Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Furazolidon tab. 0.05g №10 (Irbitskiy XFZ)
Furazolidon tab. 0.05g №10 (Irbitskiy XFZ)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фуразолидон
Страна производитель
Россия
Дозировка
50 мг
Производитель
Ирбитский ХФЗ, Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- yordamchi moddalar
Preparatning savdo nomi
Furazolidon
Ta'sir etuvchi modda (XPN) furazolidon
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda – furazolidon – 0,05 g
yordamchi moddalar
- kartoshka kraxmali – 0,02 g
- kaltsiy stearati (kaltsiy stearin kislotasi) – 0,001 g
- qand (saxaroza) – 0,01 g
- tvin-80 (polisorbat) – 0,0002 g
- laktoza (sut qandi) – 0,0188 g
Ta'rifi sariq yoki ko‘kimtir-sariq rangli, yassi silindrik shaklli, faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
mikroblarga va protozoylarga qarshi vosita.
ATX kodi G01AX06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Mikroblarga qarshi vosita, nitrofuranlar hosilasidir. Grammusbat va grammanfiy mikroblar, Trichomonas spp., Giardia lamblia ga nisbatan faol. Furazolidonga Shigella dysenteria spp., Shigella flexneri spp., Shigella boydii spp., Shigella sonnei spp., Salmonella typhi, Salmonella paratyphi ko‘proq sezgir.
Yiringli va anaerob infektsiyalar qo‘zg‘atuvchilarga kuchsiz ta'sir qiladi. Mikroorganizmlarning chidamliligi sekin rivojlanadi. Monoaminooksidazani ingibitsiya qiladi.
Nitrofuranlar mikroorganizmlarning xujayraviy nafas olish jarayonlarini izdan chiqaradi, trikarbon kislotalari siklini (Krebs sikli) susaytiradi, shuningdek mikroorganizmlarning nuklein kislotalari biosintezini ingibitsiya qiladi, buning natijasida ularni qobiqlarini yoki sitoplazmatik membranani buzilishi kuzatiladi. Nitrofuranlar ta'siri ostida mikroorganizmlar kamroq toksin chiqaradi, shuning uchun mikroflorani o‘sishini yaqqol susayishigacha patsiyentning umumiy holati yaxshilanishi mumkin. Mikroblarga qarshi ko‘pgina boshqa dori vositalaridan farq qilib, ular organizmning immun tizimni susaytirmaydi, hatto faollashtiradi (komplement titri va leykotsitlarning mikroorganizmlarni fagotsitoz qilish qobiliyati oshadi).
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilinganda yaxshi so‘riladi. Bosh miya qobiqlari yallig‘lanishi fonida orqa miyada plazmadagiga o‘xshash kontsentratsiyalari hosil bo‘ladi. Asosan jigarda farmakologik faol bo‘lmagan metaboliti (amino hosilasi) ni hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Asosan (65%) buyraklar orqali chiqariladi, kamroq miqdorda axlatda aniqlanadi, u yerda ichak infektsiyalariga nisbatan terapevtik kontsentratsiyalarga erishiladi.
Qo‘llanilishi
Dizenteriya, paratiflar, lyamblioz, ovqat toksikoinfektsiyalarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqatdan keyin, ichga buyuriladi. Dizenteriya, paratiflar va ovqat toksikoinfektsiyalarida – 100-150 mg dan sutkada 4 marta (800 mg dan oshmasligi kerak), 5-10 kun davomida buyuriladi.
Lyambliozda kattalarga – 100 mg dan kuniga 4 marta, bolalarga – sutkada 10 mg/kg, sutkalik doza 3-4 marta qabul qilishga taqsimlanadi. Kattalar uchun eng yuqori bir martalik dozasi – 200 mg; sutkalik dozasi – 800 mg.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ishtahani pasayishi, hatto anoreksiyagacha; ko‘ngil aynishi, quish;
Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, teri giperemiyasi va qichishishi, angionevrotik shish).
Uzoq vaqt qo‘llanilganda – nevrit.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik, laktatsiya davri. Nitrofuranlar guruhiga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi, glyukozo-6-degidrogenaza tanqisligi, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (ushbu dori shakli uchun) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Surunkali buyrak yetishmovchiligi, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, jigar va nerv tizimi kasalliklari.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Furazolidon etanol bilan birga disulfiramsimon reaktsiyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun ularni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Antidepressantlar, monoaminooksidaza ingibitorlari, efedrin, amfetamin, fenilefrin, tiramin arterial bosimni haddan tashqari oshishini chaqirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Xloramfenikol va ristomitsin fonida qon yaratilishini susayishi oshadi.
Etanolning ta'siriga sezgirlikni oshiradi. Siydikni ishqoriylashtiruvchi dori vositalari samarani kamaytiradi, kislotali tomonga o‘zgartiruvchilar esa – oshiradi.
Aminoglikozidlar va tetratsiklin mikroblarga qarshi xususiyatlarini kuchaytiradi.
Davolash jarayonida monoaminooksidaza ingibitorlarini qo‘llagandagi kabi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak, xususan tiramin saqlovchi mahsulotlarni pishloq, qaymoq, loviya, marinadlangan sel’d', qaxvani cheklash kerak.
Uzoq vaqt qo‘llaganda nevritlarni oldini olish uchun V guruhi vitaminlari bilan birga qo‘llash kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari o‘tkir toksik gepatit, gematotoksiklik, neyrotoksiklik (polinevrit).
Davolash dori vositasini bekor qilish, ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilish, simptomatik davolash, antigistamin dori vositalari, V guruh vitaminlari.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 50 mg.
10 tabletkadan kontur uyasiz yoki kontur uyali o‘ramda.
50 tabletkadan polimer materialli bankada.
2, 3, 4, 5 kontur uyali o‘ramlar yoki polimer materialli 1 banka tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Kontur uyasiz o‘ramlar teng miqdordagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan yoki karton qutilar guruh o‘ramiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
«Irbitskiy ximfarmzavod» OAJ,
623856, Rossiya, Sverdlov viloyati, Irbit sh., Kirov ko‘ch., 172
Tel/faks (34355) 3-60-90
Ishlab chiqarish maydonchasining manzili 623856, Rossiya, Sverdlov viloyati, Irbit sh.,
Karl Marks ko‘ch., 124-a;
623856, Rossiya, Sverdlov viloyati, Irbit sh., Zavodskaya ko‘ch., 2
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.