Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Смектит диоктаэдрический
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
3,0 г
Производитель
Фармстандарт Леедства ОАО
Chiqarilish shakli
Ichishga mo‘ljallangan eritma tayyorlash uchun kukun
Neosmektin kukun 3gr №30 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Neosmektin®
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) dioktaedrik smektit
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun [vanilli, apelsinli, limonli, malinali].
Bir paketchaning tarkibi
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun [vanilli]
faol modda dioktaedrik smektit – 3 g
yordamchi moddalar dekstroza monogidrati (glyukoza monogidrati) – 0,749 g, natriy saxarinati (saxarin natriy) – 0,007 g, vanilin – 0,004 g;
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun [apelsinli]
faol modda dioktaedrik smektit – 3 g
yordamchi moddalar dekstroza monogidrati (glyukoza monogidrati) – 0,726 g, natriy saxarinati (saxarin natriy) – 0,007 g, vanilin – 0,004 g, apelsin xushbo‘yi – 0,023 g;
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun [limonli]
faol modda dioktaedrik smektit – 3 g
yordamchi moddalar dekstroza monogidrati (glyukoza monogidrati) – 0,726 g, natriy saxarinati (saxarin natriy) – 0,007 g, vanilin – 0,004 g, limon xushbo‘yi – 0,023 g;
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun [malinali]
faol modda dioktaedrik smektit – 3 g
yordamchi moddalar dekstroza monogidrati (glyukoza monogidrati) – 0,726 g, natriy saxarinati (saxarin natriy) – 0,007 g, vanilin – 0,004 g, malina xushbo‘yi – 0,023 g.
Ta'rifi
Sarg‘ish- yoki kulrangroq-oq rangdan to kulrangroq- yoki jigarrangroq-sariq rangli vanil hidli kukun.
Tayyorlangan suspenziyaning ta'rifi
-vanilli sarg‘ish- yoki kulrangroq-oq rangdan to kulrangroq- yoki jigarrangroq-sariq rangli vanil hidli suspenziya;
-apelsinli sarg‘ish- yoki kulrangroq-oq rangdan to kulrangroq- yoki jigarrangroq-sariq rangli apelsin-vanil hidli suspenziya;
-limonli sarg‘ish- yoki kulrangroq-oq rangdan to kulrangroq- yoki jigarrangroq-sariq rangli limon-vanil hidli suspenziya;
-malinali sarg‘ish- yoki kulrangroq-oq rangdan to kulrangroq- yoki jigarrangroq-sariq rangli malina-vanil hidli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
diareyaga qarshi vosita.
ATX kodi A07VS05
Farmakologik xususiyatlari
Tabiiy yo‘l bilan olinadigan preparat, adsorbtsiyalovchi ta'sirga ega.
Me'daning shilliq to‘sig‘ini barqarorlashtiradi, shilimshiqning glikoproteinlari bilan polivalent bog‘lar hosil qiladi, shilimshiqning miqdorini oshiradi, uning gastroprotektorlik xususiyatlarini (xlorid kislotasi, safro tuzlari, mikroorganizmlar va ularning toksinlarini salbiy ta'sirlariga nisbatan) yaxshilaydi.
Selektiv sorbtsion xususiyatlarga ega, bu uning diskoid-kristallik strukturasi bilan tushuntiriladi. Me'da-ichak yo‘llarining ichida bo‘lgan bakteriyalar va viruslarni adsorbtsiyalaydi. Terapevtik dozalarda ichakning motorikasiga bevosita ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Me'da-ichak yo‘llarida so‘rilmaydi, o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Diareya (allergik, dori genezli; ovqatlanish tartibini va ovqatning sifat tarkibini buzilishi).
Infektsion genezli diareya – majmuaviy davolash tarkibida.
Me'da va ichak kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni davolash (jig‘ildon qaynashi, qorinda og‘irlik, damlanish va diskomfort xis qilish).
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 paketchadan sutkada 3 marta. Paketcha ichidagisi 100 ml suvda, kukunni asta-sekin sepib va uni bir tekis aralashtirib eritiladi.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga paketcha ichidagisi 50 ml suyuqlikda eritiladi. 1 yoshgacha bo‘lganlarga – 1 sutkada 1 paketcha; 1 yoshdan 2 yoshgacha – sutkada 2 paketcha; 2 yoshdan oshgan bolalarga – sutkada 2-3 paketcha. Sutkalik doza kun davomida 3-4 marta qabul qilishga bo‘linadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qabziyat (odatda, ichakning faoliyati preparatning dozasi kamaytirilganida tiklanadi), allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi.
Ehtiyotkorlik bilan
Qandli diabet (preparatning tarkibida dekstroza bo‘lganligi tufayli).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qabul qilinayotgan dori vositalarining so‘rilish tezligi va darajasini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kichik bolalar uchun paketcha ichidagisi bolalar butilkchasida (50 ml) eritiladi va kun davomida bir necha marta qabul qilishga taqsimlanadi yoki qandaydir yarim suyuq mahsulot (bo‘tqa, pyure, kompot, bolalar ozuqasi) bilan aralashtiriladi.
Agarda 1 martalik doza 1 paketchadan kamroqni tashkil qilsa, tayyorlangan ishlatilmagan suspenziyani berk idishda, sovutgichda 2-8ºS xaroratda 16 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida saqlash kerak. Har bir qabul qilish oldidan suspenziyani yaxshilab chayqatish kerak.
Neosmektin® va boshqa dori vositalarini qabul qilish orasidagi interval 1-2 soatni tashkil qilishi kerak.
Neosmektinning bir paketchasi (3,76 g) 0,06 non birligini, kattalar uchun preparatning sutkalik dozasi (3 paketcha) – 0,19 non birligini saqlaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun [vanilli, apelsinli, limonli, malinali] 3 g.
3,76 g dan preparat (3 g faol modda) majmuaviy materialdan bo‘lgan issiqlik bilan kavsharlangan paketchalarda.
1, 3, 5, 10, 20 yoki 30 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga polietilen paket yoki karton qutida.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«Farmstandart-Leksredstva» OAJ, 305022, Rossiya, Kursk sh., 2-nchi Agregatnaya ko‘ch.,
1a/18 uy, tel/faks (4712) 34-03-13
www.pharmstd.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.