Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Evkalipt Farmstandart mahalliy qo‘llash uchun aerozol 30ml
Evkalipt Farmstandart mahalliy qo‘llash uchun aerozol 30ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Россия
Дозировка
30 мл
Производитель
Фармстандарт-Лексредства,ОАО,Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Аэрозоль
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Evkalipt Farmstandart
Dori shakli
mahalliy qo‘llash uchun aerozol
Tarkibi
Bitta ballon quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar sulfanilamid natriy – 0,750 g, sulfatiazol natriy pentagidrati – 0,750 g, timol – 0,015 g, evkalipt moyi – 0,015 g, qalampir yalpiz moyi – 0,015 g.
yordamchi moddalar 95% li etanol (etil spirti) - 1,800 g, natriy saxarinati – 0,045 g, glitserol (glitserin) – 2,100 g, polisorbat-80 (tvin-80) – 0,900 g, tozalangan suv – 30 ml gacha, azot – 0,3 g dan 0,4 g gacha.
Ta'rifi Siqilgan gaz bosimi ostidagi uzluksiz ta'sirga ega klapanli ballonda bo‘lganoq-sariqdan to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan tiniq suyuqlik.
Preparat ballondan chiqishida timol va mentolga xos hidli oqim hosil qiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.
ATX kodi R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy preparat. Preparatning tarkibiga kiruvchi eruvchan sulfanilamidlar mikroblarga qarshi (og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning kasalliklarini chaqiruvchi grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga nisbatan) ta'sir ko‘rsatadi. Timol, evkalipt moyi va qalampir yalpiz moyi zamburug‘larga qarshi (Candida turiga mansub zamburug‘larga nisbatan), mikroblarga qarshi, yallig‘lanishga qarshi va yengil og‘riq qoldiruvchi samara ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Tonzillit, faringit, laringit, aftoz stomatitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy qo‘llanadi. Ballondan himoya qalpoqchasini olib, vositani og‘iz bo‘shlig‘iga 1-2 sekund davomida purkaladi. Og‘iz oldindan qaynagan suvda chayiladi va sutkada 3-4 marta purkaladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, tomoqda qisqa muddatli achishish yoki qirilishni his etish kuzatiladi. Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganda preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokorga murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; homiladorlik, emizish davri; 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori preparatlari bilan mutanosib, klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Evkalipt preparatini bolalarda faqat shifokor tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin!
Bolalarda, preparatni aerozol qo‘llanganida og‘izdagi yot jismga (applikatorga) qarshilik ko‘rsatmaydigan va preparat sepilganida nafasni tutib turaoladigan yoshda bo‘lganlarida qo‘llash mumkin.
Ballon ochilmasin va qizdirilmasin
Preparatni yuborish vaqtida ballon vertikal holatda ushlab turish kerak (rasmga qarang)!
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida Evkalipt preparatini qo‘llash mumkin emas. Preparatning tarkibiga mahalliy qo‘llanilganda yo‘ldosh orqali o‘tadigan, homila qonida aniqlanadigan sulfanilamidlar kiradi. Teratogen ta'sir rivojlanishi mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida, emizishni to‘xtatish kerak; ko‘krak sutiga o‘tadi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yadroviy sariqlik chaqirishi mumkin.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning transport vositalari va diqqatni yuqori jamlash va psixomtor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'siri haqidagi ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ichga qabul qilinganidagi o‘tkir zaharlanish belgilari ko‘ngil aynishi, qusish, me'dada og‘riqlar. Jabrlangan darhol shifokorga murojaat qilishi kerak.
Doza oshirib yuborilganida ko‘riladigan yordam choralari preparatni me'da-ichakdan yo‘qotish (me'dani yuvish, sun'iy tarzda qustirish, tuzli surgi vositalarni ishlatish, klizma, ichak adsorbentlarini – faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash), simptomatik davolash. Zarurati bo‘lganida oksigeno- va transfuzion davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Mahalliy qo‘llash uchun aerozol.
30 ml dan uzluksiz ta'sirga ega klapanlar va himoya qalpoqchalari bilan ta'minlangan, monoblokli alyumin aerozol ballonlarda. Har bir ballon purkagich va davlat va rus tillaridagi qo‘llash yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
-e'tirozlarni qabul qiluvchi korzonaning nomi va manzili
«Farmstandart-Leksredstva» OAJ,
00305022, Rossiya, Kursk sh., 2-nchi Agregatnaya ko‘ch., 1a/18.
Tel./faks (4712) 34-03-13. www.pharmstd.ru
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100179, Toshkent sh., Olmazor tumani, Chimboy Mavzesi 5 A,
Tel. +9987 122 27 09
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.