Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Хлорофиллипта экстракта густого
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Dozasi
10мг/мл 100мл
Производитель
ГНЦЛС ОЗ ООО
Chiqarillish shakli
Eritma
Xlorofillipt spirtli eritma 10mg/ml 100ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Xlorofillipt
Ta'sir etuvchi modda (XPN) xlorofillipt
Dori shakli
spirtli eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda xlorofilliptning quyuq ekstrakti (10,761) (ekstragent etanol 93%) -
10,0 mg;
yordamchi moddalar etanol (96%).
Ta'rifi to‘q-yashil rangli suyuqlik;
Farmakoterapevtik guruhi
antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar.
ATX kodi D08AX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si. Preparat stafilokokklarga, shu jumladan antibiotiklarga chidamli shtammlariga nisbatan antibakterial faollikka ega.
Farmakokinetikasi
. O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Stafilokokklarning antibiotiklarga chidamli shtammlari tomonidan chaqirilgan kasalliklarni davolashda, kuyish kasalligida, trofik yaralar va oyoqning bitmaydigan yaralarida, operatsiyadan keyingi, tug‘ruqdan keyingi va kelib chiqish sababi boshqacha bo‘lgan septik holatlarda, ichakning stafilokokkli disbakteriozlarini davolashda va stafilokokk tashuvchilarni sanatsiyasida, bachadon bo‘yni eroziyalarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat ichga, mahalliy ravishda va xo‘qnalarda buyuriladi.
Xlorofillipt ichga, ichakda stafilokokk tashib yurilishida va operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun qo‘llanadi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar 1% li spirtli eritmani 5 ml dan 30 ml suvda suyultirib, har kuni ovqatdan 40 minut oldin, kuniga 3 marta qabul qiladilar. Davolash davomiyligi davolashning samaradorligi va kasallikni og‘irligiga qarab, shifokor tomonidan belgilanadi.
Ichakda stafilokokklarni tashib yurilishini davolash uchun xlorofillipt shuningdek xo‘qnada (1% li eritmaning 20 ml 1 l suvda suyultiriladi – bu bir xo‘qna uchun doza) buyuriladi. Preparat bilan xo‘qna har 2 kundan so‘ng qilinadi. Davolash kursi - 10 muolajadan iborat.
Mahalliy qo‘llash uchun (kuyishlar va trofik yaralarni davolash uchun) 1% li eritma 0,25% li novokain eritmasida 15 nisbatda suyultiriladi.
Bachadon bo‘yni eroziyasini davolashda qin va bachadon bo‘yni qin qismining shilliq qavatini barcha burmalari oldin tampon bilan quritiladi va bachadon bo‘ynining nayiga xlorofilliptning 1% li spirtli eritmasi surtiladi. Qinni yuvish uchun 1% li spirtli eritmaning 15 ml 1 l suvda suyultiriladi.
Davolash kursining davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq bo‘ladi va shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, shu jumladan toshma, qichishish, giperemiya, angionevrotik shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Xlorofilliptga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Jarohatda vodorod peroksidining qoldiqlari bo‘lganida, Xlorofilliptni cho‘kmaga tushishini hisobga olish kerak. Shuning uchun jarohat vodorod peroksidi bilan yuvilganidan so‘ng, jarohatni natriy xloridining steril izotonik eritmasi bilan yaxshilab yuvish kerak. Antiseptik preparatlarning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan oldin bemorning Xlorofilliptga bo‘lgan sezuvchanligi aniqlanadi, buning uchun bemor 1 osh qoshiq suvda suyultirilgan preparatning 25 tomchisini ichadi. Agar 6-8 soatdan so‘ng allergiya belgilari (lab, burun, tomoqning shilliq qavatini shishi) va boshqa allergik ko‘rinishlar bo‘lmasa, preparatni qo‘llash mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi. Preparat homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanmaydi.
Bolalar. Preparat bolalarda 12 yoshdan boshlab, shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llanadi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati. Preparat 96% li etanol saqlaganligi tufayli, avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya reaktsiyalarning ko‘rinishlari kuchayishi mumkin.
Davolash – simptomatik.
Chiqarilish shakli
100 ml dan flakonda, 1 flakondan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
.
«Farmatsevticheskaya kompaniya «Zdorovye» MChJ
Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxsning nomi
«Opitniy zavod «GNTSLS» MChJ
Manzili.
Ukraina, 61013, Xarkov sh., Shevchenko ko‘ch., 22
(«Farmatsevticheskaya kompaniya «Zdorovye» MChJ)
Ukraina, 61057, Xarkov sh. Vorobyev ko‘ch., 8.
(«Opitniy zavod «GNTSLS» MChJ)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.