Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Migtera 5, tab. №6
Migtera 5, tab. №6
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Золмитриптан
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
5 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Migtera®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) zolmitriptan
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
faol modda zolmitriptan 2,5 mg yoki 5 mg;
yordamchi moddalar laktoza angidridi, mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati;
qobiq 2,5 mg li tabletkalar uchun – Opadru OY-S-32924 Yellow (gipromelloza, titan dioksidi, propilglikol, gidroksipropiltsellyuloza, polisorbat, xinolin sarig‘i, alyumin laki, vanilin, sorbin kislotasi); 5 mg li tabletkalar uchun - Opadre 20A24556 Pink (gipromelloza, gidroksipropiltsellyuloza, titan dioksidi, temir (III) oksidi, temir (II) oksidi, “SY”, sariq bo‘yovchisi, indigo-karmin laki).
Ta'rifi
2,5 mg li tabletkalar – sariq rangli, oval shaklidagi, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida riskasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
5 mg li tabletkalar – pushti rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida riskasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Migrenga qarshi faollikga ega bo‘lgan preparat.
ATX kodi N02CE03
Farmakologik xususiyatlari
5NT1-retseptorlarning selektiv agonisti bo‘lgan, migrenga qarshi preparat.
5NT1V/1D-retseptorlarga yuqori yaqinlikka va 5NT1A-retseptorlariga o‘rtacha yaqinlikka ega. Zolmitriptan 5NT2-, 5NT3, 5NT4 – retseptorlariga, ά1-, ά2-, β1-adrenoretseptorlariga, N1-, N2-gistamin retseptorlariga, muskarin retseptorlariga, 1 va 2 tipdagi dofamin retseptorlariga nisbatan sezilarli farmakologik faollikni namoyon etmaydi. Qon tomirlari va miyaning qattiq qobig‘i qon-tomirlari uch shoxli nervning afferent tolalari tomonidan innervatsiya qilinadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda zollitriptanni yuborilishi, uning qon tomirlardagi 5NT1B/1D-retseptorlariga agonistik xususiyatlari tufayli kaltsiotinin geni, vazofaol intestinal peptid va R substantsiyasi bilan bog‘liq peptidni ajralib chiqishini susaytirilishi bilan assotsiyalangan vazokontruktsiyani keltirib chiqaradi. Qon tomirlarni torayishi va neyropeptidlar ajralib chiqishini ingibitsiya qilinishi migren xurujida ahvolni yaxshilanishiga, xususan preparat qabul qilingandan so‘ng kamida 1 soatdan keyin og‘riq jadalligini kamayishi va migren bilan bog‘liq bo‘lgan, ko‘ngil aynishi, qusish, fotofobiya va fonofobiyani kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinadi.
Periferik ta'siriga qo‘shimcha ravishda, zolmitriptan, migren xurujlarini rivojlanishi mexanizmida o‘rin tutuvchi bosh miya ustunining yadrolariga ta'sir ko‘rsatishi xususiyatiga ega, bu bir patsiyentda migrenning bir necha xurujlarini davolashda preparatni takror qo‘llanilishi samarani barqaror anglatadi. Migren xurujida asosiy effektor neyromediator bo‘lgan vazoaktiv peptidni ajralibchiqishi orqali bosh miya qon tomirlarning parasimpatik intervatsiyasi va uch shoxli nerv ortodrom tolalari tomonidan quvvatlab turiluvchi reflektor qo‘zg‘alishni faollashuvi yordamida vazodilyatatsiya kuzatiladi. Zolmitriptan ushbu reflektor qo‘zg‘alishni va vazoaktiv intestinal peptidni ajralib chiqishini bloklaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan keyin migtera tez va yaxshi (kamida 64%) so‘riladi.
Smax ning 75% ga 1 soat davomida erishiladi; plazmada aniqlanadigan kontsentratsiyasi keyingi 4-6 soat davomida saqlanib qoladi. Preparatni so‘rilishi ovqat qabul qilishga bog‘liq emas.
Bir martalik doza qabul qilinganda zolmitriptan va uning faol metaboliti 2,5 mg dan 50 mg gacha bo‘lgan dozagacha proportsional bog‘liq bo‘lgan AUC va Smax ko‘rsatkichlarini namoyon etadi.
O‘rtacha mutloq biokiraolishligi – taxminan 40% ni tashkil etadi.
Ko‘p marta qabul qilinganda preparat kumulyatsiyasi kuzatilmagan.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past (taxminan 25%).
3 ta asosiy metabolitini indolsirka kislotasi (plazma va siydikdagi asosiy metabolit), N-oksid va N-desmetil analoglar hosil bo‘lishi bilan jigarda metabolizmga uchraydi. N-desmetillangan metabolit (183S91) faol hisoblanadi, boshqa ikkita metaoliti faol emas. N-desmetillangan metabolit (183S91) zolmitriptanga nisbatan, 5NT1D-retseptorlarning agonisti sifatida 2-6 marta kuchliroq faollikga ega (hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar natijasiga asoslanib). N-desmitil-metabolitning (183S91) plazmadagi kontsentratsiyasi zolmitriptanning kontsentratsiyasini taxminan yarimini tashkil etadi, demak bu metabolit Zolmitriptanning davolovchi ta'siriga o‘z hissasini qo‘shadi deb taxmin qilish mumkin.
Bir martalik peroral doza ko‘rinishida qabul qilingan preparatning 60% dan ortig‘i siydik bilan (asosan indol-sirka metaboliti ko‘rinishida) chiqarib yuboriladi va taxminan 30% asosan o‘zgarmagan holda ahlat bilan chiqariladi.
Zolmitriptaning o‘rtacha T1/2 4,7 soat. Uning metabolitlarini T1/2 ko‘rsatkichi ular hosil bo‘lgani sayin, ularning ham taxminan xuddi shunday qiymatiga ega bo‘ladi.
O‘rtacha va og‘ir og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda zolmitriptan va uning metabolitlarini klirensi sog‘lom ko‘ngillilarnikiga qaraganda 7-8 marta past, biroq zolmitriptan va faol metabolitning AUC ko‘rsatkichi bir oz oshadi (muvofiq ravishda 16% va 35% ga), T1/2 esa 1 soatga (3-3,5 soatgacha) uzayadi.
Turli og‘irlik darajasidagi jigar kasalliklarida zolmitriptanning farmakokinetikasini baholaganda sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan, jigar funktsiyasini o‘rtacha og‘irlikdagi buzilishlari AUC ni 94% ga va Cmax ni 50% ga ortishi va og‘ir jigar yetishmovchiligida esa muvofiq ravishda 226% va 47% ga ortishi ko‘rsatilgan. Jigar kasalliklarida metabolitlarni (shu jumladan faol metabolitni) hosil bo‘lishi kamayadi. 183S91 metaboliti uchun jigar funktsiyasini o‘rtacha og‘irlikdagi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar guruhida AUC va Cmax ko‘rsatkichi 33% va 44% ga va jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda 82% va 90% ga kamayadi.
Jigar funktsiyasini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan patsiyentlar guruhida zolmitriptanning T1/2 7,3 soatni, jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda esa, 12 soatni tashkil etadi.
Metabolitlarning T1/2 ko‘rsatkichiga muvofiq ravishda 5,7 s, 7,5 s va 78 s ni tashkil etdi.
Ergotamin bilan farmakokinetik o‘zaro ta'siri kuzatilmagan.
Sog‘lom keksa yoshdagi odamlardagi zolmitriptan farmakokinetikasi sog‘lom yosh odamlarning farmakokinetikasiga o‘xshash.
Zolmitriptanni ergotamin/kofein bilan bir vaqtda yuborish yaxshi o‘zlashtirilgan va noxush reaktsiyalarning tez-tezligini oshishiga va faqat zolmitriptanni yuborilganiga nisbatan, arterial bosimni o‘zgarishlariga olib kelmagan.
Selegilin (V tipidagi MAO ingibitori) va fluoksetin (serotoninni qayta qamrab olishining selektiv ingibitori) zolmitriptanning farmakokinetik parametrlariga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
-aura va aurasiz kechuvchi migren xurujlarini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Migren xurujlarini bartaraf etish uchun tavsiya qilingan doza – 2,5 mg.
Agar simptomlar saqlanib qolsa yoki 24 soat ichida yana paydo bo‘lsa, preparatning takroriy dozasini qabul qilish talab etilishi mumkin. Bunda takroriy dozani birinchi doza qabul qilingandan keyin 2 soat davomida qabul qilinmasligi kerak. Agar uni 2,5 mg dozada qabul qilingandan keyin davolovchi samaraga erishilmasa, keyingi migren xurujlarini bartaraf etish uchun preparatni 5 mg dozada qo‘llash mumkin.
Klinik ahamiyatni samara Migtera qabul qilinganidan keyin 1 soat ichida namoyon bo‘ladi.
Preparatning samaradorligi, tabletka xuruj boshlangandan so‘ng qancha vaqtdan keyin qabul qilinganiga bog‘liq emas, biroq preparatni migrenoz bosh og‘riqlari boshlangan vaqtdan boshlab iloji boricha ertaroq qabul qilish tavsiya etiladi.
Migrenning takroriy xurujlari yuz berganida, 24 soat davomida qabul qilingan Migteraning umumiy dozasi 10 mg dan oshmasligi kerak.
Jigar funktsiyasini yengilsh va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlarida 24 soat davomida qabul qilinadigan preparatning tavsiya qilinadigan maksimal dozasi 5 mg ni tashkil etadi.
Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga preparatning dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan tez-tez – sezuvchanlikni buzilishlari, asteniya, bosh aylanishi, qo‘l-oyoqlarda og‘irlik va qotib qolish hissi, halqumda, bo‘ynida va ko‘krak sohasida siqilish (EKG da ishemik o‘zgarishlar bilan kechmaydi), parasteziyalar, uyquchanlik, isib ketish hissi; kam hollarda – bosh og‘rishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez - ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi; juda kam hollarda – qorinda og‘riq, gemorragik diareya, ishemik kolit, taloq infarkti, ichak ishemiyasi yoki infarkti.
Suyak-mushak tizimi tomonidan tez-tez - mialgiya, mushak kuchsizligi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan kam hollarda – taxikardiya, yurakni urib ketishi; juda kam hollarda – stenokardiya, koronar tomirlarini spazmi, miokard infarkti, tranzitor arterial gipertenziya (juda kam hollarda klinik axamiyatli simptomlar bilan kechadigan).
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan juda kam hollarda – poliuriya, tez-tez siyish.
Allergik reaktsiyalar kam hollarda – anafilaktik reaktsiyalar, angionevrotik shish, eshakemi.
Migtera odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Noxush reaktsiyalar yengil yoki o‘rtacha darajada namoyon bo‘ladi, tranzitor xarakterga ega va davolashsiz o‘zi mustaqil o‘tib ketadi. Yuz berigi mumkin bo‘lgan noxush reaktsiyalar ko‘pincha preparat qabul qilingandan so‘ng 4 soatdan keyin paydo bo‘ladi va takroriy dozalar qabul qilingani sayin tezlashmaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
-nazorat qilibbo‘lmaydigan arterial gipertenziya;
-yurak ishemiya kasalligi (YuIK);
-angiospastik stenokardiya (Printsmetal stenokardiyasi);
-miyada qon aylanishini buzilishlari va anamnezida tranzitor ishemik xurujlar;
-ergotamin yoki uning hosilalari yoki 5NT1v/1D serotonin retseptorlarining boshqa agonistlari bilan birga qo‘llash;
-WPW sindromi yoki impuls o‘tkazishning boshqa qo‘shimcha yo‘llari bilan assotsiatsiyalangan aritmiyalar;
-Preparatning komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Preparat keksa yoshdagi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi (65 yoshdan oshgan yoshdagi shaxslarda Migterani qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan).
Homiladorlik va emiziklik davri
Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash yuzasidan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Migterani homiladorlikda, faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan xolatlardagina qo‘llash mumkin.
Laborator hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda zolmitriptanning teratogen ta'siri aniqlanmagan.
extiyotlik bilan xal qilish kerak.
Esperimental tadqiqotlarda zolmitriptanni laktatsiya davridagi hayvonlar suti bilan ajralishi aniqlangan. Zolmitriptanni odamlarda ko‘krak suti bilan ajralishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Migrenni oldini olish uchun qo‘llaniladigan preparatlarni (beta-adrenoblokatorlar, digidroergotamin, pizotifen) birgalikda qabul qilish Migteraning samaradorligi yoki noxush samaralariga biron-bir ta'sirini tasdiqlovchi ma'lumotlar yo‘q.
Preparatning farmakokinetik parametrlari va o‘zlashtira olishi paratsetamol, metoklopramid va ergotamin bilan birga qo‘llanilganda o‘zgarmagan.
Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida Migtera va ergotamin orasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sir yo‘qligi ko‘rsatilgan, biroq koronar arteriyalarning vazospazmini rivojlanishi xavfi nazorat jihatdan ortishi mumkin. Shu boisdan, ergotamin saqlovchi preparatlarni bekor qilish va Migterani buyurish o‘rtasidagi intervalga (kamida 24 soat) amal qilish tavsiya etiladi. Migtera bekor qilingandan so‘ng ergotamin saqlovchi preparatlarni kamida 6 soatdan keyin buyurish kerak.
Preparat qabul qilingandan keyin 12 soat davomida 5NT1v/1D – serotonin retseptorlarining boshqa agonistlarini yondosh qabul qilish istisno qilinishi lozim.
Moklobemid (MAO ning A tip ingibitori) yuborilgandan keyin zolmitriptanning AUC ko‘rsatkichini biroz oshishi (26% ga) va uning faol metabolitining AUC ko‘rsatkichini uch barobar oshishi aniqlangan. Shuning uchun MAO ning A tipidagi ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlar uchun 24 soat davomida qabul qilingan preparatning maksimal tavsiya etiladigan dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak.
Simetidin (tsitoxrom R450 fermentlarining ingibitori) qabul qilgandan keyin zolmitriptanning T1/2 ni 44% ga va AUC ko‘rsatkichini 48% ga oshishi aniqlangan.
Faol N-demetillangan metabolitning T1/2 va AUC ko‘rsatkichlari ikki barobar ortgan, shuning uchun, simetidin qabul qilayotgan patsiyentlar uchun Migtera prepratining 24 soat davomida qabul qilinadigan maksimal tavsiya etiladigan dozasi 5 mg ni tashkil etadi.
Zolmitriptanning o‘zaro ta'siri umumiy profiliga asoslanib, uning CYP1A2 izofermenti ingibitorlari bilan o‘zaro ta'sirini istisno qilib bo‘lmaydi. Demak, shu tipidagi preparatlar (fluvoksamin va xinolon qatori antibiotiklari) ni birga qo‘llanganda, 24 soat davomida qabul qilinadigan preparatning umumiy dozasini 5 mg gacha kamaytirish kerak.
Rifampitsin yuborilgandan keyin zolmitriptan yoki uning faol metabolitlarining farmakokinetikasida klinik axamiyatli o‘zgarishlar kuzatilmagan.
Birga qo‘llanganda dalachoy (Hypericum perforatum) preparatlari bilan o‘zaro ta'sirini yuz berishi extimoli mavjud bo‘lgan va bu, noxush samaralarni yuz berishi xavfini (boshqa 5NT1v/1D serotoninli retseptorlarining agonistlari qo‘llanilganida bo‘lgani kabi) oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Migtera migren xurujlarini oldini olish uchun mo‘ljallanmagan.
Preparat aura va aurasiz kechuvchi migrenda va hayz ko‘rish bilan assotsiatsiyalangan migrenda yuqori samaraga ega. Preparatning samaradorligiga patsiyentning jinsi va yoshi, xurujni davomiyligi, preparatni qabul qilishdan oldin kuzatiladigan ko‘ngil aynishi va migren xurujlarini oldini olish uchun ishlatiladigan oddiy preparatlarni qabul qilish ta'sir etmaydi.
Preparatni faqat tashxis aniq qo‘yilganda qo‘llash kerak. Preparatni qo‘llashdan oldin bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa jiddiy nevrologik xolatlarni istisno qilish kerak.
Xozirgi paytda Migterani gemplegik yoki bazilyar migrenda qo‘llanganini to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Migreni bo‘lgan patsiyentlarda miyada qon aylanishini buzilishlarni rivojlanish xavfi oshishi mumkin. 5NT1v/1D – serotonin retseptorlarining agonistlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda gemorragik insult, subaraxnoidal insult, ishemik insult va miyada boshqa qon aylanishi buzilishlari aniqlangan.
Ushbu sinf preparatlarini (5NT1v/1D – serotonin retseptorlarning agonistlari) qo‘llanganda juda kam holatlarda koronar qon tomirlarini spazmi, stenokardiya yoki miokard infarkti kuzatilgan. Yurak ishemik kasalligini rivojlanish xavfi yuqori darajada bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qo‘llashdan oldin yurak-qon tomir tizimining holatini tekshiruvini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Anamnezida yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lmagan patsiyentlarda juda kam hollardja jiddiy yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishi mumkin.
Preparat qo‘llanganda (boshqa 5NT1v/1D – serotonin retseptorlarining agonistlari qo‘llanganida bo‘lgani kabi) yurak sohasida atipik hissiyotlar to‘g‘risida xabar berilgan. Ko‘krakda og‘riqlar yoki yurak ishemik kasalligining simptomlari paydo bo‘lganda, zolmitriptanni qabul qilishni, tegshli tibbiy tekshirishlar o‘tkazilguncha, to‘xtatish kerak.
Anamnezida arterial gipertenziya borligidan qat'iy nazar, Migtera AB ni yengil tranzitor oshishini (boshqa 5NT1v/1D – serotonin retseptorlarining agonistlari bilan bo‘lgani kabi) chaqirishi mumkin; juda kam xollarda AB ni bunday oshishi klinik jihatdan yaqqol namoyon bo‘lgan.
Migtera qo‘llanganda (5NT1v/1D – serotonin retseptorlarining boshqa agonistlari qo‘llanganda bo‘lgani kabi) kam holatlarda anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar kuzatilgan.
Migrenga qarshi preparatlarni xaddan tashqari ko‘p qo‘llash bosh og‘rig‘ini rivojlanish tez-tezligini oshishiga olib kelishi mumkin va bu davolashni potentsial bekor qilishni talab etadi.
Pediatriyada qo‘llanilishi
Migterani bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Preparatni 20 mg gacha dozada qabul qilinganda psixomotor testlarni bajarishda axamiyatli darajada yomonlashishlar kuzatilmagan.
Preparatni qo‘llash patsiyentning potentsial xavfli faoliyat turlari bilan mashg‘ul bo‘lishi yomonlashuviga olib kelishi extimolidan uzoq, lekin patsiyentni uyquchanlik rivojlanishi extimoli to‘g‘risida ogoxlantirish kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmaslik kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari preparatni bir martalik 50 mg dozada ichga qabul qilinganda odatda sedativ samara kuzatilgan.
Davolash patsiyentning holatini nazorat qilish kamida 15 soat (zolmitriptanning T1/2 ko‘rsatkichi – 2,5-3 soat) yoki dozani oshirib yuborilishi simptomlari saqlanguncha davom etishi kerak. Spetsifik antidoti yo‘q. O‘ta rivojlangan zaxarlanishda jadal davolash usullarini qo‘llash tavsiya qilinadi, shu jumladan o‘pkani sun'iy ventillyatsiya, shuningdek yurak-qon tomiri tizimi funktsiyasini nazorat qilish va bir maromda quvvatlab turish. Gemodializ va peritonial dializ zolmitriptanning zardobdagi kontsentratsiyasiga qanday samara berishi noma'lum.
Chiqarilish shakli
“Migtera® 2,5” qobiq bilan qoplangan tabletkalar 2,5 mg dan №3 va №6.
“Migtera® 5” qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg dan №3 va №6.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
MCHJ "NOBEL PHARMSANOAT" CHEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘ch., 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.