish, ajitatsiya, uyqusizlik kabi nojo‘ya reaktsiyalarining belgilari paydo bo‘lishi mumkin. Bu simptomlar vaqtinchalik va davolashni to‘xtatishni talab qilmaydi, ammo dozani vaqtinchalik pasaytirish mumkin. Ko‘ngil aynishi (bu asosan ikkilamchi dopaminergik faollikni natijasi hisoblanadi), arterial bosimini pasayishi, bosh og‘rig‘i, juda kam hollarda abdominal og‘riq va qisqa muddatli ongni chalkashuvi bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparat dozasini kamaytirish kerak.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan toshma, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, terini qizarishi bo‘lishi mumin. Allergik reaktsiyalarni (ehtimol, sekin avj oluvchi reaktsiyalarni) chaqirishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yoki uning komponentlariga ma'lum bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik. Psixotik sindromi bo‘lgan patsiyentlarda, og‘ir psixomotor qo‘zg‘alishda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatning boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, bu dori vositasini qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashing.Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanmaydi.
Bolalar.
Gliyatonnni bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligigi ta'sir etish xususiyati
Preparat avtotransportni boshqarishga va boshqa mexanizmalar bilan ishlashga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ko‘ngil aynishi, notinchlik, qo‘zg‘alish, uyqusizlik bilan namoyon bo‘luvchi, Gliyaton dozasini oshirib yuborilishida preparatning dozasini kamaytirish lozim. Davolash simptomatik.Chiqarilish shakli
10 kapsuladan blisterda. 3 yoki 6 blisterdan qutida.Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi
“Farmak” JAJIshlab chiqaruvchining manzili va faoliyat ko‘rsatish joyi manzili
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 74
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot haqida ma'lumot
“Farmak” JAJ O‘zbekistondagi vakolatxonasi
100000, Toshkent sh., A.Qodiriy ko‘ch., 39.
Tel./faks: 235-77-13, 235-67-05.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.