Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Adrenalin eritmasi, in'ektsiya uchun 1,82 mg/ml 1 ml №10
Adrenalin eritmasi, in'ektsiya uchun 1,82 mg/ml 1 ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Эпинефрин
Страна производитель
Украина
Дозировка
1,8 мг/мл
Производитель
Здоровье,фармацевтическая компания,ООО,Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Anafilaktik shok
Preparatning savdo nomi
Adrenalin-Zdorov’ye
Ta'sir etuvchi modda epinefrin (epinerhrine)
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1,82 mg adrenalin tartratini;
yordamchi moddalar natriy metabisulfiti (E 223), natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Yurak-qon tomir tizimiga ta'sir etuvchi vositalar. Noglikozid kardiotonik vositalar. Adrenergik va dopaminergik preparatlar.
ATX kodi S01SA24.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Kardiostimulyator, tomirlarni toraytiruvchi, gipertenziv, antigipoglikemik vositadir.
Preparat turli lokalizatsiyali - va -adrenoretseptorlarni rag‘batlantiradi. Ichki a'zolarning silliq mushaklariga, yurak- qon tomir va nafas tizimiga yaqqol ta'sir ko‘rsatadi, uglevodlar va lipidlar almashinuvini faollashtiradi.
Ta'sir mexanizmi hujayra membranasining ichki yuzasidagi adenilatsiklazani faollashuvi, hujayra ichida sAMF va Sa2+ kontsentratsiyasini oshishi bilan bog‘liq. Ta'sirning birinchi fazasi, eng avvalo turli a'zolarning -adrenoretseptorlarni rag‘batlantirishi bilan bog‘liq va taxikardiya, yurakdan qon otilib chiqishini, miokardning qo‘zg‘aluvchanligi va o‘tkazuvchanligini oshishi, arteriolo- va bronxodilyatatsiya, bachadon tonusini pasayishi, jigardan glikogenni va yog‘ depolaridan yog‘ kislotalarni mobilizatsiyasi bilan namoyon bo‘ladi. Ikkinchi fazada -adrenoretseptorlarni qo‘zg‘alishi yuz beradi, bu qorin bo‘shlig‘i a'zolari, teri, shilliq qavatlarning (skelet mushaklarini – kam darajada) tomirlarini torayishiga, arterial (asosan-sistolik) bosimni, tomirlarning umumiy periferik qarshiligini oshishiga olib keladi.
Preparatning samaradorligi dozaga bog‘liq. Juda past dozalarda, minutiga 0,01 mkg/kg tezlikda yuborilganida, skelet mushaklarining tomirlarini kengayishi oqibatida arterial bosimni pasaytirishi mumkin. Minutiga 0,04-0,1 mkg/kg tezlikda yuborilganda yurak qisqarishlari soni va kuchini, qonning zardob hajmi va qonning minutli hajmini oshiradi, tomirlarning umumiy periferik qarshiligini pasaytiradi; minutiga 0,2 mkg/kg dan yuqori bo‘lganida - tomirlarni toraytiradi, arterial bosimni (asosan sistolik) va tomirlarning umumiy periferik qarshiligini oshiradi. Pressor samarasi yurak qisqarishlari sonini qisqa muddatli reflektor sekinlanishini chaqiradi. Bronxlarning silliq mushaklarini bo‘shashtiradi. Minutiga 0,3 mkg/kg dan yuqori dozalari buyrakda qon oqimini, ichki a'zolarning qon bilanta'minlanishini, me'da-ichak yo‘llarining tonusi va motorikasini pasaytiradi.
Miokardning o‘tkazuvchanligi, qo‘zg‘aluvchanligi va avtomatizmini oshiradi. Miokardnikislorodga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Antigenlar tomonidan ishlab chiqarilgan gistaminlar va leykotriyenlarni ajralib chiqishini susaytiradi, bronxiolalarning spazmini bartaraf etadi, ularning shilliq qavatining shishini rivojlanishini oldini oladi. Teri, shilliq qavatlar va ichki a'zolarning -adrenoretseptorlariga ta'sir qilib, tomirlarni torayishini mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalarning so‘rilish tezligini pasayishini chaqiradi, ta'sir davomiyligini oshiradi va mahalliy anesteziyaning toksik ta'sirini pasaytiradi. 2-adrenoretseptorlarni rag‘batlantirilishi kaliyni hujayradan chiqarilishini kuchayishi bilan kechadi va gipokaliyemiyaga olib kelishi mumkin. Intrakavernoz yuborilganida g‘ovaksimon tanalarning qon bilan to‘lishini kamaytiraadi.
Qorachiqlarni kengaytiradi, ko‘z ichki suyuqligi ishlab chiqarilishini va ko‘zni ichki bosimini pasayishiga olib keladi. Giperglikemiyani chaqiradi (glikogenoliz va glyukoneogenezni kuchaytiradi) va qon plazmasida erkin yog‘ kislotalarining miqdorini oshiradi, to‘qimalarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Markaziy nerv tizimini kuchsiz rag‘batlantiradi, allergiyaga qarshi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Vena ichiga yuborilganida terapevtik samarasi deyarli shu ondayoq rivojlanadi (ta'sir davomiyligi – 1-2 minut), teri ostiga yuborilganidan keyin 5-10 minutdan so‘ng (maksimal – samarasi - 20minutdan keyin), mushak ichiga yuborilganida samarasining boshlanish vaqti-o‘zgaruvchandir.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yoki teri ostiga yuborilganida tez so‘riladi; qonda Smax 3-10 minutdan keyin erishiladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali, ko‘krak sutiga o‘tadi, gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tmaydi. Monoaminoksidaza (vanililmindal kislotasiga) va katexol-O-metiltransferaza tomonidan (metanefringa) jigar, buyrakning, ichak shilliq qavatining xujayralarida, aksonlarda metabolizmga uchraydi. Vena ichiga yuborilganda T1/2 1-2 minutni tashkil qiladi. Metabolitlarining chiqarilishi buyrak orqali amalga oshiriladi.
Qo‘llanilishi
-Darhol rivojlanadigan allergik reaktsiyalar dori vositalari, zardoblar qo‘llanganida, qon quyishda, hashorotlar chaqqanida yoki allergenlar bilan muloqatda rivojlanadigan anafilaktik shok.
-Bronxial astma – xurujni bartaraf etish uchun.
-Turli genezli arterial gipotenziya (postgemorragik, intoksikatsion, infektsion).
-Insulinning dozasini oshirib yuborilishi oqibatidagi gipoglikemiya.
-Asistoliya, yurakni to‘xtab qolishi.
-Mahalliy anestetiklarning ta'sirini uzaytirish.
-O‘tkir rivojlangan III darajadagi AV-blokadada qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga, teri ostiga, ba'zi hollarda – vena ichiga, yurak ichiga (yurak to‘xtab qolganida jonlashtirish o‘tkazish) buyuriladi. Mushak ichiga yuborilganida teri ostiga nisbatan tezroq ta'sir qila boshlaydi.
Dozalash tartibi
individual ravishda.
Kattalar.
Anafilaktik shok
0,5 ml eritma 40% li 20 ml glyukoza eritmasida suyultirib, vena ichiga sekin yuboriladi. Keyinchalik, zarurati bo‘lganida, minutiga 1 mkg tezlikda vena ichiga tomchilab yuborish davom ettiriladi, buning uchun 1 ml adrenalin eritmasi 400 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki 5% li glyukoza eritmasida suyultiriladi. Agar patsiyentningholati yo‘l qo‘ysa, 0,3-0,5 ml eritmani suyultirilgan yoki suyultirilmagan holda mushak ichiga yoki teri ostiga yuborishni o‘tkazgan afzal.
Bronxial astma 0,3-0,5 ml suyultirilgan yoki suyultirilmagan holda teri ostiga yuboriladi. Takror yuborishga zarurati bo‘lganida, bu dozani har 20 minutda (3 martagacha) yuborish mumkin. 0,3-0,5 ml suyultirilgan holda vena ichiga yuborish mumkin.
Tomirlarni toraytiruvchi vosita sifatida minutiga 1 mkg tezlikda vena ichiga tomchilab (minutiga 2-10 mkg gacha oshirish mumkin) yuborish mumkin.
Asistoliya 0,5 ml ni 0,9% li 10 ml natriy xloridi eritmasida suyultirilib, yurak ichiga yuboriladi. Shoshilinch choralar vaqtida – 1 ml dan (suyultirilgan ko‘rinishda) har 3-5 minutda vena ichiga sekin yuboriladi.
Bolalar.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda asistoliya 10-30 mkg/kg tana vazniga har 3-5 minutda vena ichiga sekin yuboriladi.
Anafilaktik shok
10 mkg/kg tana vazniga (maksimal – 0,3 mg gacha) teri ostiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Yuborishga zarurat bo‘lganida har 15 minutdan keyin (3 martagacha) takrorlanadi.
Bronxospazm 10 mkg/kg tana vazniga (maksimal – 0,3 mg gacha) teri ostiga yuboriladi. Yuborishga zarurat bo‘lganida har 15 minutda (3-4 martagacha) yoki har 4 soatda takrorlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yurak tomonidan stenokardiya, bradikardiya yoki taxikardiya, yurak urishi, hansirash; yuqori dozalarda – qorinchalar aritmiyasi; kam hollarda – aritmiya, ko‘krak qafasida og‘riq, EKG da o‘zgarishlar (shu jumladan T tishining amplitudasini pasayishi).
Tomirlar tomonidan arterial bosimni pasayishi yoki oshishi (hatto odatdagi dozalarda teri ostiga yuborilganida arterial bosimni oshishi oqibatida subaraxnoidal qon quyilishi va gemiplegiya kuzatilishi mumkin).
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, tremor, bosh aylanishi, asabiylik, mushak tortishishlari; Parkinson kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda rigidlik va tremor oshishi mumkin.
Ruxiyat tomonidan xavotirlik holati, psixonevrotik buzilishlar, psixomotor qo‘zg‘alish, dezoriyentatsiya, hotirani buzilishi, tajavvuzkor yoki panik xulq, shizofreniyaga o‘xshash buzilishlar, paranoyya, uyquni buzilishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan kam hollarda – qiyin va og‘riqli siyish (prostata bezining giperplaziyasida).
Teri va teri osti kletchatkasitomonidan teri toshmasi, ko‘p shaklli eritema.
Moddalar almashinuvi, metabolizm tomonidan gipokaliyemiya, giperglikemiya.
Immun tizimi tomonidan angionevrotik shish, bronxospazm.
Mahalliy reaktsiyalar mushak ichiga in'ektsiya qilingan joyda og‘riq yoki achishish.
Boshqalar yuqori charchoqlik, kuchli terlash, termoregulyatsiyani buzilishi (sovib ketish yoki qizib ketish), qo‘l-oyoqlarni sovushi, adrenalinni takroran in'ektsiya qilinganida adrenalinning tomirlarni toraytiruvchi ta'siri oqibatida nekroz (shu jumladan jigar va buyrak nekrozi) kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, og‘ir aortal stenoz, taxiaritmiya, qorinchalar fibrillyatsiyasi, feoxromotsitoma, yopiq burchakli glaukoma, shok (anafilaktik shokdan tashqari), ingalyatsion vositalar ftorotan, siklopropan, xloroformni qo‘llash bilan o‘tkazilgan umumiy anesteziya; tug‘ruqning II davri; qo‘l va oyoqlarning barmoq sohalariga, burun sohalariga va genitaliy sohalariga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Adrenalinning antagonistlari α- va β-adrenoretseptorlarning blokatorlari hisoblanadi.
Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida
-narkotik analgetiklar va uxlatuvchi dori vositalari bilan – ularning samaralarini susayishi;
-yurak glikozidlari, xinidin, tritsiklik antidepressantlar, dopamin, ingalyatsion narkoz uchun vositalar (xloroform, enfluran, galotan, izofluran, metoksifluran), kokain bilan – aritmiyalar rivojlanishixavfini oshishi;
-boshqa simpatomimetik vositalar bilan – yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya samaralarning yaqqolligini kuchayishi;
-antigipertenziv vositalar bilan (shu jumladan diuretiklar) – ularning samaradorligini pasayishi;
-MAO (monoaminooksidazaning) ingibitorlari bilan (shu jumladan furazolidon, prokarbazin, selegilin) – arterial bosimni birdan va yaqqol oshishi, giperpiretik kriz, bosh og‘rig‘i, yurak aritmiyalari, qusish;
-nitratlar bilan – ularning terapevtik ta'sirini susayishi;
-fenoksibenzamin bilan – gipotenziv samarani kuchayishi va taxikardiya;
-fenitoin bilan – adrenalinni dozasiga va yuborish tezligiga bog‘liq bo‘lgan arterial bosimni birdan pasayishi va bradikardiya;
-qalqonsimon bez gormonlarining preparatlaribilan – ta'sirini o‘zaro kuchayishi;
-astemizol, sizaprid, terfenadin bilan – EKG da Q-T intervalni uzayishi;
-diatrizoatam, yotalam yoki yoksaglav kislotalari bilan – nevrologik samaralarni kuchayishi;
-shoxkuya alkaloidlari bilan – tomirlarni toraytiruvchi samarani yaqqol ishemiyagacha kuchayishi va gangrenani rivojlanishi;
-gipoglikemik dori vositalari bilan (shu jumladan insulin) – gipoglikemik samarani pasayishi kuzatilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Asistoliyada, agar uni bartaraf qilishning boshqa usullarini qo‘llash mumkin bo‘lmasa, yurak ichiga yuboriladi, bunda yurak tamponadasi va pnevmotoraksni rivojlanishini yuqori xavfi mavjud.
Infuziya qilish zarurati bo‘lganida infuziya tezligini boshqarish maqsadida o‘lchov moslamasi bilan jihozlangan uskunani ishlatish kerak. Infuziyani yirik, yaxshisi markaziy venada o‘tkazish lozim.
Infuziyani o‘tkazishdaqon zardobida K+ ning kontsentratsiyasini, arterial bosimni, diurez, EKG, markaziy vena bosimi, o‘pka arteriyalaridagi bosimni monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga preparatni qo‘llash glikemiyani oshiradi, shu tufayli insulinning yuqoriroq dozalari yoki sulfonilmochevinaning hosilalari talab qilinadi.
Adrenalinni iloji boricha uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas, chunki periferik tomirlarni torayishi nekroz yoki gangrenani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Davolash to‘xtatilganida, adrenalinning dozasini asta-sekin kamaytirish lozim, chunki davolashni birdan bekor qilish og‘ir gipotenziyaga olib kelishi mumkin.
Qo‘llashning o‘ziga xosligi
Qorinchalar aritmiyasi, yurakning ishemik kasalligi, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, arterial gipertenziyasi, o‘pka gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda, miokard infarktida (miokard infarktida preparatni qo‘llash zarurati yuzaga kelgan holda adrenalin miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini oshishi hisobiga ishemiyani kuchaytirishi mumkinligini yodda tutish lozim), metabolik atsidoz, giperkapniya, gipoksiya, gipovolemiya, tireotoksikozi bo‘lgan bemorlarga, tomirlarning okklyuzion kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga (arterial emboliya, ateroskleroz, Byurger kasalligi, sovuq qotish jarohati, diabetik endarteriit, Reyno kasalligi; nekroz va gangrenani rivojlanish xavfining mavjudligi tufayli, periferik qon aylanishi holatini nazorat qilish lozim), serebral aterosklerozi, Parkinson kasalligi bo‘lgan bemorlarda, tirishish sindromida, prostata bezining gipertrofiyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Gipovolemiyada simpatomimetiklarni qo‘llashdan avval, patsiyentlarda muvofiq gidratatsiyani o‘tkazish lozim.
Natriy metabisulfiti o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va bronxospazmni chaqirishi mumkin.
Bolalar. Preparatni bolalarda qo‘llash mumkin. Bolalarga preparatni dozalash bo‘yichatavsiyalar “
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limida keltirilgan.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlarda adrenalinni qo‘llash bo‘yicha nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Tug‘ruq vaqtida gipotenziyani to‘g‘rilash uchun qo‘llanmaydi, chunki preparat bachadonning mushaklarini bo‘shashtirishi hisobiga tug‘ruqning ikkinchi davrini kechiktirishi mumkin. Bachadonning qisqarishini susaytirish uchun katta dozalarda yuborilganida qon ketish bilan kechuvchi bachadonning davomli atoniyasini chaqirishi mumkin.
Preparatni qo‘llashga zarurat bo‘lganida emizishni to‘xtatish lozim.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Preparat bilan davolanish davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori kontsentratsiyasini va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari arterial bosimni haddan ziyod oshishi, bradikardiya bilan almashadigan taxiaritmiya, yurak ritmining buzilishi (shu jumladan bo‘lmachalar va qorinchalar fibrillyatsiyasi), teri qoplamalarining sovushi va oqarishi, qusish, qo‘rquv, bezovtalik, tremor, bosh og‘rig‘i, metabolik atsidoz, miokard infarkti, bosh miyaga qon quyilishlari (ayniqsa keksa patsiyentlarda), o‘pka shishi, buyrak yetishmovchiligi, o‘lim holati. Yuqori dozalarda yuborilganida (teri ostiga yuborilganida o‘limga olib keluvchi minimal doza –0,18% li 10 ml eritma), midriaz, arterial bosimni ahamiyatli oshishi, qorinchalar fibrilyatsiyasiga o‘tishi mumkin bo‘lgan taxikardiya rivojlanadi.
Davolash preparatni yuborishni to‘xtatish. Adrenalinning dozasini oshirib yuborilishini α- va β-adrenoblokatorlar, tez ta'sir qiluvchi nitratlarni qo‘llash bilan bartaraf etish mumkin. Og‘ir asoratlarda majmuaviy davolash zarur. Aritmiyalarda β-adrenoblokatorlarni parenteral yuborish buyuriladi.
Chiqarilish shakli
1 ml dan ampulalarda №5, №10 qutida; №5, №5x2, №10 blisterlar qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
«Farmatsevticheskaya kompaniya «Zdorov'ye» Ma'suliyati Cheklangan Jamiyati
Ishlab chiqaruvchi
ning joylashgan manzili va faoliyat ko‘rsatuvchi joyning manzili.
Ukraina, 61013, Xarkov viloyati, Xarkov shahri, Shevchenko ko‘chasi, 22 uy.
O‘zbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqaruvchiga yuborish uchun dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
OOO «Dori Darmon Invest»
Pochta manzili 100060 O‘zbekiston, Toshkent sh., Shevchenko ko‘ch., 42-A
tel (99871) 120-3818
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.