Mukaltin tab 50mg №10 (VIFITEX)
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Mukaltin tab 50mg №10 (VIFITEX)
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
MukaltinGuruhlash nomi: Dorivor altey o‘tining ekstrakti&
Dori shakli
tabletkalarBir tabletka tarkibi
Faol komponenti
Mukaltin - 0,05 g
(Dorivor altey o‘tining ekstrakti)
8,0% dan kam bo‘lmagan tiklovchi monosaxaridlar yig‘indisi va 50,0% dan kam bo‘lmagan polisaxarid kompleksini saqlovchi quruq ekstrakt
Yordamchi moddalar
Natriy gidrokarbonati - 0,087 g
Vino kislotasi - 0,160 g
Kaltsiy stearati - 0,03 g
Tabletka massasi - 0,300 g
Ta'rifi
Dumaloq, yassitsilindrik shaklli, faska va riskali och-kulrangdan to jigarrangroq-kulrang rangli to‘qroq va ochroq dog‘li, kuchsiz o‘ziga xos hidli tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
O‘simlikdan olinadigan balg‘amni ko‘chiruvchi vositaATX kodi: [R05CA]
Farmakologik xususiyatlari
Mukaltin dorivor altey o‘tining polisaxaridlari aralashmasini saqlaydi. Balg‘am ko‘chiruvchi xususiyatlarga ega. Reflektor rag‘batlantirish xususiyati tufayli xilpillovchi epiteliy faolligi va nafas bronxiolalarning peristaltikasini kuchaytirishi bilan birga, bronxial bezlarning sekretsiyasini oshiradi.Qo‘llanilishi
Yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan qiyin ajraluvchi balg‘am hosil bo‘lishi bilan birga kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklarini (traxeobronxit, o‘pkalarning surunkali kasalligi, bronxoektatik kasalligi, pnevmoniya, o‘pka emfizemasi, pnevmokonioz) – majmuaviy davolashda qo‘llanadi.Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qabul qilish mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 1-2 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqat qabul qilishdan oldin. Bolalarga tabletkani 1/3 stakan iliq suvda eritib berish mumkin. Davolash kursi – 7-14 kun.Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, kam hollarda – dispeptik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi chuqurlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarini sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi hollari qayd qilinmagan.Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri
Preparat bronx-o‘pka kasalliklarini davolashda qo‘llanadigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda buyurilishi mumkin.
Preparatni kodein saqlovchi va boshqa yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bu suyultirilgan balg‘amning ajralib chiqishi qiyinlashtiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llash alohida diqqatni va tezkor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari (avtotransportni boshqarish, harakatlanayotgan mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi) ni bajarishga ta'sir qilmaydi.Chiqarilish shakli
Tabletkalar 50 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali yoki uyasiz o‘ramda. 200 kontur uyali yoki uyasiz o‘ram teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga yoki karton yashikka joylanadi.Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.Ishlab chiqaruvchi/e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
“VIFITEX” YOAJ
Manzil: 142279, Moskva vil., Serpuxovskiy tum., p.Obolensk, GNTS PM.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.