Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Suprima Lor qulupnoy xushbo‘yi №16
Suprima Lor qulupnoy xushbo‘yi №16
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амилметакрезол, дихлорбензиловый спирт
Страна производитель
Индия
Производитель
Shreya Life Sciences Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки для рассасывания
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
SUPRIMA-LOR
Ta'sir etuvchi modda (XPN) 2,4-dixlorbenzil spirti, amilmetakrezol
Dori shakli
ananasli yoki malinali yoki mentolli shimish uchun tabletkalar; apelsin xushbo‘yi, yoki limon xushbo‘yi, yoki asal va limon xushbo‘yi, yoki qulupnay xushbo‘yi, yoki evkalipt xidli shimish uchun tabletkalar.
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
2,4-dixlorbenzil spirti ………………….1,2 mg,
amilmetakrezol…………………………..…0,6 mg
yordamchi moddalar
SUPRIMA-LOR malinali qand S/30 asosi, dekstroza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, azorubin, malina xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR ananasli qand S/30 asosi, dekstroza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, quyosh botishi sarig‘i va xinolin sarig‘i bo‘yovchilari,ananas xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR mentolli qand S/30 asosi, dekstroza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, brilliant ko‘ki, yalpiz moyi;
SUPRIMA-LOR apelsin xushbo‘yi qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, quyosh botishi sarig‘i FCF bo‘yovchisi,apelsin xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR limon xushbo‘yi qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, quyosh botishi sarig‘i FCF, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi,limon xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR asal va limon xushbo‘yi qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi,asal xushbo‘yi, limon xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR qulupnoy xushbo‘yi qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, ponso 4R bo‘yovchisi qulupnoy xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR evkalipt xidli qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, brilliant ko‘ki bo‘yovchisi FCF, evkalipt xushbo‘yi.
Ta'rifi
SUPRIMA-LOR malinali qizil-malina rangli, malina hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR ananasli Sariq rangli, ananas hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR mentolli Och-xavorang rangli, mentol hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR apelsin xushbo‘yi Zarg‘aldoq rangli, apelsin hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR limon xushbo‘yi Sariq rangli, limon hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR asal va limon xushbo‘yi Och-sariq rangli, asal va limon xidili, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekkis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR qulupnoy xushbo‘yi Qizil rangli, qulupnoy hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR evkalipt hidli Och-havorang rangli, mentol va evkalipt hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
antiseptik vosita.
ATX kodi R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy antiseptik preparat. Mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol.
Tizimli so‘rilishi past bo‘lganligi tufayli, SUPRIMA-LOR preparatining farmakokinetikasi bo‘yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi. Preparatning samaradorligi keng ta'sir doirasiga ega ikki antibakterial komponentlarini bo‘lishi bilan bog‘liq.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga tavsiya qilinadi. Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq yallig‘lanishining birinchi simptomlari paydo bo‘lganida tavsiya etiladi
Kattalarga -1 tabletkadan har 2 soatda.
Maksimal sutkalik doza - 8 tabletka.
6 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan har 4 soatda.
Tabletkani butunlay erigunicha shimish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilishi bo‘yicha tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida preparatning nojo‘ya ta'siri aniqlanmagan
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
SUPRIMA-LOR preparatini boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ko‘rsatilgan doza oshirilmasin.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga buyurishda, preparatni qand saqlanishi hisobiga olish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ananasli yoki malinali, yoki mentolli so‘rish uchun tabletkalar; apelsin xo‘shbo‘yli, yoki limon xushbo‘yli, yoki asal va limon xushbo‘yli, yoki qulupnay xushbo‘yli, yoki evkalipt hidili so‘rish uchun tabletkalar.
4tabletkadan alyumin stripda.
4 yoki 25 ta striplar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
150 strip 1 ta tabletkadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga PET flakonga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Shreya Layf Sayensiz Pvt. Ltd. Hindiston.
Shreya Xaus, 301/A, Pereira Xil Roud,
Anderi (Ist.), Mumbay – 400099.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
MChJ “Shreya Layf Sainsis Farmatsevtika” XK, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Muqimiy ko‘chasi, 178-uy., 100096 indeks, Tel/Fax (99871)241-73-04, 241-74-04,
E-mail shreya@shreyalife.uz, www.shreyalife.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.