Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Grammidin s anestetikom mahalliy qo‘llash uchun dozalangan sprey 0,06mg-1mg/doza 112 doza dan
Grammidin s anestetikom mahalliy qo‘llash uchun dozalangan sprey 0,06mg-1mg/doza 112 doza dan
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Грамицидин C, цетилпиридиния хлорид, оксибупрокаин
Страна производитель
Россия
Производитель
Валента Фармацевтика,ОАО,Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей для горла и полости рта
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Grammidin s anestetikom
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) gramitsidin S + oksibuprokain + setilpiridiniy xloridi
Dori shakli
mahalliy qo‘llash uchun dozalangan sprey
Tarkibi
Preparatning bir dozasi quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar
Gramitsidin S digidroxloridi - 0,0638 mg (gramitsidin S ga qayta hisoblaganda - 0,06 mg)
Oksibuprokain gidroxloridi - 0,15 mg
Setilpiridiniy xloridi - 0,10 mg
Yordamchi moddalar
Etanol 96% - 19,00 mg
Sukraloza - 0,20 mg
Glitserol - 33,20 mg
Yalpiz aromatizatori - 0,82 mg
Limon kislotasi monogidrati - 0,058 mg
Natriy sitrati - 0,022 mg
Polisorbat 80 - 0,40 mg
Metilparagidroksibenzoat (metilparaben) - 0,184 mg
Propilparagidroksibenzoat (propilparaben) - 0,02 mg
Tozalangan suv - 0,20 ml gacha.
Ta'rifi tiniq yoki tovlanuvchi rangsiz yoki sarg‘ish tusli, o‘ziga xos yalpiz hidili eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
tomoq kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Antiseptiklar.
ATX kodi R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun majmuaviy preparat.
Preparatning tarkibiga mikroblarga qarshi vosita - gramitsidin S, mahalliy anestetik (og‘riqsizlantiruvchi) vosita – oksibuprokain va antiseptik vosita - setilpiridiniy xloridi kiradi.
Gramitsidin S ning ta'sir mexanizmi mikrob hujayrasining sitoplazmatik membranasini yuqori o‘tkazuvchanligi bilan bog‘liq, bu uning chidamliligini buzadi va nobud bo‘lishini chaqiradi. Gramitsidin S keng ta'sir doirasiga grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan antibakterial ta'sir ko‘rsatadi.
Anestetik oksibuprokain og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatiga mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Nerv impulslarini nerv hujayralari aksoni orqali o‘tishi va tarqalishini qaytar blokadasini chaqiradi.
Setilpiridiniy xloridi antiseptik vositalarga kiradi, og‘iz bo‘shlig‘ida infektsion kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilarini o‘sishi va ko‘payishini susaytiradi.
Preparat mikroblarga qarshi ta'sir, og‘riqsizlantiruvchi samara ko‘rsatadi, yallig‘lanishni kamaytiradi, tomoqdagi yoqimsiz hisni kamaytiradi, yutinishni yengillashtiradi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida ta'sir etuvchi moddalari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infektsion-yallig‘lanish kasalliklari faringit, tonzillit, parodontit, gingivit, stomatitda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy, tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga sepish yo‘li bilan. Ovqatdan keyin qo‘llaniladi.
Spreyni birinchi marta ishlatishdan oldin ballonni silkiting va bosish qurilmasini ikki marta bosing.
Kattalar uchun dozalari bir qo‘llashga 4 purkashdan kuniga 3 marta 7 kun davomida buyuriladi.
Preparat bevosita qo‘llanganidan keyin ovqat va ichimliklar qabul qilishdan 1 soat davomida saqlanish kerak.
Agar davolanishdan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki simptomlar chuqurlashsa, yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarga, qo‘llash usuli va dozalarga muvofiq qo‘llang.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi, vaqtinchalik tilning sezuvchanligi yo‘qolishi mumkin.
Agar Sizda yo‘riqnomada keltirilgan nojo‘ya samaralar kuzatilsa, yoki ular chuqurlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada keltirilmagan boshqa har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- gramitsidin S, oksibuprokain, setilpiridiniy xloridiga va preparatning boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik;
- emizish davri;
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi kunda boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta'siri holatlari keltirilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni og‘iz bo‘shlig‘ida ochiq yaralar bo‘lganida qo‘llash mumkin emas, chunki setilpiridiniy xloridi yarani bitishini sekinlashtiradi.
Preparat etanol saqlaydi. Preparatning bir martalik maksimal dozasida etanol saqlanishi 0,08 g tashkil qiladi.
Homiladorlikda ehtiyetkorlik bilan qo‘llansin («Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi» bo‘limiga qarang)
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsa, preparatni qo‘llash mumkin. Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki Siz homilador ekanligingizga gumoningiz bo‘lsa, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingiz zarur.
Preparat komponentlarini ko‘krak sutiga o‘tishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Laktatsiya davrila preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat maxsus diqqat va reaktsiya tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini (avtomobilni va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishlari va boshq.) bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari tavsiya etilgan yuqori dozalarda preparatni qabul qilish ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, til sezuvchanligini yo‘qolishini chaqirishi mumkin.
Davolash preparat qabulini to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Mahalliy qo‘llash uchun dozalangan sprey.
112 dozadan dozalovchi qurilma va taxlanadigan kanyulali bosish qurilmasi bilan ta'minlangan alyuminiy flakonlarda.
1 flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25º S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
korxona
Delfarm Bladel B.V.
Industriveg 1, Bladel, 5531AD, Niderlandiya.
O‘ramlovchi korxona
«Valenta Farm» AJ
141108, Rossiya, Moskva tum., Щelkovo sh., Fabrichnaya ko‘ch., 2 uy.
Telefon +7 (495) 933 48 62, faks +7 (495) 933 48 63.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalari raqamli identifikatsiyasi uchun javobgar tashkilotning nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasida "Valenta Farm" AJ Vakolatxonasi
100015, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 4 B, 309-ofis.
Tel. (+99893) 180 19 15
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalari sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasida "Valenta Farm" AJ Vakolatxonasi
100015, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 4 B, 309-ofis.
Tel. (+99893) 180 19 15
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.