Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Siprofloksatsin tab. 250mg №10 MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ципрофлоксацин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
250 мг
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Siprofloksatsin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Siprofloksatsin (tsiprofloksatsin gidroxlorid monogidrati holida).
Dori shakli
Plenkali qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Xar bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda Siprofloksatsin gidroxlorid monogidrati 250 mg, 500 mg.
Yordamchi moddalar krospovidon, mikrokristallik sellyuloza, povidon (polivinilpirrolidon), stearin kislotasi, makkajo‘xori kraxmali, aerosil.
qobiq gipromelloza, titan dioksidi, makrogol.
Ta'rifi Silindrik, ikki tomoni qavariq shaklli, riskasiz, plenkali qobiq bilan qoplangan, oq yoki deyarli oq rangli, sindirilganda oq yoki oq sariq tusli rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).
ATX kodi J01MA02
Farmakologik xususiyatlari
Ftorxinolonlar guruhiga kiruvchi keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi preparat. Tinch holatidagi ham, ko‘payish xolatidagi ham mikroorganizmlarga bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi bakteriyalarning ko‘payish davridagi xromosomalarning segment despiralizatsiya va spiralizatsiya jarayonlarida katta ahamiyatga ega bo‘lgan DNK – giraza fermentining faolligini ingibitsiya qilishi bilan bog‘liq. Ko‘pchilik grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol ko‘kyiring, gemofil va ichak tayoqchalari, shigellalar, salmonellar, meningokokk, gonokokk, ko‘pchilik stafilokokk shtamlariga (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan, metitsillinrezistentlar), enterokokklarning ayrim turlari, shuningdek kampilobakter, legionellalar, xlamidiyalar va mikobakteriyalar. Beta-laktamazalarni ishlab chiqaruvchi organizmlarga nisbatan faol. Aminoglikozidlarga, penitsillinlarga, uchinchi avlod sefalosporinlariga, tetratsiklinlarga va boshqa antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi yuqori samarali vosita. Preparatga rezistentlik juda sekin hosil bo‘ladi (ko‘ppog‘onali tur). Preparatga rezistent mikroorganizmlar Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides, Streptococcus faecum, Treponema pallidum.
Farmakokinetikasi
Preparat me'da-ichak yo‘llaridan tez va yaxshi so‘riladi. Preparat qabul qilingan vaqtdan to uning qonda aniqlanishigacha bo‘lgan vaqt, odatda 30 minutdan kam. Qonda maksimal kontsentratsiyaga (Smax) erishish vaqti 1-1,5 soatni tashkil qiladi. Preparatning biokiraolishligi taxminan 70-80% ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 20-40% ni tashkil qiladi. A'zolar va to‘qimalarga oson kiradi, gematoentsefalik to‘siq orqali oson o‘tadi, qisman jigarda biotransformatsiyaga (15-30%) uchraydi yarimchiqarilish vaqti (T1/2) 3-5 soat. Buyraklarning faoliyati sezilarli darajada buzilganida bu ko‘rsatgich oshishi mumkin (hatto 12 soatgacha).
Asosan o‘zgarmagan holda buyraklar, shuningdek ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, obstruktiv litiaz, sistit, siydik yo‘llarining asoratli yoki qaytalanuvchi infektsiyalari, prostatit, epididimit), nafas yo‘llarining infektsiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infektsiyalangan plevrit, o‘pka abstsessi, infektsiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitning zo‘rayishi), teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (infektsiyalangan yaralar, jarohat infektsiyalari, abstsesslar, sellyulitlar, tashqi otitlar, infektsiyalangan kuyishlar), me'da-ichak yo‘llarining infektsiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo‘shlig‘i infektsiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘idagi abstsess, xolangit, xoletsistit, o‘t qopi empiyemasi), ko‘z, o‘rta quloq va qo‘shimcha bo‘shliqlar, suyaklar va bo‘g‘imlar, kichik chanoq a'zolarining infektsiyalari, gonoreya.
Immuniteti susaygan bemorlardagi infektsiyalarni oldini olish va davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Tabletkalarni och qoringa yoki ovqatdan so‘ng butunligicha, ozgina suyuqlik bilan yutish lozim. Doza infektsiyaning joylashishi va kechishining og‘irligi, shuningdek mikroorganizmning sezgirligiga qarab shaxsiy belgilanadi. Buyraklarning faoliyati o‘rtacha va yaqqol buzilgan bemorlarda dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinadi (ya'ni kreatinin klirensi (KK) 20 ml/min dan kam bo‘lganida, sutkada 2 marta buyurilganida bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% tashkil qilishi kerak, yoki odatdagi bir martalik doza sutkada bir marta yuboriladi). Keksa bemorlar uchun dozani kamaytirish kerak (odatda 1/3 ga).
Buyraklar va siydik chiqish yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalarida 0,25-0,5 g dan sutkada 2 marta buyuriladi; asoratlanganda-500-750 mg da sutkada ikki marta, davolash kursi 7-10 kun. Asoratlanmagan gonoreyada 0,25-0,5 g bir marta; gonoreya infektsiyasi xlamidiya va mikoplazma bilan birga qo‘shilganida 0,75 g dan har 12 soatda 7-9 kun davomida. Burun-xalqumda meningokokk tashuvchilikda bir marta 0,5 g yoki 0,75 g buyuriladi. Salmonellarni surunkali tashuvchilikda 0,25 g dan sutkada 4 marta buyuriladi. Pnevmoniyada, osteomiyelitda 0,75 g dan sutkada 2 marta 7-14 kun davomida buyuriladi. Staphylococcus aureus chaqirgan me'da-ichak yo‘llarining infektsiyalarida 0,75 g dan har 12 soatda 7-28 kun davomida buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari va jigar tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishining buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit.
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, qaltirash, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, koordinatsiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik xolati, depressiya, gallyutsinatsiyalar, daxshatli tushlar ko‘rish (bu reaktsiyalar preparatni bekor qilishni talab qiladi).
Teri tomonidan qichima, eshakemi, fotosensibilizatsiya, qizarish.
Yurak-tomir tizimi tomonidan taxikardiya, xushdan ketish, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, serebral tomirlar trombozlari.
Qon va uning komponentlari tomonidan eozinofiliya, leykopeniya, leykotsitoz, kamqonlik, gemolitik kamqonlik, trombotsitopeniya, trombotsitoz.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, gematuriya, xatto tranzitor buyrak yetishmovchiligining rivojlanishigacha bo‘lgan faoliyatini buzilishi.
Sezgi a'zolari tomonidan ta'm va hid sezishni buzilishi, ko‘rishning buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarda shovqin, vaqtinchalik quloq og‘irligi (ayniqsa baland tovushlarga).
Allergik va immunopatologik reaktsiyalar teri toshmalari, dorilar ta'siridagi isitma, kam – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya, kamdan-kam hollarda anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layel sindromi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Siprofloksatsinga yoki xar qanday boshqa xinolon preparatlariga yuqori sezuvchanlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yoshlarda tog‘aylarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin), keksalik yoshi, homiladorlik va emizish davri.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda buyurilganida ftorxinolonlardan tashqari, boshqa antibiotiklar va antibakterial vositalarning ta'sirini susayishi aniqlanmagan. Bir vaqtda temir preparatlari, sukralfat tarkibida alyuminiy, magniy yoki kaltsiy gidroksidini saqlovchi antatsidlarni qabul qilish preparatning so‘rilishini pasayishini chaqiradi, shuning uchun bu preparatlarni buyurish orasidagi vaqt 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Teofillin bilan bir vaqtda qabul qilish uning nojo‘ya ta'sirini kuchaytiradi, bu teofilinning dozasini kamaytirishni talab qilishi mumkin. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida varfarinning ta'siri kuchayadi. Probenetsid bilan birga buyurilganida preparatning ta'siri kuchayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miya qon aylanishining buzilishlari, tutqanog‘i, anamnezida tirishish hurujlari, jigar va buyraklarningfaoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan bemorlarga (faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha), keksa yoshli patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Davolanish davrida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari lozim. Preparat reaktsiyalar tezligini pasayishini chaqirishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqt qo‘llanganida), buni kasbi diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab qiladigan shaxslar (masalan, transport haydovchilari) hisobga olishlari kerak. Og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya holida soxtamembranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak, u preparatni darxol bekor qilishni va muvofiq davolashni buyurishni talab qiladi. Preparat bilan davolanish davrida ayrim laboratoriya ko‘rsatgichlari o‘zgarishi mumkin siydikda cho‘kma paydo bo‘lishi, qon zardobida kreatinin, mochevina, bilirubin, jigar transaminazalarining kontsentratsiyasini vaqtincha oshishi; ayrim hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Chiqarilish shakli
10 dan tabletkalar blisterlarda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylashgan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
«MERRYMED FARM» MChJ QK
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFY, Sherbuloq ko’chasi. Tel (0369) 224-67-22
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.