Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xepilor og‘iz bo‘shlig‘i uchun eritma 100ml
Xepilor og‘iz bo‘shlig‘i uchun eritma 100ml
Nomi | Narx | |||||
Хепилор р-р д/полоск100мл (10823##2022) |
UZS 34 000
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Хепилор р-р д/полоск100мл (40722##2 052) |
UZS 35 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гексетидин, холина салицилат, хлорбутанола гемигидрат
Страна производитель
Украина
Дозировка
100 мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Раствор для ротовой полости
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Xepilor®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) geksetidin, 80% li xolin salitsilati, xlorbutanol gemigidrati
Dori shakli
og‘iz bo‘shlig‘i uchun eritma
Tarkibi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 100% moddaga qayta hisoblaganda 0,1 g geksetidin, 100% moddaga qayta hisoblaganda 0,5 g 80% li xolin salitsilati, 100% suvsiz moddaga qayta hisoblaganda 0,25 g xlorbutanol gemigidrati;
yordamchi moddalar 96% li etanol, natriy saxarini, polisorbat 20, propion kislotasi, limon moyi, yulduzchali anis moyi, mentol (levomentol), evkaliptol, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq yoki yengil tovlanuvchi, o‘ziga xos hushbo‘y hidli va spirt-anis ta'mli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Antiseptiklar
ATX kodi R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Dori vositasining ta'siri uchta faol ingrediyentlari bilan bog‘liq.
Antibakterial va zamburug‘larga qarshi faolligi.
Geksetidin mikroorganizmlarning grammusbat va grammanfiy shtammlariga, ham aerob, ham anaeroblarga nisbatan antibakterial ta'sirga ega.
Aerob shtammlarga nisbatan asosan bakteriostatik ta'sirga ega, bakteritsid ta'sirikuchsiz. Anaerob shtammlarga nisbatan esa geksetidin yaqqol bakteritsid ta'sirga ega. Ta'sir mexanizmi tiamin bilan raqobatli ta'sirdan iborat geksetidinni tuzilishi mikroorganizmlarni o‘sishi uchun kerak bo‘lgan tiaminni tuzilishi bilan o‘xshash.
Yallig‘lanishga qarshi faolligi.
Xolin salitsilati og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega. Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash uchun.
Og‘riqni qoldiruvchi faolligi
Xlorbutanol og‘riqni qoldiruvchi ta'sirga ega. Uni xususan otolaringologiyada (burunga tomchi, chayish) va stomatologiya amaliyotida (applikatsiyada va yuvishda) qo‘llash mumkin. Klassik antiseptik sifatida qo‘llash mumkin.
Farmakokinetikasi
Faol moddalari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida mustahkam joylashadi, u yerdan asta-sekin chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i infektsiyasini mahalliy davolash. Stomatologiyada operatsiyadan keyin og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Og‘iz bo‘shlig‘ini chayish uchun mahalliy vositasi sifatida qo‘llanadi.
Kattalarga va 6 yoshdan katta bolalarga og‘iz bo‘shlig‘ini bir marta chayish uchun eritmani o‘lchov stakaniga 10 ml li belgisigacha quyiladi va 50 ml iliq suvda eritiladi yoki 2 choy qoshiq preparatni ¼ stakan iliq suvda eritiladi.
Sutkada 2 dan 4 martagacha chayiladi.
Yutib yuborilmasin.
Davolash kursi -5 kun.
Bolalar
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmasin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan eshakemi, angionevrotik shish, laringospazm, bronxospazm.
Nerv tizimi tomonidan agevziya, disgevziya, ta'mni his qilishini 48 soat davomida o‘zgarishi (“shirinni” his qilish “achchiqni” his qilishga yoki aksincha o‘zgarishi mumkin).
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan yo‘tal, hansirash.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan og‘izni qurishi, disfagiya, so‘lak bezlarini kattalashuvi, yutinganda og‘riq. Preparatni tasodifan yutib yuborilganda me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari, eng avvalo ko‘ngil aynishi va qusish paydo bo‘lishi mumkin.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan allergik kontakt dermatit, teri reaktsiyalari (toshma).
Umumiy buzilishlar va qo‘llash joyidagi holatlar mahalliy reaktsiyalar - tishlarni va til rangini qaytuvchan o‘zgarishi; shilliq qavatni sezuvchaniligi, xususan achishish, karaxtlanish hissi; til va/yoki og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini ta'sirlanishi (og‘riq, qizib ketish hissi, qichishish); sezuvchanlikni pasayishi; shilliq qavatni paresteziyasi; yallig‘lanish; pufakchalar; shilliq qavatda yaralarni paydo bo‘lishi; tomoqda qichishi hissi; tekkan joyida shish, burun/tomoq shilliq qavatini qurishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dori vositasining komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik
atrofik faringit;
bronxial astma yoki ularning o‘ta yuqori sezuvchanligi bilan bog‘liq bo‘lgan nafas yo‘llarining boshqa kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antiseptiklarni saqlovchi preparatlar bilan birga qo‘llanmasin.
Geksetidin boshqa ishqoriy eritmalar bilan faolsizlantirilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalr
Preparat etanol saqlaganligi tufayli uni qo‘llanganda yutib yubormaslik va ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.
Dori vositasini tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparat bolalarda tutqanoq bo‘sag‘asini kamaytirishi va tirishishlarni chaqirishi mumkin.
Allergik reaktsiyalarga, jumladan bronxial astmaga moyilligi bo‘lgan, ayniqsa atsetilsalitsil kislotasiga allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining belgilari paydo bo‘lganida uni qo‘llashni darhol to‘xtatish lozim.
Preparat etanol saqlaganligi tufayli, uni jigar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Preparatni uzoq vaqt qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bakteriyalar va zamburug‘larni tarqalish xavfi bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda tabiiy mikroblar muvozanati o‘zgarishi mumkin.
Bakterial infektsiyaning umumiy klinik belgilari paydo bo‘lganida, umumiy antibakterial davolashni buyurish lozim.
Agar simptomlar 5 kundan ortiq davom etsa va/yoki tana harorati yuqori bo‘lsa davolash taktikasini qayta ko‘rib chiqish lozim.
Yallig‘lanish kuchaysa davolashni bekor qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Geksetidinni odamlarda yo‘ldosh orqali kirishi va ko‘krak suti bilan chiqarilishi to‘g‘risida tekshirishlar yo‘q, shuning uchun preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat etanol saqlaydi. Haydovchilarga preparatni qo‘llangandan keyin 30 minut davomida avtomobilni boshqarish tavsiya qilinmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasining dozasini oshirib yuborilishi haqida xabarlar tushmagan.
Og‘iz bo‘shlig‘ida eritmaning yetarli miqdorini so‘rilishi natijasida tarkibida etil spirti saqlaganligi sababli alogolli intoksikatsiya kelib chiqishi mumkin.
Agar preparatni ko‘rsatma bo‘yicha qo‘llansa, preparatda geksetidinning kontsentratsiyasi toksik hisoblanmaydi.
O‘tkir alkogolli intoksikatsiyani paydo bo‘lish ehtimoli juda kam. Agar bola preparatni ahamiyatli darajadagi dozasini yutib yuborgan bo‘lsa, etil spirtini saqlanganligi sababli alkogolli intoksikatsiya paydo bo‘lishi mumkin.
Allergik reaktsiyalarni paydo bo‘lishiga olib kelgan geksetidinni haddan ziyod qo‘llash hollari yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
ni davolash simptomatik, va kam hollarda zarur hisoblanadi.Bolani flakonning ichidagisini yutib yuborishi holatlarida darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Yutib yuborilgandan keyin 2 soat davomida me'dani yuvishni o‘tkazish imkoniyatini va alkogolli intoksiktsiya belgilarini bartaraf qilish choralarini qayta ko‘rib chiqish kerak.
Chiqarilish shakli
100 ml dan flakonda, 1 flakondan dozalovchi stakan bilan va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ. Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovckaya ko‘chasi, 63.
Ishlab chiqaruvchi
ning joyi va faoliyatini amalga oshirish joyining manzili
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘chasi, 74.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarning sifati bo‘yicha shikoyatlarni (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
"Farmak" AJ ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
100170 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘ch. 12a, 1/2
HYPERLINK "mailtoinfo@farmak.ua" info@farmak.ua
Tel +998 (71) 235-77-13
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.