Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lira oral eritma100mg/ml. 30ml flakon
Lira oral eritma100mg/ml. 30ml flakon
Nomi | Narx | |||||
Лира р-р оральн.100мг/мл. 30мл флак (40722##1301) |
UZS 97 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Лира р-р оральн.100мг/мл. 30мл флак (40722##1302) |
UZS 97 600
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цитиколин
Страна производитель
Украина
Дозировка
100 мг/мл 30 мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор оральный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Lira
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sitikolin (citicoline)
Dori shakli
oral eritma
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100 mg sitikolinga hisoblanganda 104,5 mg natriy sitikolin;
yordamchi moddalar metilparagidroksibenzoat (E218); propilparagidroksibenzoat (E216); kaliy sorbati; natriy sitrati; limon kislotasi monogidrati; sorbit (E420); natriy saxarini; «Klubnika 653; 665» ozuqa aromatizatori; glitserin; tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq rangsizdan sarg‘ish ranggacha bo‘lgan suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
psixostimulyator va nootrop vositalar.
ATX kodi N06VX06.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Sitikolin neyronlar membranasidagi tuzilmaviy fosfolipidlar biosintezini rag‘batlantiradi, bu membranalar faoliyatini, shu jumladan ion almashinuvchi nasoslar va neyroretseptorlar faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Membranaga barqarorlashtiruvchi ta'sir tufayli, sitikolin shishga qarshi xususiyatlarga ega, shuning uchun miya shishini kamaytiradi. Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, sitikolin ayrim fosfolipazalar faoliyatini so‘ndiradi, erkin radikallarni qoldiq ajralib chiqishiga to‘sqinlik qiladi, membrana tizimlari shikastlanishini oldini oladi va himoya antioksidant tizimi saqlanishini ta'minlaydi.
Sitikolin hujayralarning halok bo‘lishini oldini olgan, apoptoz mexanizmlariga ta'sir ko‘rsatgan holda shikastlangan to‘qima hajmini kamaytiradi va xolinergik uzatilishini yaxshilaydi. Sitikolin shuningdek miyaning o‘choqli insultlarida profilaktik neyroprotektor ta'sir ko‘rsatadi.
Sitikolin miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida miya to‘qimalarini ishemik shikastlanishlarini kamaytirgan holda patsiyentlarni tezda funktsional reabilitatsiyasiga yordam beradi, bu rentgenologik tadqiqotlar natijalari bilan tasdiqlanadi.
Bosh-miya jarohatlarida sitikolin tiklanish davri davomiyligini qisqartiradi va postravmatik sindrom jadalligini kamaytiradi.
Sitikolin miya faoliyati darajasini oshishiga yordam beradi, amneziya darajasini pasaytiradi, miya ishemiyasida kuzatiladigan kognitiv, sensitiv va motor buzilishlarida holatni yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Sitikolin peroral, mushak ichiga va vena ichiga yuborilganida yaxshi so‘riladi. Preparat qo‘llanganidan keyin qon plazmasida xolinlar darajasini sezilarli oshishi kuzatiladi. Peroral qo‘llanganida preparat deyarli to‘liq so‘riladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, peroral va parenteral yuborilganda biokiraolishligi deyarli bir xil.
Preparat xolin va sitidinni hosil qilgan holda ichak va jigarda metabolizmga uchraydi. Qabul qilinganidan keyin sitikolin miya to‘qimalari bilan o‘zlashtiriladi, bunda xolinlar fosfolipidlarga, sitidin esa sitidin nukleoidlari va nuklein kislotalariga ta'sir ko‘rsatadi. Sitikolin miya to‘qimalariga tez yetib boradi va fosfolipidlar faoliyatini faollashtirgan holda xujayralar membranalariga, sitoplazmaga va mitoxondriyalarga faol joylashadi.
Yuborilgan dozaning faqat uncha katta bo‘lmagan miqdori (3% dan kam) siydik va axlat bilan chiqariladi. Yuborilgan dozaning taxminan 12% nafas yo‘llari orqali chiqariladi. Preparatni siydik bilan va nafas yo‘llari orqali chiqarilishi ikki fazaga ega birinchi faza – tez chiqarilishi (birinchi 36 soat davomida – siydik bilan, birinchi 15 soat davomida - nafas yo‘llari orqali), ikkinchi faza – sekin chiqarilishi. Preparat dozasining asosiy qismi metabolizm jarayonlariga kirishadi.
Qo‘llanilishi
O‘tkir fazadagi insult va uning nevrologik oqibatlari.
Bosh-miya jarohati va uning nevrologik asoratlari.
Surunkali qon tomirlari va degenerativ serebral buzilishlar oqibatida kognitiv buzilishlar va fe'l-atvor buzilishlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi. Kattalar uchun tavsiya etiladigan doza sutkada 500 mg (5 ml) dan 2000 mg (20 ml) gachani tashkil etadi va ularni 2-3 marta qabul qilish uchun taqsimlanadi. Ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Eritmaning kerakli miqdorini shprits-dozatorga olinadi va ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan aralashtiriladi hamda shprits-dozator yordamida qabul qilinadi. Shprits-dozatorni har bir qo‘llanilishidan keyin suv bilan yuvish zarur.
Preparat dozalari va davolash muddati miya shikastlanishini og‘irlik darajasiga bog‘liq va shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi. Minimal tavsiya etiladigan davolash muddati – 45 sutka.
Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Bolalar
Sitikolinni bolalarda qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya reaktsiyalar juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan yakka hollarda yuzaga keladi.
Ruhiy buzilishlar gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Yurak-qon tomiri tizimi tomonidan buzilishlar arterial gipertenziya, arterial gipotenziya, taxikardiya.
Nafas olish tizimi tomonidan buzilishlar dispnoe.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan buzilishlar ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Umumiy buzilishlar qaltirash, shish, allergik reaktsiyalar, shu jumladan toshmalar, purpura, qichishish, angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda.
- Parasimpatik nerv tizimini yuqori tonusida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sitikolin levodopa ta'sirini kuchaytiradi. Preparatni tarkibida meklofenoksat saqlaydigan dori vositalari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Fruktozaga tolerantligi yuzasidan irsiy buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar preparat tarkibida sorbitni saqlagani tufayli, peroral qabul qilinadigan Lira preparatining eritmasini qabul qilmasliklari kerak. Preparat tarkibida saqlanadigan metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksi-benzoat allergik reaktsiyalarni (odatda sekin namoyon bo‘luvchi tipdagi) chiqarishi mumkin.
Ushbu dori vositasi 5 ml preparatda 1,2 mmol natriy saqlaydi. Natriyni nazorat qiluvchi parhezni qo‘llovchi patsiyentlar tomonidan qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.
Sitikolinni homilador ayollarga qo‘llash haqidagi yetarli ma'lumotlar yo‘q. Sitikolinni ko‘krak sutiga chiqarilishi va uni homilaga ta'siri haqidagi ma'lumotlar yo‘q. Shuning uchun homiladorlik yoki emizish davrida preparatni faqat ona uchun keltiradigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holda buyuriladi.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Alohida hollarda markaziy nerv tizimi tomonidan ayrim nojo‘ya reaktsiyalar avtotransportni boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi hollari bayon qilinmagan.
Chiqarilish shakli
30 ml dan flakonda. 1 flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin va sovitilmasin.
Bolalarololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
.
«Farmak» AJ. Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘chasi, 63
Ishlab chiqaruvchi
ning joyi va faoliyatini amalga oshirish joyining manzili.
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘chasi, 74.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dorivor vositalarning sifati bo‘yicha shikoyatlarni (takliflarni) qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
"Farmak" AJ ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi.
100000, Toshkent sh., A.Qodiriy ko‘chasi, 39.
Tel./faks 235-77-13, 235-67-05
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.