Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ambroksol- Vishfa sirop 15 mg/ 5 ml 100 ml
Ambroksol- Vishfa sirop 15 mg/ 5 ml 100 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амброксол гидрохлорид
Страна производитель
Украина
Дозировка
100 мл
Производитель
ООО "ДКБ" Фарамцевтическая фабрика
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Ambroksol-Vishfa
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ambroksol gidroxloridi
Dori shakli
sirop
Tarkibi
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol modda ambroksol gidroxloridi - 15 mg;
yordamchi moddalar propilenglikol, metilparagidroksibenzoat (E218), propilparagidroksibenzoat (E216), 96% li etanol, sorbit (E420), “Qulupnay xushbo‘yi” aromatizatori (E124 saqlaydi), tozalangan suv.
Ta'rifi pushti rangli, o‘ziga xos hidli, shirin ta'mli tiniq siropsimon suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
. Yo‘tal va shamollash kasalliklarida qo‘llanadigan vositalar. Mukolitik vositalar.
ATX kodi R05CV06.
Farmakologik xususiyatlari
Ta'sir etuvchi modda – ambroksol gidroxloridi – nafas yo‘llari bezlari sekretsiyasini oshiradi. Ambroksol o‘pkada surfaktant ajralishini kuchaytiradi va siliar faollikni rag‘batlantiradi, buning oqibatida shilimshiq ajralishi va chiqarilishi yaxshilanadi (mukotsiliar klirens). Suyuqlik sekretsiyasi faollashuvi va mukotsiliar klirensning oshishi shilimshiq chiqarilishini yaxshilaydi va yo‘talni kamaytiradi.
Ambroksol gidroxloridining natriy kanallarini bloklovchi xususiyati bilan tushuntiriladigan mahalliy og‘riqsizlantiruvchi samarasi quyon ko‘zi modelida kuzatilgan. In vitro sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ambroksol gidroxloridi neyronli natriy kanallarini bloklaydi; bog‘lanishi qaytar va kontsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lgan.
In vivo sharoitidagi tajribalarda ambroksol gidroxloridi qondan sitokinlar ajralishi va mononuklear hamda polimorfnuklear hujayralarning to‘qimalarda bog‘lanishini ahamiyatli kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Ambroksol gidroxloridining so‘rilishi tez va yetarlicha to‘liq, terapevtik diapazonda chiziqli bog‘liqlikka ega. Qon plazmasidagi maksimal darajasiga tez ajraluvchi dori shaklini peroral qabul qilinganda 1-2,5 soatda erishiladi.
Peroral qabul qilinganda ambroksol gidroxloridining qondan to‘qimalarga taqsimlanishi faol moddaning o‘pkalarda eng yuqori kontsentratsiyasi bilan tez va keskin ifodalangan. Peroral qabul qilinganda taqsimlanish hajmi 552 l deb aniqlangan. Qon plazmasida terapevtik diapazonda preparatning taxminan 90% oqsillar bilan bog‘lanadi.
Peroral qabul qilingandan keyin dozaning taxminan 30% tizim oldi metabolizmi orqali chiqariladi.
Ambroksol gidroxloridi, ba'zi metabolitlaridan tashqari, asosan (taxminan 10%) jigarda glyukuronizatsiya va dibromantranil kislotasiga parchalanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi.
Peroral 3 kun qabul qilinganida dozaning taxminan 6% erkin shaklda, ayni vaqtda taxminan 26% – kon'yugatsiya bo‘lgan shaklda siydikda bo‘ladi.
Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 10 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi umumiy klirensning 8% ini tashkil qiladigan jigar klirensi bilan660 ml/min o‘rtasida bo‘ladi.
Jigar funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda ambroksol gidroxloridining chiqarilishini kamayishi uning qon plazmasidagi darjasini 1,3-2 baravar yuqori bo‘lishini ta'minlaydi.
Ambroksol gidroxloridining terapevtik diapazoni yetarlicha keng bo‘lganligi tufayli dozani o‘zgartirish shart emas.
Patsiyentning yoshi va jinsi ambroksol gidroxloridining farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta'sir qilmaydi, shu sababli dozaga tuzatish kiritish kerak emas.
Ovqat iste'mol qilish ambroksol gidroxloridining biokiraolishligiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
Bronxlar sekretsiyasini buzilishi va shilimshiqning chiqarilishini susayishi bilan bog‘liq o‘tkir va surunkali bronxopulmonal kasalliklarda sekretolitik davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar boshqacha tayinlanmagan bo‘lsa,preparatning tavsiya etilgan dozasi quyidagicha
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml dan sutkada 2 marta (sutkada 15 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent);
2 dan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2,5 ml dan sutkada 3 marta (sutkada 22,5 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent);
6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 10 ml dan sutkada 3 marta (sutkada 30-45 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent);
kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga dastlabki 2-3 kunda 10 ml dan sutkada 3 marta (sutkada 90 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent), keyin – 10 ml dan 2 marta (sutkada 60 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent).
Zarur bo‘lganda kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga terapevtik samara dozalari 20 ml dan sutkada 2 marta oshirilishi bilan kuchaytirilishi mumkin (sutkada 120 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent).
Preparatni ovqat iste'mol qilishga bog‘liq bo‘lmagan holda qabul qilish mumkin. Umuman qo‘llash davomiyligi bo‘yicha cheklovlar yo‘q, lekin davomli davolashni tibbiy kuzatuv ostida olib borish lozim.
Ambroksol-JFF, 15 mg/5ml li siropni shifokor maslahatisiz 4-5 kundan uzoq vaqt qo‘llamaslik kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlarning tez-tezligini baholash uchun quyidagi tasnif qo‘llanilgan
juda tez-tez ≥1/10;
tez-tez ≥1/100-≥1/10;
tez-tez emas ≥1/1000-≥1/100;
kam hollarda ≥1/10000-≥1/1000;
juda kam hollarda <10000;
noma'lum mavjud ma'lumotlar asosida aniqlashning imkoni yo‘q.
Immun tizim, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan
kam hollarda – teri toshmasi, eshakemi;
noma'lum – eritema, angionevrotik shish, qichishish, anafilaktik reaktsiyalar (jumladan anafilaktik shok), boshqa o‘ta yuqori gipersezuvchanlik reaktsiyalari; terining og‘ir shikastlanishlari Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi);
Nerv tizimi tomonidan
tez-tez – disgevziya (ta'm sezishning buzilishi);
Me'da-ichak tomonidan
tez-tez – ko‘ngil aynashi, og‘izda sezuvchanlikning pasayishi;
tez-tez emas – qusish, diareya, dispepsiya, qorinda og‘riq, og‘iz qurishi;
juda kam hollarda – qabziyat, so‘lak oqishi;
noma'lum – tomoq qurishi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan
tez-tez – xalqumda sezuvchanlikning pasayishi;
juda kam hollarda – rinoreya;
noma'lum – dipnoe, (o‘ta yuqorisezuvchanlik reaktsiyalari simptomlari kabi).
Siydik chiqarish tizimi tomonidan
juda kam hollarda – dizuriya.
Umumiy buzilishlar
tez-tez emas – isitma, shilliq qavatlar tomonidan reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ambroksol gidroxloridi yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatning yordamchi moddalari bilan nomutanosibligi mavjud bo‘lgani tufayli kam uchraydigan nasliy holatlarda preparatni qo‘llash mumkin emas (“Maxsus ogohlantirishlar” bo‘limiga qarang).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dori vositasini yo‘talga qarshi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash yo‘tal refleksi susayishi tufayli shilliqning haddan tashqari ko‘p yig‘ilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday majmua shifokor tomonidan kutilayotgan samara va mumkin bo‘lgan xavf nisbati baholangandan keyin mumkin bo‘ladi. .
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llashda zarur xavfsizlik choralari
Teri shikastlanishi haqida faqatgina bir necha xabarlar kelib tushgan Stivens-Djonson va Layell sindromlari ambroksol qabul qilish vaqti bilan mos kelgan. Ko‘pincha ularni asosiy kasallik kechishining og‘irligi va/yoki boshqa preparat bilan bir vaqtda qo‘llash bilan tushuntirish mumkin. Shuning uchun teri yoki shilliq qavatlarning yangi shikastlanishlari paydo bo‘lganda darhol tibbiy yordamga murojaat qilish va ambroksol gidroxloridi bilan davolashni to‘xtatish zarur.
Shuningdek Stivens-Djonson va Layell sindromlarining boshlang‘ich bosqichlari patsiyentlarda nospetsifik, isitma, tanani zirqirashi, rinit, yo‘tal va tomoqda og‘riq kabi gripp simptomlarining boshlanish belgilariga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Bunday nospetsifik, gripp simptomlarini boshlanish belgilariga o‘xshash bo‘lganda yo‘tal va shamollashga qarshi preparatlar bilan noto‘g‘ri simtomatik davo olib borilishi mumkin.
Bronxlar motorikasi buzilganda va shilimshiq sekretsiyasi kuchayganda (masalan, birlamchi siliar diskineziya kabi kam uchraydigan kasalliklarda) Ambroksol-JFF, siropini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur, chunki ambroksol shilimshiq sekretsiyasini kuchaytirishi mumkin.
Buyrak funktsiyasi buzilgan yoki og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar preparatni faqat shifokor maslahatidan keyin qabul qilishlari kerak. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar ambroksol va jigarda metabolizmga uchraydigan, keyin esa buyrak orqali chiqariladigan boshqa ta'sir etuvchi moddalarni qabul qilganda jigarda hosil bo‘ladigan metabolitlarning to‘planishi sodir bo‘ladi.
Preparatning har bir tavsiya etilgan maksimal sutkalik dozasida (30 ml) 10,5 g sorbit saqlanadi. Kam uchraydigan fruktozani nasliy o‘zlashtira olmaydigan patsiyentlar ushbu preparatni qabul qilishlari mumkin emas. Preparat shuningdek surgi samarasiga ega.
Preparat qand saqlamaydi, shu tufayli uni qandli diabet bemorlariga qo‘llash mumkin.
1 ml preparat 2% dan 3% gacha etanol saqlaydi, shuning uchun 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat iliq qaynagan suv bilan suyultiriladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Ambroksol gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Hayvonlarda olib borilgan tadqiqotlarda ambroksol gidroxloridining homiladorlik kechishiga, embrion/homila rivojlanishiga yoki postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita zararli ta'siri aniqlanmadi.
Ambroksol gidroxloridini qo‘llanilishi klinik tadqiqotlar natijasida homiladorlikning 28-haftasidan keyin homilaga birorta ham zararli ta'siri aniqlanmagan.
Homiladorlikning I uch oyligida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ambroksol gidroxloridi ko‘krak sutiga o‘tadi. Garchi go‘daklarga noxush ta'siri kutilmasa ham, preparatni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilishiga oid ma'lumotlar mavjud emas. Ambroksol gidroxloridining avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishdagi reaktsiya tezligiga ta'sirining sinovlari o‘tkazilmagan.
Bolalar.
Preparatni pediatrik amaliyotda qo‘llash mumkin. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra qo‘llaniladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Bugungi kunda dozani oshirib yuborilishining spetsifik simptomlariga oid xabarlar mavjud emas.
Dozani oshirib yuborilishi
va/yoki preparatni noto‘g‘ri qo‘llash holatlari haqidagi ayrim xabarlarda ma'lum qilingan simptomlar dori vositasining tavsiya etilgan dozalardagi ma'lum nojo‘ya ta'sirlariga mos keladi va simptomatik davoni talab etadi.
Chiqarilish shakli
100 ml dan flakonda yoki bankada, dozalovchi stakanchasi bilan qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
O‘ram birinchi ochilgandan keyin preparat 6 oy davomida yaroqli.
Dorixonalarpdan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«DKP «Farmatsevticheskaya fabrika» MChJ.
Ishlab chiqaruvchi
ning joyi va uning faoliyat ko‘rsatuvchi manzili
Ukraina, 12430, Jitomir viloyati, Jitomir tumani, s. Stanishovka, Korolev ko‘ch., 4-uy.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Farm Lyuks”, MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, 140100, Samarqand sh., Spitamen shox ko‘chasi, 100 B.
Tel +998662397263
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.