Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kvanil tab. qobiq bilan qoplangan 500 mg №10
Kvanil tab. qobiq bilan qoplangan 500 mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цитиколин
Страна производитель
Индия
Дозировка
500 мг
Производитель
Kusum Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Amanta Healthcare Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
KVANIL®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sitikolin natriy
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda sitikolinga ekvivalent bo‘lgan sitikolin natriy – 500 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza PH101, povidon K-90, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, oq opadray 03F58750, izopropil spirti va dixlormetan.
Ta'rifi kapsulasimon shakldagi silliq oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Psixostimulyatorlar, SDVG ni davolash vositalari va nootroplar.
ATX kodi N06BX06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Kvanil® – bu nootrop preparatdir. Sitikolin hujayra membranasi muhim ultratuzilmaviy komponentlarining (ko‘proq fosfolipidlar) o‘tmishdoshi bo‘lib, keng ta'sir doirasiga ega – hujayralarning shikastlangan membranalarining tiklanishiga yordam beradi, fosfolipazalar ta'sirini ingibitsiya qiladi, erkin radikallarning ortiqcha hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek apoptoz mexanizmiga ta'sir ko‘rsatgan holda hujayralarning halok bo‘lishini oldini oladi.
Kvanil® atsetilxolin sintezini oshirgani holda xolin manbai bo‘lib hisoblanadi va neyronlar membranasida tuzilmaviy (tayanch) fosfolipidlar biosintezini rag‘batlantiradi.
Xolinergik neyronlarda nerv impulslari uzatilishini yaxshilaydi, neyronal membranalar plastikligiga va retseptorlar faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Serebral qon oqimini yaxshilaydi, bosh miyada metabolik jarayonlarni kuchaytiradi, bosh miyaning retikulyar shakllanishi tuzilmalarini faollashtiradi.
Insultning o‘tkir davrida shikastlangan to‘qima hajmini kamaytiradi, xolinergik uzatishni yaxshilaydi.
Kvanil® bosh miya gipoksiyasi va ishemiyasida kuzatiladigan simptomlarni, shu jumladan xotira susayishi, emotsional labillik, tashabbussizlik, kundalik harakatlarni bajarishda va o‘ziga xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklarni yumshatadi.
Bosh miya shikastlanishida shikastlanishdan keyingi koma davomiyligini va nevrologik simptomlar ifodalanganligini kamaytiradi.
Kvanil® shishga qarshi xususiyatlarga ega va neyronal membranaga o‘zining barqarorlashtiruvchi ta'siri tufayli bosh miya shishini kamaytiradi.
Sog‘ayishni tezlashtiradi va shikastlanishdan keyingi sindrom davomiyligini va jadalligini kamaytiradi.
Kvanil® degenerativ va tomir etiologiyasidagi kognitiv, sezuvchan va harakatlanishga doir nevrologik buzilishlarni davolashda samaralidir.
Farmakokinetikasi
Sitikolin peroral, mushak ichiga va vena ichiga yuborilganida yaxshi so‘riladi. Preparat yuborilganidan keyin qon plazmasida xolin darajasining sezilarli oshishi kuzatiladi. Peroral qo‘llanilganida preparat deyarli to‘liq so‘riladi. Tadqiqotlar peroral va parenteral yuborish yo‘llarida biokiraolishligi deyarli bir xil ekanligini ko‘rsatdi.
Preparat ichakda va jigarda xolin va sitidinni hosil qilgan holda metabolizmga uchraydi. Sitikolin yuborilganidan keyin bosh miya to‘qimalari tomonidan o‘zlashtiriladi, bunda xolinlar fosfolipidlarga, sitidin sitidinli nukleoidlarga va nuklein kislotalariga ta'sir ko‘rsatadi. Sitikolin tezda bosh miya to‘qimalariga yetib boradi va fosfolipidlar faoliyatini faollashtirgan holda hujayralar membranalariga, sitoplazmaga va mitoxondriyalarga faol o‘rnashadi.
Faqat yuborilgan dozaning uncha katta bo‘lmagan miqdori (3% dan kam) siydik va axlat bilan chiqariladi. Yuborilgan dozaning taxminan 12% nafas yo‘llari orqali chiqariladi. Preparatni siydik bilan va nafas yo‘llari orqali chiqarilishi 2 ta bosqichga ega birinchi bosqichda tezda chiqariladi (siydik bilan – birinchi 36 soat davomida, nafas yo‘llari orqali – dastlabki 15 soat davomida), ikkinchi bosqichda sekin chiqariladi. Preparat dozasining asosiy qismi metabolizm jarayonlariga kirishadi.
Qo‘llanilishi
• insultning o‘tkir fazasida;
• insult asoratlari va oqibatlarini davolashda;
• bosh-miya shikastlanishi va uning oqibatlarida;
• kelib chiqishi degenerativ va tomirli bo‘lgan serebral patologiya keltirib chiqargan kognitiv, sensitiv, motor va nevrologik buzilishlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tavsiya etiladigan doza sutkada 500-2000 mg ni (1–4 ta tabletkani) tashkil etadi.
Preparat dozasi va davolash muddati bosh miya shikastlanishining og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi va shifokor tomonidan belgilanadi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar dozaga tuzatish kiritishga ehtiyoj yo‘q.
Bolalarda bolalarda sitikolin qo‘llanilishiga doir yetarlicha ma'lumotlar yo‘q, shu sababli preparatni faqat preparatni qo‘llashdan kutiladigan foyda potentsial xavfdan yuqori bo‘lganida buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlari juda kam hollarda (<1/10 000), shu jumladan ayrim yakka hollarda yuzaga keladi.
Ruhiyat tomonidan gallyutsinatsiyalar, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik.
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipertenziya yoki gipotenziya.
Nafas olish tizimi tomonidan dispnoe.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, me'dada og‘riq, gipersalivatsiya, jigar funktsiyasi ko‘rsatkichlarining sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishi, diareya.
Teri tomonidan qizarish, eshakemi, ekzantema.
Umumiy buzilishlar tana haroratining oshishi, qizib ketish, titrash, shishlar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
• parasimpatik nerv tizimining gipertonusi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sitokolin L-digidroksifenilalanin va levodop ta'sirlarini kuchaytiradi.
Meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni qo‘llash vaqtida alkogolni iste'mol qilish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat laktoza saqlaydi. Agar Sizda ayrim qand moddalarining ta'sirini o‘zlashtiraolmaslik mavjud bo‘lsa, preparat bilan davolash boshlanishiga qadar shifokor bilan maslahatlashing.
Trimetilaminuriya, Parkinson kasalligi, tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlar va anamnezda depressiya bilan kasallangan bemorlar Kvanil® preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llashlari zarur.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi faqat ona uchun kutiladigan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina mumkin bo‘ladi.
Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ayrim hollarda MNT tomonidan ayrim nojo‘ya reaktsiyalar avtomobilni boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir etishi mumkin.
Shu sababli davolash vaqtida avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Toksikligi past bo‘lganligi tufayli, intoksikatsiya yuzaga kelishi ehtimoli hatto terapevtik dozalari tasodifan oshirib yuborilganida ham kam bo‘ladi.
Doza tasodifan oshirib yuborilganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
• 10 ta tabletka blisterda; 1 ta blister (1x10) tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
• 10 ta tabletka blisterda; 1 ta blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga monoo‘ramda, 3 ta bunday o‘ram (3x1x10) karton qutiga joylangan.
• 10 ta tabletka blisterda; 1 ta blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga monoo‘ramda, 10 ta bunday o‘ram (10x1x10) karton qutiga joylangan.
• 10 ta tabletka blisterda; 3 ta blister (3x10) tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
• 10 ta tabletka blisterda; 10 ta blister (10x10) tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda quruq, yorug‘likdan himoya qilingan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Manzili
SP-289(A), RIICO Industrial Area, Chopanki, Bhiwadi, Dist. Alwar (Rajasthan) India.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlarni (takliflarni) qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
«BARAKA DORI FARM» MChJ chet el korxonasi
100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasi, 4-B uy.
Telefon raqami + (99871) 252-50-45, + (99871) 252-36-36
Uyali telefon raqami + (99893) 388 87 82
pharmacovigilance@kusumhealthcare-pv.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.