Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lizak tabl.shokolad ta'mli №10
Lizak tabl.shokolad ta'mli №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лизоцим, деквалиния хлорид
Страна производитель
Украина
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Lizak
Ta'sir qiluvchi moddalar (XPN) lizotsim gidroxloridi, dekvaliniy xloridi;
Dori shakli
shimish uchun tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar quruq moddaga qayta hisoblaganda 10 mg lizotsim gidroxloridi va 100% quruq moddaga qayta hisoblaganda 0,25 mg dekvaliniy xloridi;
Yordamchi moddalar
anis va yalpiz ta'mli tabletkalar uchun laktoza monogidrati, mannit (E 421), povidon, magniy stearati, anis va yalpiz ta'm qo‘shimchasi;
shokolad ta'mli tabletkalar uchun ST dekstroza monogidrati; povidon; magniy stearati; ta'm qo‘shimchalari kakao kukuni, shokolad;
apelsin ta'mli tabletkalar uchun ST dekstroz monogidrati; povidon; magniy stearati; ta'm qo‘shimchasi apelsin; bo‘yovchi sariq shafaq FCF (E 110) LAKE.
Ta'rifi
Anis va yalpiz ta'mli tabletkalar oq yoki deyarli oq rangli, yassi yuzali, riska va faskali, anis va yalpiz ta'mli tabletkalar.
Shokolad ta'mli tabletkalar kulrangdan jigarrang rangligacha bo‘lgan, dog‘lari bo‘lgan, yassi yuzali, riska va faskali, kakao ta'mli tabletkalar. Tabletkalarning yuzasida marmarlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Apelsin ta'mli tabletkalar pushti-zarg‘aldoq rangli, dog‘lari bo‘lgan, yassi yuzali, riska va faskali, apelsin ta'mli tabletkalar. Tabletkalarning yuzasida marmarlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Tomoq kasalliklarida qo‘llanadigan preparatlar. Turli antiseptiklar.
ATX kodi R02A A20.
Farmakologik xususiyatlari
Lizak – yaxshi namoyon bo‘lgan mahalliy antiseptik, antibakterial va zamburug‘larga qarshi ta'sirga ega majmuaviy preparat. Preparatning terapevtik ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlariga bog‘liq.
Dekvaliniy xloridi – kvinolinlar guruhiga mansub mahalliy antiseptik, asosan mahalliy antiseptik ta'sirga ega; antibakterial ta'siri – asosan grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan; zamburug‘larga qarshi ta'siri – asosan Candida albicans, Trychophyton va epidermofitlarning ayrim turlariga qarshi ta'siri namoyon bo‘ladi.
Antibakterial ta'siri qo‘zg‘atuvchining oqsil va fermentlarini eritish va depolimerizatsiya yo‘li bilan denaturatsiyasini chaqirish, shuningdek glikoliz va degidrogenazalarni faolsizlanishi; ribosomalar miqyosida oqsil sintezini buzilishi; xujayra membranasini sitolizi bilan bog‘liq. Sirt faol kationli ta'siri uning bakteriostatik faolligining asosini tashkil qiladi, u grammanfiy mikroorganizmlarga qaraganda grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan kuchliroqdir.
Lizotsim – bu mukopolisaxarid bo‘lib, xujayra devorining erimaydigan polisaxaridlarini eriydigan mukopeptidlarga aylantirish tufayli grammusbat bakteriyalarga nisbatan samaralidir. U shuningdek grammanfiy bakteriyalar, viruslar va zamburug‘larga nisbatan samaralidir.
Lizotsim mahalliy yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi va organizmning nospetsifik himoyasini kuchaytiradi.
Dekvaliniy xloridi juda oz miqdorda so‘riladi.
Lizotsim me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Lizotsimning qondagi kontsentratsiyasining cho‘qqisiga 1-1,5 soatdan keyin erishiladi. Lizotsim organizmning to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi, ayniqsa shilliq qavatlarda to‘planadi. Ichak fermentlari tomonidan gidrolizga uchraydi, metabolitlari shaklida siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning yallig‘lanish jarayonlarini (kataral, yarali, fibroz gingivitlar; aftoz stomatitlar; og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning kandidozi; faringitlar; tonzillitlar; laringitlar va glossitlar) mahalliy antiseptik davolash.
- Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqdagi operativ aralashuvlardan oldin va keyin infektsiyalarni oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya etilgan dozalari.
Shimish uchun 1 tabletkadan har 2-3 soatda qo‘llanadi (sutkada 10 tabletkadan oshmasligi kerak). Yallig‘lanish simptomlari kamayganidan so‘ng – 1 tabletkadan har 4 soatda buyuriladi.
4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tavsiya qilingan dozalari.
Shimish uchun 1 tabletkadan har 3 soatda qo‘llanadi (sutkada 5 tabletkadan oshmasligi kerak). Yallig‘lanish simptomlari kamayganidan so‘ng – 1 tabletkadan har 4 soatda buyuriladi.
Tabletkani chaynamasdan asta-sekin shimish kerak.
Preparatni qabul qilgandan keyin 30 minut davomida yeyish va ichish tavsiya qilinmaydi.
Davolashni kasallik simptomlari yo‘qolganidan keyin yana 1-2 sutka davomida davom ettirish tavsiya qilinadi.
Lizakni kasallikning simptomlari yo‘qolgunicha qo‘llash tavsiya qilinadi. Agar 5-7 sutka davomida davolashdan keyin simptomlari yo‘qolmasa, davolashning keyingi taktikasini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, jiddiy nojo‘ya reaktsiyalari to‘g‘risida xabarlar bo‘lmagan, shunday bo‘lsada quyidagi noxush dori reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.
me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, og‘izni quruqligi, og‘iz bo‘shlig‘ining disbakteriozi (uzoq muddat qo‘llanganida);
immun tizimi tomonidan juda kam allergik reaktsiyalar (eshakemi, toshma, qichishish) bo‘lishi mumkin;
mahalliy reaktsiyalar tomoqda achishish va ta'sirlanish hissi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddalar yoki preparatning biron bir qo‘shimcha komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llashdagi tegishli xavfsizlik choralari
Anis va yalpiz ta'mli tabletkalar qand saqlamaydi, shuning uchun ularni qandli diabeti bo‘lgan bemorlarni davolash uchun qo‘llash mumkin.
Shokolad yoki apelsin ta'mli shimish uchun 1 tabletka 0,05 NB saqlaydi, buni qandli diabeti bo‘lgan bemorlar hisobga olishlari lozim.
Infektsiyani tarqalishining asosiy klinik simptomlari bo‘lganida tegishli tizimli antibakterial davolashni buyurish lozim. Biron-bir nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida Lizakni qabul qilishni to‘xtatish va boshqa dori vositasini buyurish lozim.
Mahalliy davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kayeksalat (giperkaliyemiyani davolash uchun vosita) bilan bir vaqtda qabul qilinganida teri va shilliq qavatlarning, ayniqsa me'da-ichak yo‘llarining og‘ir nekrotik shikastlanishlarini rivojlanish ehtimoli bor.
Dekvaliniy xloridining antibakterial faolligi anion detergentlarni, masalan, tish pastasi bir vaqtda qo‘llanganida pasayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Nazoratli tatqiqodlar o‘tkazilmagan. Shu sababli preparat homiladorlik yoki emizish davrida shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng, agar terapevtik samara bola uchun ta'sirining xavfidan ustun bo‘lsagina qo‘llanadi.
Bolalar
Preparat ushbu dori shaklida 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolash uchun aspiratsiyani rivojlanish xavfi tufayli qo‘llanmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Preparat oz miqdorda so‘riladi, shuning uchun dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
6 yoki 10 tabletkadan xira (pigmentlangan oq), polimer plyonkali va perforatsiyali yoki perforatsiyasiz laklangan alyumin folgali blisterda.
1 blisterdan (10 tabletka) yoki 2 blisterdan (6 tabletka) tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Farmak” JAJ
Ukraina, 04080, Kiyev sh.,Frunze ko‘ch., 63.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.