Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Loroben sprey 30 ml
Loroben sprey 30 ml
Nomi | Narx | |||||
Лоробен спрей 30 мл (23I14091A##2022) |
UZS 65 100
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Лоробен спрей 30 мл (23I14091A##2038) |
UZS 65 100
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хлоргексидин, бензидамин
Страна производитель
Турция
Дозировка
30 мл
Производитель
Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Loroben™
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) benzidamin gidroxloridi, xlorgeksidin glyukonati
Dori shakli
oral sprey
Tarkibi
30 ml sprey quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 45 mg benzidamin gidroxloridi, 36 mg xlorgeksidin glyukonati;
yordamchi moddalar polisorbat 20, sorbitol 70%, propilenglikol, xinolin sarig‘i, yalpizli essentsiya, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrati digidrati, tozalangan suv.
Har bir purkalma (~0,13 ml) 0,156 mg benzidamin gidroxloridi, 0,195 mgxlorgeksidin glyukonati saqlaydi.
Ta'rifi yashil rangli tiniq suyuqlik
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy peroral qo‘llash uchun dori vositalari.
ATX kodi A01AD02
Farmakologik xususiyatlari
Benzidamin – boshqa NYaQV dan farq qiluvchi nosteroid yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositadir. Lokal (mahalliy) qo‘llanganda ishlatiladigan kontsentratsiyalarda asos o‘rnini o‘taydi va mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
O‘tkazilgan tajribalarda benzidaminning og‘riq qoldiruvchi ta'siri yallig‘lanish oqibatidagi og‘riqlarda, yallig‘lanish xarakteriga ega bo‘lmagan og‘riqlarga nisbatan yaqqol namoyon bo‘ladi.
Xlorgeksidin grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, ayrim patogen zamburug‘lar, achitqilar, shuningdek ko‘pchilik viruslarga nisbatan samaralidir.
Xlorgeksidin glyukonati mikroblarga qarshi keng faollikka ega bisbiguanid hisoblanadi. Og‘iz chayilganidan keyin xlorgeksidin glyukonati tishlar, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va og‘izdagi qoplanmalar sirtida adsorbtsiyalanadi, 24 soat davomida asta-sekin ajraladi, chunki so‘lakda xlorgeksidinning kontsentratsiyasi kamayadi.
Farmakodinamika
si
Benzidamin ta'sirining yallig‘lanishga qarshi mexanizmi gipofiz-adrenal tizimini rag‘batlanishi bilan bog‘liq emas. Benzidamin prostaglandinlar biosintezini boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar kabi ingibitsiya qiladi, ammo ularning ta'sir mexanizmi to‘liq tushuntirib berilmagan.
Mahalliy qo‘llanilishi oqibatida xlorgeksidin keyingi uzaytirilgan bakteriostatik ta'sir bilan birga darhol bakteritsid samara ko‘rsatadi. Xlorgeksidin mikrob hujayrasi devorida absorbtsiyalangan va uzaytirilgan sirtqi ta'sir ko‘rsatgan holda bakteriyalar o‘sishini to‘xtatib turadi, so‘ngra sitoplazma pretsipitatsiyasiga yordam berib, hujayrani nobud bo‘lishini chaqiradi.
Farmakokinetikasi
Benzidamin yallig‘langan shilliq qavatda yaxshi absorbtsiyalanadi va yallig‘lanishga qarshi hamda mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Chayilganidan keyin taxminan 30% xlorgeksidin og‘iz bo‘shlig‘ida ushlanib turadi va 24 soat davomida u asta-sekin so‘lakka ajraladi. Xlorgeksidin glyukonati me'da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi; qonda aniqlanadigan kontsentratsiyalari topilmaydi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘ida va tomoqda og‘riqli holatlarni (angina, faringit, tonzillit, aftoz stomatit, glossitni), tomoqda va og‘iz bo‘shlig‘ida jarrohlik aralashuvlarida og‘riqlarni vaqtincha bartaraf etish uchun.
Kimyoterapiya, radioterapiya, boshqa aralashuvlar (shu jumladan traxeya intubatsiyasi) va shikastlanishlar oqibatida hosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash uchun.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, asoratlari, paradont kasalliklarini davolash uchun.
Gingivitlarni davolash va oldini olish uchun.
Tish ustida qoplanmalar hosil bo‘lishini kamaytirish uchun.
Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini saqlab turish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash usuli
Spreyning applikatoriga, muntazam oqimga erishilmagunga qadar bosib turish kerak4.
Applikatorning uchligini, uchlik og‘iz bo‘shlig‘ida yaxshi o‘rnashmaguncha ko‘tarish, va shundan so‘nggina applikatorga bosish kerak. Purkashni turli sohalarga 4 marta takrorlash kerak.
Xlorgeksidin Loroben™ preparatining tarkibida tish qoplanmasi hosil bo‘lishini va davolash jarayonida gingivitni kamayishiga yordam beradi.
Loroben™ preparatining tarkibidagi xlorgeksidin keltirib chiqargan rangli dog‘lar hosil bo‘lishini kamaytirish uchun tishlarni oldindan tish cho‘tkasi bilan tozalash lozim.
Spreyli flakonni vertikal ushlash kerak.
Eritmani yutish mumkin emas. Ishlatib bo‘linganidan keyin eritmani tuflab tashlash lozim.
Kattalar
Odatdagi doza – tomoqning yallig‘langan sohasiga 5-10 marta purkaladi. Kun davomida har 1½-3 soatda takrorlash kerak.
Bolalar (6-12 yosh)
Tomoqning yallig‘langan sohasiga 5 marta purkaladi. Har 1½-3 soatda takrorlash kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Loroben™ oral sprey ta'siri odatda yaxshi o‘zlashtiriladi va kam nojo‘ya ta'sirlarga ega.
Eritma shaklidagi benzidamin gidroxloridini qo‘llash oqibatida kelib chiqadigan nojo‘ya samaralar
Mahalliy
Davolash vaqtida eng tez-tez uchraydigan reaktsiya – og‘iz bo‘shlig‘ida uvishish hisi (2,6%), kam hollarda – achishish va sanchish hisi (1,4%). Juda kam hollarda og‘iz bo‘shlig‘ini qurishi yoki chanqash (0,2%), qizib ketish hisi va ta'mning o‘zgarishi (0,1%) qayd etiladi.
Umumiy
Umumiy ko‘rinishdagi nojo‘ya reaktsiyalar asosan ko‘ngil aynishi, qusish, hichiqoq, me'da-ichak buzilishlari (0,4%), bosh aylanishi (0,1%), bosh og‘rig‘i va uyquchanlik (0,1%) bo‘lib, ular tez-tez uchramaydi va jiddiy xarakterga ega emas.
Xlorgeksidin glyukonatini oral sprey shaklida qo‘llash oqibatida kelib chiqadigan nojo‘ya samaralar
Tishda toshlarni hosil bo‘lishi.
Ta'm sezuvchanligini o‘zgarishi.
Klinik tadqiqotlarda preparatni qo‘llash bilan bog‘liq jiddiy nojo‘ya ta'sirlar aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Benzidamin, xlorgeksidin yoki preparatning biror-bir boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Xlorgeksidin
Xlorgeksidin tuzlari sovun va boshqa anion birikmalar bilan nomutanosibdir.
Xlorgeksidin tuzlari kationli va noionli sirt tarangligi bo‘yicha faol substantsiyalari bilan mutanosibdir, biroq yuqori kontsentratsiyalarda birga ishlatilishi xlorgeksidinni mitseliy bilan bog‘lanishi oqibatida preparatning faolligini pasaytiradi.
Setrimid va lissapol NX kabi sirt tarangligi bo‘yicha faol moddalar eruvchanlikni oshishini keltirib chiqarishi mumkin.
Natriy alginati, natriy karboksimetiltsellyulozasi, gummiarabik, kraxmal kabi anionli polielektrolitlar bilan nomutanosib; ularni bir vaqtda qo‘llash samaradorlikni pasaytiradi.
Brilliant ko‘ki, xloramfenikol, natriy flyuorestsini, formaldegid, kumush nitrati, rux sulfati, mis sulfati bilan nomutanosibdir.
Qattiq suv bilan suyultirilganida kaltsiy va magniy kationlari bilan o‘zaro ta'sirga kirishishi natijasida erimaydigan tuzlar ko‘rinishida cho‘kma hosil qilish mumkin.
Agar xlorgeksidinni benzoatlar, bikarbonatlar, karbonatlar, boratlar, nitratlar, fosfatlar, sulfatlar bilan hosil qilingan tuzlarining kontsentratsiyasi 0,05% dan ko‘p bo‘lsa, u holda past darajada eriydigan tuzlar shakllanadi va cho‘kmaga tushadi. Setrimid ushbu tuzlar eruvchanligini oshiradi, kombinatsiyada bunday pretsipitantlar uchramaydi.
Xlorgeksidin glyukonatini setrimid va benzalkoniy xloridi bilan mos kelishi bakteritsid faollikni sinergik oshishida namoyon bo‘ladi.
Setrimid xlorgeksidinni qattiq suvda cho‘kishini so‘ndiradi.
Xlorgeksidin glyukonatidan tashqari, xlorgeksidin va uning tuzlari suvga nisbatan spirtda yaxshi eriydi. Xlorgeksidin glyukonati eritmasi spirt qo‘shilganida cho‘kmaga tushishi mumkin. Eritmada 7% spirtni ishtirok etishi uni grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi samaraliroq qiladi, chunki eritma sellyuloza filtrlari orqali filtrlanadi; so‘rilish ehtimoli bor.
Benzidaminning dorilar bilan ma'lum o‘zaro ta'siri yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Faqat sirtga qo‘llash uchun ishlatiladi.
Faqat og‘iz bo‘shlig‘i uchun qo‘llanilsin.
Yutilmasin.
Og‘iz bo‘shlig‘ida, ayniqsa til va tishlarda qaytuvchan rangli iz qoldirishi mumkin.
Agar tomoqda og‘riq bakterial infektsiya bilan bog‘liq bo‘lsa, Loroben™ preparati bilan birga antibakterial terapiyani buyurish mumkin.
Tizimli ta'sir ehtimoli buyrak kasalliklari bo‘lgan shaxslarda qo‘llanilganida e'tiborga olinadi, chunki benzidamin va uning metabolitlari siydik bilan chiqariladi.
Tizimli ta'sir ehtimoli jigar kasalliklari bo‘lgan shaxslarda qo‘llanilganida e'tiborga olinadi, chunki benzidamin jigarda metabolizmga uchraydi.
Loroben™ oral spreyni klinik qo‘llash tajribasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli, 6 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Xlorgeksidin glyukonatini homilador ayollarga ta'siri yuzasidan nazoratli tadqiqotlar yo‘q hamda benzidaminni hayvonlar va homilador ayollarga ta'siri yuzasidan adekvat tadqiqotlar xam yo‘q.
Preparatning tarkibiga kiruvchi faol moddalar kombinatsiyasini hayvonlar va homilador ayollarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan; shu boisdan preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.
Adekvat tadqiqotlar yo‘qligi tufayli, preparatni ayollarda laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni qo‘llash usulini inobatga olgan holda dozani oshirib yuborilishi mumkin emas. Tasodifan katta dozalar yutib yuborilganida simptomatik davolash buyuriladi. Maxsus antidot mavjud emas.
Chiqarilish shakli
Loroben™ oral sprey oq flakonda. 1 flakon (30 ml) va applikator komplektda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga solingan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida original o‘ramida, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
.
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Drogsan Ilachlari San. ve Tidj. A. Sh.
06760 Chubuk, Anqara, Turkiya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.