Ats-Fs tab 200 mg №20
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
200 мг
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Украина
Yoʻriqnoma: Ats-Fs tab 200 mg №20
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
ATS-FSTa'sir etuvchi modda (XPN): atsetiltsistein;
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: 200 mg atsetiltsistein;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati (tabletoza), makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, qobiq uchun qoplama Opadry II White (polietilenglikol, polivinil spirti, tal’k, titan dioksidi (E 171)).
Asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlari: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkalar o‘ziga xos hidga ega.
Farmakoterapevtik guruhi
mukolitik vositalar.ATX kodi: R05CB01.
Farmakologik xususiyatlari.
Farmakodinamikasi
ATS-FS balg‘amni suyultiradi, bu ta'sir etuvchi modda atsetiltsisteinning sulfgidril guruhining balg‘amning kislotali mukopolisaxaridlarining disulfid bog‘larini uzish qobiliyati bilan bog‘liq, bu mukopolisaxaridlarni depolyarizatsiyasi va shilliqning qovushqoqligini kamayishiga olib keladi. Preparat yiringli balg‘am mavjudligida faolligini saqlaydi. Atsetiltsistein nukleofil tiol SH-guruhini mavjudligi bilan bog‘liq antioksidant ta'sirga ega, u oksidlovchi radikallarni neytralizatsiya qilib vodorodni oson beradi. Preparatni qo‘llaganda surunkali bronxiti va mukovistsedozi bo‘lgan bemorlarda zo‘rayishlarning tez-tezligi va og‘irlik darajasini kamayishi kuzatiladi. Atsetiltsisteinning himoya mexanizmi uning reaktiv sulfgidril guruhlarini kimyoviy radikallarni bog‘lash qobiliyatiga asoslangan.Atsetiltsistein glutation sintezini kuchayishiga olib keladi, u xujayra ichki himoyasining muhim antioksidant omili hisoblanadi va xujayraning funktsional faolligi va morfologik butunligini ta'minlaydi, shu orqali zararli moddalar detoksikatsiyasiga olib keladi. Shu orqali atsetiltsisteinni paratsetamol bilan zaharlanganda antidot sifatida ta'siri tushuntiriladi.
Farmakokinetikasi
Atsetiltsistein peroral qabul qilinganda yaxshi so‘riladi. Preparat jigarda sisteingacha deatsetilizatsiyaga uchraydi. Qonda erkin va plazma oqsillari bilan bog‘langan atsetiltsistein va uning metabolitlarining (tsistein, sistin, diatsetiltsistein) harakatdagi muvozanati kuzatiladi. Jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasi tufayli atsetiltsisteinning biokiraolishligi taxminan 10% ni tashkil qiladi. Atsetiltsistein xujayralararo bo‘shliqqa kiradi, asosan jigarda, buyraklarda, o‘pkada, bronxial sekretda taqsimlanadi. 600 mg atsetiltsistein sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan peroral qabul qilingandan keyin plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 1 soatdan keyin erishiladi va 15 mmol/l ni tashkil qiladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri – 2 soat. Atsetiltsistein va uning metabolitlari organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi.Qo‘llanilishi
Balg‘amning qovushqoqligini kamaytirish, uni ajralishini va balg‘am ko‘chishini yaxshilashni talab etuvchi bronx-o‘pka tizimining o‘tkir va surunkali kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
ATS-FS kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga 200 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi.6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 200 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi.
Qo‘llash davomiyligini kasallikning og‘irlik darajasi va davolashga klinik javobga qarab shifokor belgilaydi. Kasallikning o‘tkir asoratlanmagan shakllarida davolash davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi.
Preparat ovqatdan keyin qabul qilinsin, tabletkalarni chaynamasdan va yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinsin.
Atsetiltsistein bilan davolash vaqtida suyuqlikni qo‘shimcha qabul qilish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlar tez-tezligini ta'riflash uchun quyidagi klassifikatsiya ishlatiladi:juda tez-tez (≥ 10%), tez-tez (≥ 1%, < 10%), tez-tez emas (≥ 0,1%, < 1%), yakka hollarda (≥ 0,01%, < 0,1%), kam hollarda (< 0,01%).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – taxikardiya, arterial gipotenziya.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i.
Eshitish a'zolari tomonidan: tez-tez emas – quloqlarda shang‘illash/shovqin.
Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – qichishish, eshakemi, ekzantema, ekzema, toshma, angionevrotik shish. Atsetiltsisteinni qo‘llaganda teri tomonidan og‘ir reaktsiya (Stivens-Djonson sindromi va Layell sindromi) ning ayrim holatlari haqida xabar berilgan, ko‘pincha o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini rivojlanishi bilan bog‘liq qon ketishning kam holatlari kuzatilgan. Trombotsitlar agregatsiyasini susayishi holatlari kuzatilgan, lekin klinik tasdig‘i yo‘q. Anafilaktik reaktsiya yoki hatto shok, anemiya holatlari haqida xabar berilgan. Teri yoki shilliq qavatlar tomonidan o‘zgarishlar paydo bo‘lgan hollarda darhol shifokorga murojaat etish va ATS-FS ni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Nafas tizimi tomonidan: yakka hollarda – dispnoe, bronxospazm (asosan bronxial astma bilan bog‘liq bronxial tizimning giperreaktivligi bo‘lgan patsiyentlarda), rinoreya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez emas – jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish, abdominal og‘riq, diareya, dispepsiya, og‘izdan yoqimsiz hid, stomatit.
Umumiy buzilishilar: tez-tez emas – isitma, kam hollarda - gemorragiya.
Har qanday noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan hollarda preparatni keyinchalik qo‘llash mumkinligi yuzasidan shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Atsetiltsistein yoki preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, zo‘rayish bosqichidagi me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, o‘pkadan qon ketishi, qon tupurishda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
ATS-FS ni yo‘talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilish yo‘tal refleksini susaytirishi natijasida balg‘amni dimlanishini kuchaytirishi mumkin.
Antibiotiklar (shu jumladan tetratsiklinlar (doksitsiklindan tashqari), ampitsillin, amfoteritsin V, sefalosporinlar, aminoglikozidlar) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda atsetiltsisteinning tiol guruhi bilan o‘zaro ta'sirlashishi mumkin, bu ikkala preparatlarning faolligini pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ATS-FS va antibiotiklar peroral qo‘llanilganda ularni qabul qilish orasida kamida ikki soatli intervalga rioya qilish kerak.
Faollashtirilgan ko‘mir atsetiltsisteinning samaradorligi kamaytiradi.
Atsetiltsisteinni nitroglitserin bilan bir vaqtda qabul qilganda nitroglitserinning qon tomirlarni kengaytiruvchi samarasini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Atsetiltsisteinni bronxolitiklar bilan sinergizmi kuzatiladi.
Atsetiltsistein paratsetamolning gepatotoksik ta'sirini bartaraf etadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bronxial astmasi va obstruktiv bronxiti bo‘lgan patsiyentlarda ATS-FS ni bronxial o‘tqazuvchanlikni vaqti-vaqti bilan nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Atsetiltsisteinni qo‘llash bronxial sekretni suyulishiga olib keladi. Agar patsiyent balg‘amni samarali chiqara olmasa, postural drenaj va bronxoaspiratsiyani ta'minlash kerak.Organizmda azot saqlovchi moddalarni to‘planishidan saqlanish uchun buyrak usti bezi kasalliklari, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ATS-FS ni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Anamnezida me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlar preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak, ayniqsa me'da shilliq qavatini ta'sirlovchi boshqa dori vositalarini birga qabul qilganda.
Atsetiltsistein gistaminning metabolizmiga ta'sir ko‘rsatadi, shuning uchun gistaminni o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarga uzoq vaqt davolashni buyurish mumkin emas, chunki bu o‘zlashtiraolmaslik simptomlarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
ATS-FS qo‘llanilganda preparatni metallar va rezina bilan kontaktiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Atsetiltsistein bilan davolash vaqtida suyuqlikni qo‘shimcha qabul qilish tavsiya etiladi, bu mukolitik samarani kuchaytiradi.
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtiraolmaslikning nasliy shakllari, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoza malabsorbtsiya sindromi bo‘lgan patsiyentlarda ATS-FS ni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Homiladorlik yoki emizish davrida ATS-FS ni qo‘llashni maqsadga muvofiqligini ona uchun kutilayotgan foyda va homila yoki bola uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni baholashga qarab shifokor aniqlaydi.
Bolalar.
Dori shaklini hisobga olib, preparat 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaktsiya tezligiga ta'sir etish qobiliyati.
Preparatning transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaktsiya tezligiga salbiy ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Atsetiltsisteinni peroral qabul qilinganda dozani oshirib yuborilishi haqidagi ma'lumotlar yo‘q. Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Bolalarda gipersekretsiya xavfi mavjud.Davolash: simptomatik davolash.
Yaroqlilik muddati
3 yil.Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda, 2 blisterdan karton qutida.Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
“Farma Start” MChJ.Ishlab chiqaruvchining manzili va faoliyat ko‘rsatish manzili
Ukraina, Kiyev sh., I.Lepse bul., 8.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.