Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kokarnit in'ektsiya uchun eritmani tayyorlash uchun liofilizat № 3
Kokarnit in'ektsiya uchun eritmani tayyorlash uchun liofilizat № 3
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Динатрия аденозинтрифосфат, кокарбоксилаза, витамин В6, РР
Страна производитель
Египет
Производитель
World Medicine, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок лиофилизированный для приготовления раствора
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kokarnit, Cocarnit
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritmani tayyorlash uchun liofilizat erituvchi bilan komplektda.
Tarkibi
Liofilizati bo‘lgan ampula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
dinatriy adenozintrifosfat trigidrat10 mg;
kokarboksilaza xlorid50 mg;
sianokobalamin0,5 mg;
nikotinamid20 mg;
yoradmchimoddalar glitsin, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat.
Erituvchi bo‘lgan ampula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
lidokain gidroxlorid (lidokain gidroxlorid monogidrati shaklida) 10 mg;
yoradmchi moddalar natriy xlorid, natriy gidroksid, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi qizil rangli xolli dog‘lari bo‘lgan pushti rangli liofilizatsiya qilingan kukun; erituvchi tiniq rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitaminlar. Boshqa majmuaviy vitamin preparatlar. Vitaminlar turli moddalar bilan majmuada.
ATX kodi A11JC
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparat metabolik moddalar va vitaminlarning ratsional tanlangan kompleksidir.
Nikotinamid - RR vitaminini shakllaridan biri, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, uglevod va azot almashinuvini yaxshilaydi.
Kokarboksilaza - organizmda tashqaridan tushadigan tiamindan (vitamin V1) hosil bo‘ladigan koferment. Uglevod almashinuvida muhim rol o‘ynaydi, α-ketokislotalarni karboksil guruhini birikishi va karboksil guruhini ajralishini katalizlovchi karboksilaza fermentini tarkibiga kiradi. Nuklein kislotalarini, oqsillarni va lipidlarni sinteziga bilvosita yordam beradi. Organizmda sut va pirouzum kislotalari darajasini kamaytiradi, glyukozani o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Nerv to‘qimasi trofikasini yaxshilaydi.
Sianokobalamin (vitamin V12) organizmda yuqori biologik faollikka ega faol shaklga (adenozilkobalamin yoki kobamamid) aylanadi. Organizmda oqsil sintezini oshiradi va uni to‘planishiga yordam beradi. Uglevod va lipidlar almashinuvi faollashtiradi. Qonda xolesterin darajasinipasaytiradi, jigarni yog‘li infiltratsiyasini oldini oladi. Qon yaratish a'zolarini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur, eritrotsitlarda sulfgidril guruhini saqlagan birikmalarni to‘planishiga yordam beradi, ularni gemolizga nisbatan chidamliligini oshiradi. To‘qimalarni regeneratsiya qobiliyatini oshiradi. Jigar funktsiyasiga va nerv tizimigayaxshi ta'sir ko‘rsatadi.
Dinatriy adenozintrifosfat trigidrat adenozin hosilasi hisoblanadi, metabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi. Gipotenziv va aritmiyaga qarshi ta'sirlarga ega. Tomir kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, shu jumladan toj arteriyalarida.
Farmakokinetikasi
Preparatni farmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim qilinmagan.
Qo‘llanilishi
- nevritlar, neyropatiyalar (qandli diabetda, infektsion kasalliklarda, pernitsioz anemiyada va boshqalar);
- kelib chiqishi turli bo‘lgan nevralgiyalar;
- mialgiya, ishialgiya;
- lyumbago, radikulit;
- bursitlar, tendinitlar;
- yurak ishemik kasalligi, miokarditlar, kardiomiopatiyalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kokarnit preparatini 1-2 ampuladan mushak ichiga sutkada bir marta yuboriladi.
Davolash va qayta kurslarni davomiyligi kasallikni xarakteri va og‘irligiga bog‘liq.
In'ektsiya uchun eritmani bevosita qo‘llashdan oldin bir liofilizatli ampula ichidagini 2 ml erituvchida eritish orqali tayyorlanadi.
Alohida guruh patsiyentlari
Jigar va buyrak funktsiyasini buzilishlari
Preparatni jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanganda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Bolalar
Preparatni bolalarda qo‘llanishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
65 yoshdan katta patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kokarnitni qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush reaktsiyalar quyida, MedDRA tizim-a'zo sinfiga muvofiq, ma'qul terminlar va tez-tezligi bo‘yicha keltirilgan.
Noxush reaktsiyalarani tez-tezlik ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, ammo <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, ammo <1/100); kam hollarda (≥1/10000, ammo <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan tez-tezligi noma'lum – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (jumladan anafilaktik shok). Preparatni komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikka shubha qilingan patsiyentlarga yuborishdan oldin preparatni teri ichigasinamasini o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Yurak tomonidan tez-tezligi noma'lum – davolashni boshida dimlangan yurak yetishmovchiligi, palpitatsiyalar.
Qon tomirlari tomonidan tez-tezligi noma'lum - periferik qon tomirlarining trombozi, quyilishlar, gipotenziya.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan tez-tezligi noma'lum – davolashni boshida o‘pka shishi, hansirash.
Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o‘smalar (jumladan kistalar i poliplar) tez-tezligi noma'lum - chin politsitemiya.
Nerv tizimi tomonidan tez-tezligi noma'lum – bosh aylanishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tezligi noma'lum - diareya (engil shakli, tranzitor), ko‘ngil aynishi, epigastral sohada diskomfort.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan tez-tezligi noma'lum - qichishish, toshma (tranzitor), allergik dermatit, eshakemi, angionevrotik shish, gipergidroz.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tezligi noma'lum - poliuriya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar tez-tezligi noma'lum - asteniya, lohaslik, gipertermiya, etni uvishishi, yuborish joyida reaktsiya, jumladan yuborish joyida og‘riq va yuborish joyida nekroz kuzatilishi mumkin.
Ko‘rsatilgan yoki boshqa noxush reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda, shifokorga murojaat qilish kerak.
Shubha qilinadigan noxush reaktsiyalari to‘g‘risida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilinadigan noxush reaktsiyalari to‘g‘risidagi xabarlar muhim hisoblanadi. Patsiyentda dori vositasiga jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganda yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida farmakonazoratni milliy tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatni har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- miokard infarktini o‘tkir davri;
- giperkoagulyatsiya (shu jumladan o‘tkir trombozlarda), eritremiya, eritrotsitoz, arterial gipertoniyaning og‘ir shakllari, arterial gipotoniya, o‘pkani yallig‘lanish kasalliklari, og‘ir yurak yetishmovchiligi, psoriaz, o‘tkazuvchanlikni og‘ir buzilishlari, o‘tkir yurak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Lidokainni erituvchi sifatida qo‘llanganda uni qarshi ko‘rsatmalarini hisobga olish kerak (amid turi anestetiklarga o‘ta yuqori sezuvchanlik, yurakni to‘liq blokadasi, gipovolemiya).
Dorilarning o‘zaro ta'sirlari
Kokarboksilaza yurak glikozidlarini kardiotonik ta'sirini kuchaytiradi.
Nikotinamidni tirishishga qarshi, ayniqsa karbamazepin, diazepam va natriya valproat kabilar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ularni tirishishga qarshi samaralarini potentsiyalanishi bo‘lishi mumkin.
Ma'sus ko‘rsatmalar
Tayyorlangan eritma pushti rangda bo‘lishi kerak.
Agar eritma rangi o‘zgarsa, uni qo‘llamang.
Eritma faqat mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan! Lidokainni erituvchi sifatida qo‘llanganda preparatni faqat mushak ichiga yuboriladi!
Lidokainni erituvchi sifatida qo‘llashdan oldin qarshi ko‘rsatma, maxsus ko‘rsatmalar va uni qo‘llangandagi ogohlantirishlarni o‘rganish kerak. Preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas!
Eritma tayyorlangandan keyin darhol qo‘llanishi kerak!
Kokarnitni anamnezida yara kasalligi, gastrit, podagra, qon ketishlar, jigar va safro chiqarish yo‘llarini shikastlanishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparatni uzoq qo‘llanganda qonni umumiy tahlilida eritrotsitlar soni, koagulogrammada qon ivish vaqti, protrombin indeksi, qon zardobida transaminazalar, ishqoriy fosfataza, gamma-glutamiltranspeptidaza, bilirubin, siydik kislotasini darajasini, qonda trombotsitlar miqdorini nazorat qilish kerak.
Homiladorlikda va laktatsiyada qo‘llanishii
Homiladorlik
Kokarnitni homiladorlik vaqtida, agar ona uchun kutiladigan foyda homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan usutun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.
Laktatsiya
Preparat bilan davolash vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan. Tasodifan vena ichiga yuborilganda yoki peroral qabul qilinganda toksiklikni rivojlanishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Toksiklikka shubha bo‘lganida kuzatuv va simptomatik davolash kerak.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritmani tayyorlash uchun liofilizat sariq shisha ampulada, erituvchi bilan komplektda 2 ml dan sariq shisha ampulada.
3 liofilizatli ampula va 3 erituvchili ampula kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugagandan keyin qo‘llanmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
«E.I.P.I.Ko.», Yegipet
(Tens ov Ramadan Siti, Birinchi sanoat sohasi V1, a/ya 149 Tens)
“E.I.P.I.Co.”, Egypt
(Tenth of Ramadan City, First Industrial Area B1, P.O. box 149 Tenth).
Ishlab chiqarilgan
«UORLD MEDITSIN LIMITED», BUYuKBRITANIYa uchun
(“WORLD MEDICINE LIMITED”, GREAT BRITAIN).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositasining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
“Evro Farm Biznes” MChJ HK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli ko‘ch., 120 uy.
Telefon (+99871) 212-18-41, (+99871) 212-20-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.