Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Semaks nazal tomchilar 1% 2.5ml
Semaks nazal tomchilar 1% 2.5ml
Nomi | Narx | |||||
Семакс капли назальные 1% р-р 2,5 мл (010923U##2 047) |
UZS 406 900
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Семакс капли назальные 1% р-р 2,5 мл (010923U##2 053) |
UZS 406 900
Stokda yetarli (6)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Семакс капли назальные 1% р-р 2,5 мл (010923U##2 059) |
UZS 406 900
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метионил-глутамил-гистидил-фенилаланил-пролил-глицил-пролин
Страна производитель
Россия
Дозировка
1% 2,5 мл
Производитель
ПЕПТОГЕН Инновационный научно-производственный центр ЗАО (Россия)
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капли назальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Semaks
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metionil-glutamil-gistidil-fenilalanil-prolil-glitsil-prolin
Dori shakli
1% li nazal tomchilar
Tarkibi
faol modda semaks 100% moddaga qayta hisoblanganida – 10 g;
yordamchi moddalar metilparagidroksibenzoat (Nipagin) – 1 g,tozalangan suv - 1 l gacha.
Ta'rifi rangsiz, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
nootrop vosita.
ATX kodi N06BX
Farmakologik xususiyatlari
Semaks 1% li nazal tomchilar – original peptid preparat bo‘lib, gormonal faolligini to‘liq yo‘qotgan adrenokortikotrop gormon (AKTG4-10) (metionil-glutamil-gistidil-fenilalanil-prolil-glitsil-prolin) fragmentining analogi hisoblanadi. Barcha aminokislotalar L-shaklda bo‘ladi.
Farmakodinamika
si
Semaks markaziy nerv tizimi (MNT) ga original neyrospetsifik ta'sir mexanizmiga ega. Semaks kortikotropinning sintetik analogi bo‘lib, nootrop hususiyatlarga ega va gormonal faolligini butunlay yo‘qotgan. Preparat xotira, ta'lim olish, diqqat kabi bosh miyaning bilish va kognitiv jarayonlarini yaxshilaydi. Aqliy ish qobiliyatini oshiradi; gipoksiya, narkoz va boshqa shikastlaydigan ta'sirlarga bosh miyaning hujayralarini moslashishini yaxshilaydi. Preparat bir marta va uzoq vaqt yuborilganida deyarli zaharli emas. Allergik, embriotoksik, teratogen va mutagen hususiyatlarni namoyon qilmaydi. Mahalliy qitiqlovchi ta'sirga ega emas.
Farmakokinetikasi
Burun bo‘shlig‘ining shilliq qavati orqali so‘riladi, bunda faol moddaga hisoblanganida 60-70% gacha qismi o‘zlashtiriladi. Semaks a'zolar va to‘qimalarga tez taqsimlanadi, gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi. Qonga tushganida Semaks yetarlicha tez biotransformatsiyaga uchraydi va organizmdan siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
O‘rtacha va og‘ir darajadagi ishemik insultning o‘tkir davrida kompleks terapiya tarkibida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Semaks, plastmassa tiqin-pipetka bilan berkitilgan flakonda yordamida intranazal qo‘llaniladi.
Pipetkaning uchi 1-rasmda ko‘rsatilgan joyidan ehtiyotkorlik bilan kesiladi.
Qalpoqchasi pipetkani zich berkitishi kerak – 2-rasm.
Flakonni pastga qaratib, barmoq bilan uning tubini yengil taqillating, shunda suyuqlikpipetkaning butun bo‘shlig‘ini to‘ldirishi uchun biroz kuting – 3-rasm.
Qalpoqchani yeching, pipetkaning keng qismini yengil siqing va kerakli miqdordagi preparatni burun yo‘liga (shilliq pardaga) tomizing – 4-rasm.
Preparatni 2-rasmda ko‘rsatilganidek qalpoqchasi zich berkitilgan holda saqlash kerak.
Bir tomchi preparatning hajmi 0,05 ml (50 mkl) ga teng. Standart eritmaning bir tomchisida 500 mkg faol modda saqlaydi.
O‘rtacha og‘irlikdagi insultda har bir burun yo‘liga bir tomizishda 2-3 tomchidan tomiziladi, bu 2000 mkg (4 tomchi yoki 0,2 ml) - 3000 mkg (6 tomchi yoki 0,3 ml) ni tashkil qiladi. Preparat tomizishlar o‘rtasida 3-4 soatlik oraliq bilan kuniga 3-4 marta tomiziladi. Sutkalik doza 6000 mkg (12 tomchi yoki 0,6 ml) - 12000 mkg (24 tomchi yoki 1,2 ml) ni tashkil etadi.
Og‘ir insultda har bir burun yo‘liga bir tomizishda 3-4 tomchidan tomiziladi, bu 3000 mkg (6 tomchi yoki 0,3 ml) - 4000 mkg (8 tomchi yoki 0,4 ml) ni tashkil etadi. Preparat tomizishlar o‘rtasida 2,5-3 soatlik oraliq bilan kuniga 4-5 martadan tomiziladi. Sutkalik doza 12000 mkg (24 tomchi yoki 1,2 ml) - 20000 mkg (40 tomchi yoki 2,0 ml) ni tashkil qiladi.
Preparat 10 kun davomida har kuni tomiziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Uzoq muddat qo‘llanganida burunning shilliq qavati biroz ta'sirlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Peparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. O‘tkir ruhiy buzilishlar, xavotirlik buzilishlari, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik va laktatsiya davrida, anamnezida tirishishlar bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Farmatsevtik ta'siri. Preparatni kimyoviy tuzilishidan kelib chiqqan holda kimyoviy jihatdan nomutanosib kombinatsiyalarni qo‘llash mumkin emas preparat tez parchalanadi va me'da-ichak yo‘llariga tushmaydi.
Farmakokinetik ta'siri. Preparatni kimyoviy tuzilishi (geptapeptid - adrenokortikotrop gormonini sintetik analogi bo‘lib, gormonal faolligini butunlay yo‘qotgan), tez so‘rilishi va qonga tushish tezligi, shuningdek intranazal yuborish usulini hisobga olib, boshqa preparatlar Semaksning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta'sir qilmaydi deb taxmin qilinadi.
Semaksni (intranazal) yuborish usulini hisobga olib, mahalliy qon-tomirlarni toraytiruvchi ta'sirga ega bo‘lgan intranazal yuboriladigan vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtga qadar, preparatning hatto bir martalik dozasi ahamiyatli darajada oshirilganda ham preparatning dozasini oshirib yuborilish hollarini aniqlash imkoni bo‘lmagan.
Chiqarilish shakli
3 ml dan plastmassa probka-pipetka bilan berkitilgan flakonda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga qadoqlanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +10°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Innovatsionniy nauchno-proizvodstvenniy sentr «PEPTOGEN» YOAJ
Rossiya, 123182, Moskva, akad. Kurchatov maydoni, 2 uy,
Tel./faks 8-499-196-48-61
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.