Laktofiltrum tab. №60
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Laktofiltrum tab. №60
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Laktofiltrum ®Ta’sir etuvchi moddalar (XPN): laktuloza, gidrolizli lignin
Dori shakli
tabletkalarTarkibi
bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: gidrolizli lignin (quruq moddaga qayta hisoblaganda) – 355 mg; laktuloza (100 % moddaga qayta hisoblaganda) – 120 mg;
yordamchi moddalar: natriy kroskarmellozasi, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza.
Tavsifi: oq-kulrang dog‘lari bo‘lgan to‘q-jigar rangli, ikki yoqlama qavariq kapsulasimon shaklli, riskali tabletkalar
Farmakoterapevtik guruhi
Diareyaga qarshi, ichakda yallig‘lanishga qarshi/mikroblarga qarshi preparatlar. Ichak adsorbentlari. Boshqa ichak adsorbentlari. Adsorbsiyalovchi ichak preparatlarining kombinatsiyasiATX kodi: A07BC30
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning farmakologik ta’siri tarkibiga kiruvchi faol komponentlar - lignin va laktulozaning xususiyatlari bilan bog‘liq.Gidrolizli lignin - yog‘och komponentlari gidrolizining mahsulotlaridan tashkil topgan tabiiy enterosorbent, yuqori sorbsiyalovchi (yutuvchi) faollikka va nospetsifik dezintoksikatsion ta’sirga ega. Ichakda patogen bakteriyalarni va bakterial toksinlarni, dori preparatlarini, og‘ir metall tuzlarini, alkogolni, allergenlarni, shuningdek modda almashinuvining ayrim ortiqcha mahsulotlarini, shu jumladan bilirubin, xolesterin, gistamin, serotonin, siydikchil, endogen toksikozning rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan boshqa metabolitlarni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi.
Toksik emas, so‘rilmaydi, 24 soat davomida ichakdan to‘liq chiqariladi.
Laktuloza – sintetik disaxarid bo‘lib, uning molekulasi galaktoza va fruktoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Laktuloza me’dada va ichakning yuqori bo‘limlarida so‘rilmaydi va gidrolizga uchramaydi. Tabletkadan yo‘g‘on ichakda substrat sifatida ajralib chiqqan laktuloza, bifidobakteriyalar va laktobatsillalar o‘sishini kuchaytirib, ichakning me’yoriy mikroflorasi tomonidan fermentga uchraydi. Laktulozaning yo‘g‘on ichakdagi gidrolizi natijasida, patogen mikroorganizmlarning o‘sishini susaytiruvchi va buning oqibatida azot saqlovchi toksik moddalarni hosil bo‘lishini kamaytiruvchi organik kislotalar – sut, sirka va chumoli kislotalari hosil bo‘ladi. Ta’riflangan jarayon yo‘g‘on ichak ichida osmotik bosimning oshishiga va peristaltikaning kuchayishiga olib keladi.
Preparatning majmuali ta’siri yo‘g‘on ichak mikrobiotsenozining me’yorlashuviga va endogen toksik holatlari jadalligining pasayishiga qaratilgan.
Preparatning bakterial vaginozni (qin disbiozini) majmuali davolashda qo‘llanilishi davolash samaradorligining oshishiga, shu jumladan, qinda laktobatsillalar sonining oshishiga, shuningdek shartli – patogen flora o‘sishining samarali bostirilishiga olib keladi.
Qo‘llanilishi
Ichak mikroflorasining buzilishlari (ichak disbakteriozi), shu jumladan antibiotikoterapiya natijasida; ta’sirlangan ichak sindromini, gepatitlar va jigar sirrozini, allergik kasalliklarni (atopik dermatit, eshakemi), bakterial vaginoz qin disbiozi) ni majmuali davolash uchun qo‘llaniladi.Qo‘llash usuli va dozalari
Ichish uchun, zarur bo‘lganda - ovqatdan va boshqa dori vositalarini qabul qilishdan bir soat oldin oldindan maydalab, suv bilan ichiladi.Ichak disbakteriozida:
– kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga - 2-3 tabletkadan kuniga 3 mahal,
– 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 1-2 tabletkadan kuniga 3 mahal,
– 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 1 tabletkadan kuniga 3 mahal,
– 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 1/2 tabletkadan kuniga 3 mahal buyuriladi.
Bakterial vaginozda (qin disbiozida):
2 tabletkadan kuniga 3 mahal.
Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi - 2-3 hafta.
Preparatning uzoq vaqt qo‘llanilishi va davolashning qayta kurslari faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.
Nojo‘ya ta’sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin, kam hollarda - meteorizm, diareya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni komponentlarni individual o‘zlashtira olmaslik, ichak tutilishi, oshqozon-ichakdan qon ketishlari, galaktozemiya, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayishida, ichak atoniyasi.Dorilarning o‘zaro ta’siri
Bir vaqtning o‘zida peroral qabul qilinayotgan ayrim dori preparatlarning davolovchi ta’siri pasayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni boshqa dori preparatlari bilan alohida qabul qilish qoidasiga rioya qilgan holda majmuali davolashda qo‘llash mumkin.Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanilishi.
Laktofiltrum® dori preparatining ayollar homiladorlik davrida qo‘llanilishi bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparatning homiladorlik davrida qo‘llanilishi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.
Laktofiltrum® preparatining emizish davrida qo‘llanilishi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshsarish sobiliyatiga ta’siri
Laktofiltrum® preparati transport vositalari va/yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Dozaning oshirib yuborilishi
Belgilari: qabziyat, qorinda og‘riqlar.
Davolash: preparat qabul qilishni to‘xtatish lozim.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar15 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma loklangan alyumin folgadan tayyorlangan kontur uyali o‘ramada.
15 tabletkadan bo‘lgan 2 yoki 4 ta kontur uyali o‘ramalar qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
Saqlash sharoitlari
Original o‘rama (qutida) 30 ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3-yil.Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
«AVVA RUS» AJ,Rossiya, Kirov vil., Kirov sh., Luganskaya k., 53A uy
Tel.: +7 (8332) 25-12-29, +7 (495) 956-75-54
Ro‘yxatga olish guvohnomasi berilgan yuridik shaxsning nomlanishi va manzili:
“AVVA RUS” AJ,
Rossiya, 121614, Moskva sh., Krilatskiye Xolmi ko‘ch., 30 uy, 9 korpus.
Tel./faks: +7 (495) 956-75-54
info@avva-rus.ru
avva-rus.ru
laktofiltrum.uz
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e’tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
MCHJ «AVVA VOSTOK» XK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Olmazor tumani, Miskin MFY, Bayroqtol ko‘chasi, 15 uy.
Tel.: +998 95 795 95 48
drug.safety@avva-rus.ru
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.