Rapitus sirop 120ml
54 900 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
120 мл
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Индия
Yoʻriqnoma: Rapitus sirop 120ml
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
RapitusTa'sir etuvchi modda (XPN): levodropropazin (levodropropizine)
Dori shakli
siropTarkibi
Har 5 ml saqlaydi:faol modda: levodropropizin B.F - 30 mg;
yordamchi moddalar: 5,0 mg natriy saxarinati, 2500,0 mg suyuq sorbitol, 25,0 mg natriy karmelloza, 6,5 mg natriy metilgidroksibenzoati, 1,0 mg natriy propilgidroksibenzoati, 20,0 mg limon kislotasi monogidrati, 0,5 mg "Ponceau 4R supra" bo‘yovchisi, 0,005 ml «Orange sweet №1» aromatizatori, 0,005 ml «Mixed Fruit RSV» aromatizatori, tozalangan suv q.s. 5 ml gacha.
Ta'rifi
qizg‘ish rangli, xushbo‘y siropsimon suyuqlik.Farmakoterapevtik guruhi
yo‘talga qarshi vosita.Farmakologik xususiyatlari
Levodropropizin (S(-)3-(4-phenyl-piperazin-1-yl)-propane-1,2-diol, DF 526), dropropizin-ning izomeri hisoblanadi. Levodropropizin beta-adrenergik, muskarin va opiat retseptorlar bilan bog‘lanmaydi, N1-gistamin va alfa-adrenergik retseptorlarga affinlikka ega emas. Levodropropizin markaziy nerv tizimiga kamroq namoyon bo‘luvchi samara ko‘rsatadi, yurak-tomir va nafas faoliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi va qaramlik chaqirmaydi. Sedativ ta'siri juda kuchsiz. Levodropropizin sezuvchi nervlarning periferik oxirlarini rag‘batlantirilishini tormozlash va yo‘tal refleksiga jalb qilingan neyropeptidlarni modullash yo‘li bilan yo‘talni bostiradi. Bunda spirometrik parametrlarni, bronxial sekretning reologik xususiyatlarini va siliar faollikni o‘zgartirmaydi.Farmakokinetikasi
Levodropropizin me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 40-60 minut o‘tgach erishiladi. Modda organizmda yaxshi taqsimlanadi. Yarim chiqarilish davri 1-2 soatni tashkil qiladi. Asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda va gidroksi-metaboliti ko‘rinishida chiqariladi. 48 soatdan keyin metabolitining miqdori yuborilgan dozaning taxminan 35% ni tashkil qiladi.Qo‘llanilishi
Faringit, laringit, o‘tkir traxeit va traxeobronxit, gripp, bronxopnevmoniya, surunkali obstruktiv bronxit, bronxial astma, o‘pka emfizemasi, o‘pka o‘smasi, nafas yo‘llarining allergik va infektsion-yallig‘lanish kasalliklaridagi quruq balg‘amsiz yo‘tal (simptomatik davolash) da qo‘llaniladi.Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 10 ml sirop (bir to‘la o‘lchov qalpoqcha) kuniga uch marta, dozalar orasidagi kamida 6 soatli interval bilan qabul qilinadi.12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga pediatrik doza 1 mg/kg kuniga uch martagacha, maksimal kunduzgi doza 3 mg/kg.
Yosh Tana vazni (kg) Doza (mg/ml) Bir marta qabul qilinadigan siropning miqdori
1 yosh 9-10 kg 9-10 mg/1,5-1,6 ml ⅓ choy qoshiq
2-3 yosh 11-15 kg 11-15 mg/2-2,5 ml ½ choy qoshiq
4-6 yosh 16-20 kg 16-20 mg/2,5-3,0 ml ½ choy qoshiq
7-12 yosh 21-32 kg 21-32 mg/3,5-5,0 ml 1 choy qoshiq
Davolash davomiyligi: davolash yo‘tal yo‘qolgunicha davom ettiriladi, maksimum 7 kun. Lekin, agar 4-5 kundan keyin yo‘tal to‘xtamasa, sababini aniqlash va muvofiq davolashni davom ettirish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, me'dada diskomfort his qilish, diareya, charchoqlik, uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, yurakni tez urishi kuzatilishi mumkin. Allergik reaktsiyalar: teri toshmalari yakka hollarda kuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
patsiyentda ushbu vositaga ma'lum bo‘lgan yoki mumkin bo‘lgan yuqori sezuvchanlik;balg‘amni haddan ziyod ajralishi;
mukotsiliar faoliyatni pasayishi (Kartagener sindromi, siliar diskineziya);
jigar faoliyatini yaqqol buzilishi;
homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Klinik sinovlar vaqtida benzodiazepinlar bilan o‘zaro ta'siri kuzatilmagan, lekin bir vaqtda sedativ preparatlar qabul qilinganida, levodropropizinga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta'sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jiddiy buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 35 ml dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda xavf/foyda nisbati aniqlanganidan keyin ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini haydovchilarida ishlash vaqtida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi (uyquchanlik paydo bo‘lishi mumkin).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: taxikardiya paydo bo‘lishi mumkin.Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash, suyuqlikni parenteral yuborish va boshqa simptomatik choralar.
Chiqarilish shakli
Sirop 120 ml tilla rangli buraluvchi qopqoq va polietilen tiqinli, zichligi yuqori jigarrang rangli polietilen flakonda, 2,5; 5; 10 ml belgili tiniq plastik o‘lchov qalpoqcha va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.Saqlash sharoiti
25oS dan past haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
Makleods Farmasyutikals Ltd304-310, Atlanta Arkad,
Marol road, cherch, Andxeri (Vest), Mumbay - 400 059, Hindiston
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.