Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
LINKAS PLYUS EKSPEKTORANT Sirop 120 ml
LINKAS PLYUS EKSPEKTORANT Sirop 120 ml
Nomi | Narx | |||||
ЛИНКАС ПЛЮС ЭКСПЕКТОРАНТ Сироп 120мл (4222006##1894) |
UZS 22 900
Stokda yetarli (13)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Растительный экстракт
Страна производитель
Пакистан
Дозировка
120 мл
Производитель
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
LINKAS PLYUS EKSPEKTORANT
Ta'sir etuvchi modda (XPN) yo‘q
Dori shakli
sirop.
Tarkibi
har 10 ml sirop quyidagi ekstraktlarni saqlaydi
faol moddalar
Sariq mevali ituzum 30 mg
Tomirli Atxatoda70 mg
Chuchukmiya15 mg
Oddiy Rayhon30 mg
Keng bargli Kordiya10 mg
Uzun Qalampir10 mg
Dorivor gulhayri 15 mg
Badyan 50 mg
yordamchi moddalar saxaroza, suvsiz limon kislotasi, ammoniy xloridi, metilparaben, propilparaben, propilenglikol, evkalipt moyi, qalampir yalpiz moyi, “jevatelnaya rezinka” aromatizatori, tozalangan suv.
Ta'rifi jigarrangrangli o‘ziga xos hidli sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
Balg‘am ko‘chiruvchi vosita (yo‘talga qarshi preparatlar majmuasidan tashqari).
ATX kodi R05SA10
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
LINKAS PLYuS EKSPEKTORANT preparatining samarasi uning komponentlarini umumiy ta'siri bilan bog‘liq, shuning uchun preparatning kinetik kuzatuvlarni o‘tkazishning iloji yo‘q, hamma komponentlarni birga markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatib bo‘lmaydi. Shu sababli preparatning metabolitlarini xam aniqlashning iloji yo‘q.
Farmakodinamika
si
Majmuaviy preparat bo‘lib, uning ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlarining xususiyatlari bilan bog‘liq.
Sariq mevali ituzumsteroid alkaloidlar (solasonin, solamarin), mukopolisaxaridlar, S vitaminini saqlaydi. Yo‘talni yumshatadi va balg‘amni tez ajralishiga yordam beradi. Yaqqol allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Tomirli Atxatoda efir moyilari, vitaminlar va alkaloidlar, jumladan vazitsin, vazitsinol va vazitsinon saqlaydi.
Bu yuqori samarali birikmalar mukolitik (sekretni quyuqligi va qovushqoqligini kamaytiradi), yallig‘lanishga qarshi, bronxolitik (bronxlar spazmini bartarafetib, nafasni yengillashtiradi) va balg‘am ko‘chiruvchi (alveolyar xujayralarning funktsiyasini yaxshilovchi surfaktant sintezini rag‘batlantiradi, epiteliy qipriqchalari harakatchanligini oshiradi va balg‘amni ko‘chishini tezlashtiradi) xususiyatlariga ega. Bundan tashqari, gistamin tomonidan chaqirilgan bronxospazmni ingibitsiya qilib, astmaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Chuchukmiyaning ildizlarida va ildizpoyalarida glitsirrizin, glitsirrizin kislotasi, uning kaliy va kaltsiyli tuzlari, flavonoid glikozidlar, vitaminlar, efir moyi, achiq moddalar va boshqa birikmalarni saqlaydi. Ular immunitetni yaqqol rag‘batlantiruvchi, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi xususiyatlariga ega.
Oddiy Rayhon efir moylari, oshlovchi moddalar, kamfora, S vitaminini saqlaydi. Bakteritsid, spazmolitik, og‘riqsizlantiruvchi va allergiyaga qarshi xususiyatlarga ega. Nafasni rag‘batlantiradi, organizmning umumiy tonusini oshiradi.
Keng bargli Kordiya antiseptik, og‘riq qoldiruvchi va spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi.
Uzun Qalampir piperin alkaloidini saqlaydi, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirlarga ega.
Dorivor gulhayri polisaxaridlar, kraxmal, pektin, qandlar, aspargin, karotin, letsitin, fitosterin, mineral tuzlar va yog‘li moylarni saqlaydi. O‘rab oluvchi, yumshatuvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. O‘simlik shilliqlari shilliq qavatlarni yupka qavat bilan qoplaydi, u shilliq qavatining yuzasida uzoq muddat saqlanadi va ularnita'sirlanishdan himoya qiladi.
Badyan mevalari efir moyi, qandlar, oqsillarni saqlaydiva mukolitik va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
LINKAS PLYuS EKSPEKTORANT balg‘amli yo‘talda yumshatuvchi va tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, qovushqoq balg‘amni suyultiradi va uni uzoq vaqt davomida nafas yo‘llaridan ko‘chishiga yordam beradi.
Bronxlar shilliq qavatining shishi va yallig‘lanishini kamaytiradi, immun tizimni faollashtiradi. Surfaktantni ishlab chiqarilishini oshirish tufayli, yaqqol yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
LINKAS PLYuS EKSPEKTORANT xalqum va bronxlarning shilliq qavatiga maxalliy antiseptik ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek umumiy bronxolitik va spazmolitik ta'sirlarni namoyon etadi.
Qo‘llanilishi
Ko‘krak qafasidagi dimlanish va balg‘amli yo‘talni bartaraf etish uchun quyidagi kasalliklarda
• Bronxit, pnevmoniya, astma va tuberkulez
• Shamollash, allergik reaktsiyalar va “chekuvchilar“ yo‘tali
• Yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari (laringofaringit, sinusit, traxeit va anginada bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar 1 osh qoshiq (10 ml) dan kuniga 3 marta buyuriladi.
Bolalar (6 yoshdan 18 yoshgacha) 1 choy qoshiq (5 ml) dan kuniga 3 marta buyuriladi.
Preparatni ovqat qabul qilinishidan qa'tiy qabul qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yo‘talga qarshi preparatlar (masalan, kodein) bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Sirop saxaroza saqlaydi, buni qandli diabeti, ekssudativ diatezi va shuningdek gipokaloriyali (past kaloriyali) parhezda bo‘lgan patsiyentlar hisobga olishlari kerak.
Dori vositasining transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o‘ziga xosligi ta'sir ko‘rsatmaydi
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Sirop 120 ml dan to‘q shishali flakonlarda o‘lchov idishi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratida saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng preparatni ishlatish mumkin emas.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
HERBION
Naturals
Xerbion Pakistan Prayvet Limited,
30/28 Korangi Sanoat zonasi,
Karachi, Pokiston
www.herbion.com
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlarni (takliflar) qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yashnaobod tumani, Alimkent 1 tor ko‘chasi, 33a
Tel/faks 294 59 84, 294 59 86.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.