Loperamida gidrohlorid kapsulalar 2mg №20
9 700 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Беларусь
Yoʻriqnoma: Loperamida gidrohlorid kapsulalar 2mg №20
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
LoperamidTa'sir etuvchi modda (XPN): loperamid
Dori shakli
kapsulalarTarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:faol modda: loperamid gidroxloridi - 2 mg;
yordamchi moddasi: laktoza (sut qandi) – 104,5 mg, makkajo‘xori kraxmali – 30 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) - 0,7 mg, talk – 1,4 mg, magniy stearati – 1,4 mg.
Kapsula qobig‘i tarkibi: qattiq jelatin kapsulalar (titan dioksidi, sariq xinolin bo‘yovchisi, sariq quyosh botishi bo‘yovchisi, jelatin).
Ta'rifi
№4 sariq rangli kapsulalar. Kapsula ichidagisi: oq rangli yoki oq sarg‘ish tusli kukun.Farmakoterapevtik guruhi
diareyaga qarshi vositalar.ATX kodi: A07DA03.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Loperamid ichak devorining opioid retseptorlari bilan bog‘lanib (xolin- va adrenergik neyronlarni guanin-nukleotidlari orqali rag‘batlantirilishi), ichakning silliq mushaklarining motorikasi va tonusini pasaytiradi (atsetilxolin va prostaglandinlarning ajralib chiqishini ingibirlanishi hisobiga). Peristalьtikani sekinlashtiradi va ichakning ichidagisini o‘tish vaqtini oshiradi. Anal sfinkterining tonusini oshiradi, axlat massasini tutib qolinishiga va defekatsiyaga qistovlar kamayishiga yordam beradi. Ta'siri tez boshlanadi va 4-6 soat davom etadi.Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida so‘rilishi 40% tashkil qiladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga kapsula qabul qilinganidan keyin 2,5 soat o‘tgach erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi (ko‘proq alьbuminlar bilan) – 97%. Gematoentsefalik to‘siqdan o‘tmaydi. Jigardan kon'yugatsiya yo‘li bilan amalda to‘liq metabolizmga uchraydi. Yarimchiqarilish davri – 9-14 soat (o‘rtacha 9,8 soat). Ko‘proq safro orqali, oz qismi buyrak orqali chiqariladi (kon'yugatsiyalangan metabolitlari ko‘rinishida).Qo‘llanilishi
Turli genezli o‘tkir va surunkali diareyani simtomatik davolash (allergik, emotsional, dorili, nurli; ovqatlanish tartibini va ovqatning tarkibini sifati o‘zgarganida, metabolizm va so‘rilish buzilganida; infektsion genezli diareyada yordamchi vosita sifatida). Ileostomali patsiyentlarda ich kelishini boshqarish.Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, chaynamasdan, suv bilan birga qabul qilinadi.Kattalarga o‘tkir diareyada dastlab 2 kapsula (4 mg) Loperamid buyuriladi, so‘ngra suyuq ahlat holida 1 kapsuladan (2 mg) har defekatsiyadan keyin yuqori sutkalik doza – 8 kapsula (16 mg).
Kattalarga surunkali diareyada sutkada 4 mg dan buyuriladi. Maksimal sutkalik doza - 16 mg.
6 yoshdan oshgan bolalarga o‘tkir diareyada boshlang‘ich doza 2 mg, so‘ngra suyuq ahlat holida 2 mg dan har defekatsiyadan keyin. Maksimal sutkalik doza – 4 kapsula (8 mg).
6 yoshdan oshgan bolalarga surunkali diareyada Loperamid 2 mg sutkalik dozada buyuriladi. Maksimal sutkalik doza – 6 mg 20 kg ga.
Ich kelishi normallashganidan keyin yoki ich kelishi 12 soatdan ko‘proq vaqtda bo‘lmasa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Odatda, faqat preparat uzoq vaqt qabul qilinganida kuzatiladi.
Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi), uyquchanlik, bosh aylanishi, gipovolemiya, elektrolit buzilishlar, og‘izni qurishi, ichak sanchig‘i, gastralgiya, qorin og‘rig‘i yoki diskomfort, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, meteorizm kuzatilishi mumkin.
Kam hollarda – siydikni tutilishi, juda kam hollarda – ichakni o‘tkazmasligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichakni o‘tkazmasligi, o‘tkir yarali kolit, divertikulez, o‘tkir soxtamembranoz enterokolit fonidagi diareya, dizenteriya va me'da-ichak yo‘llarining boshqa infektsiyalaria. Homidorlik (I uch oyligi), laktatsiya davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga (Loperamid kapsulalari 6 yoshgacha bolalarga buyurilmaydi).Ehtiyotkorlik bilan
Jigar yetishmovchiligi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Loperamid 2 sutka qo‘llanganidan keyin samara bo‘lmaganida tashxisni aniqlash va diareyaning infektsion genezini istisno qilish kerak.6 yoshdan kichik bolalarga kapsulalarda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Agarda davolayotganda qabziyat yoki qorinni dam bo‘lishi rivojlansa, Loperamid-Akri ni bekor qilish kerak. Jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda markaziy nerv tizimini toksik shikastlanishining belgilarini diqqat bilan nazorat qilish kerak. Diareyani davolash davrida suyuqlik va elektrolitlarning yo‘qotilishini to‘ldirish kerak.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli, diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishini belgilari (stupor, harakat koordinatsiyasini buzilishi, uyquchanlik, ko‘z qorachig‘ini torayishi (mioz), skelet mushaklarining tonusini oshishi, nafasni susayishi, ichakni o‘tkazmasligi.Davolash: spetsifik antidoti sifatida nalokson ishlatiladi. Loperamid ning ta'sir qilish vaqti naloksonga qaraganda ko‘proqligini hisobga olib, oxirgisini takror yuborish mumkin. Simptomatik davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish (preparat qabul qilinganidan keyingi birinchi 3 soatda), o‘pkaning sun'iy ventilyatsiyasi.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 2 mg. 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Yaroqlilik muddati
4 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
“Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov” Ochiq aktsiyadorlik jamiyati, Belorus' Respublikasi, Minsk vil., Borisov sh., Chapayev ko‘ch. 64,Tel/faks +375 (177) 735612, 731156.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.