Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rengalin gomeop. tab. №20
Rengalin gomeop. tab. №20
Nomi | Narx | |||||
Ренгалин таб. гомеоп. № 20 (15451123##2004) |
UZS 36 800
Stokda yetarli (9)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Антитела к брадикинину аффинно очищенные, антитела к гистамину аффинно очищеные
Страна производитель
Россия
Производитель
ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки для рассасывания
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rengalin
Dori shakli
shimish uchun gomeopatik tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
bradikininga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*,
gistaminga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*,
morfinga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*;
yordamchi moddalar 0,506 g izomaltat, 0,0275 g mikrokristall sellyuloza, 0,0055 g magniy stearati, 0,005225 g suvsiz limon kislotasi, 0,00275 g kolloid kremniy dioksidi,
0,00275 g natriy siklamati, 0,000275 g natriy saxarini.
*muvofiq ravishda 10012, 10030, 10050 marta suyultirilgan substantsiyaning suvli-spirtli faol aralashmalari ko‘rinishida izomaltatga surtiladi.
Ta'rifi yassi silindrik shaklli, faskali, yassi bir tomonida riskali, butun qirrali; oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar.
Riskali yassi tomonidan MATERIA MEDICA, boshqa yassi tomonida RENGALIN yozuvi tushirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi
yo‘talga qarshi boshqa preparatlar.
ATX kodi R05DB
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparatning komponentlari endogen regulyatorlarni tegishli retseptorlar bilan ligand-retseptor o‘zaro ta'siri faolligini modifikatsiya qilishi eksperimentlarda namoyish etilgan; morfinga antitelalar – opiat retseptorlar bilan; gistaminga antitelalar – N1 gistamin retseptorlari bilan; bradikininga antitelalar – bradikininning V1 retseptorlari bilan; bunda komponentlarni birga qo‘llash yo‘talga qarshi samarani kuchayishiga olib keladi.
Yo‘talga qarshi ta'sirinidan tashqari, majmuaviy preparat uning tarkibiga kiruvchi komponentlar hisobiga yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, antiallergik, spazmolitik (gistaminga antitelalar, bradikininga antitelalar) va og‘riq qoldiruvchi (morfinga antitelalar) ta'sir ko‘rsatadi.
Rengalin majmuaviy preparati gistaminga-bog‘liq N1-retseptorlar va bradikininga-bog‘liq V2-retseptorlarni modifikatsiya qilish hisobiga uzunchoq miyadagi yo‘tal markazining qo‘zg‘aluvchanligini tanlab pasaytiradi, yo‘tal refleksining markaziy bo‘g‘inlarini tormozlaydi. Talamusdagi og‘riq sezuvchanligi markazlarini susaytirib, bosh miya po‘stlog‘iga og‘riq impulslarini o‘tkazilishini bloklaydi. To‘qima va plazmadagi algogenlar (gistamin, bradikinin, prostaglandin va boshqalar) ning ajralib chiqishini kamaytirish oqibatida periferiyadan og‘riq impulslarini oqimini ingibitsiya qiladi. Narkotik analgetiklardan farq qilib, nafasni susayishi, doriga qaramlikni chaqirmaydi, narkogen va uxlatuvchi ta'sirga ega emas.
Bronxospazmni yengillashtirib, o‘tkir faringit, laringit va bronxitni namoyon bo‘lishini yengillashtiradi. Semiz xujayralarda gistamin va bradikininni sintezini va ajralib chiqishiga ta'siri orqali allergik reaktsiyalarning tizimli va mahalliy simptomlarini bartaraf etadi.
Farmakokinetikasi
Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi Rengalin preparatining faol komponentlarini biologik suyuqliklarda, a'zolar va to‘qimalarda aniqlash imkonini bermaydi, bu farmakokinetikasini texnik jihatdan o‘rganib bo‘lmasligini bildiradi.
Qo‘llanilishi
Yo‘tal va bronxospazm bilan kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari. Gripp va O‘RVI, o‘tkir faringit, laringotraxeit, o‘tkir obstruktiv laringit, surunkali bronxit va yuqori va quyi nafas yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish va allergik kasalliklarida balg‘amli va quruq yo‘talda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. Bir qabul qilishga 1 tabletka (to‘liq erib ketguncha og‘izda ushlab turish kerak). 1-2 tabletkadan sutkada 3 marta ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilinadi. Holatning og‘irlik darajasiga qarab birinchi uch kunda qo‘llash tez-tezligi sutkada 4-6 martagacha oshirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emasligi tufayli, Rengalinni 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari hozirgi vaqtgacha qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida Rengalinni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Preparatni qabul qilish zarurati bo‘lganida foyda/xavf nisbatini inobatga olish kerak.
Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatini transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Rengalin transport vositalari va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preperat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
To‘satdan dozani oshirib yuborganda preparatning tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar bilan bog‘liq dispeptik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillalaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Qayd egish guvohnomasining egasi va Rossiya Federatsiyasi xududida e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ;
Rossiya, 127473, Moskva sh, 3-chi Samotechniy per., 9 uy.
Tel./faks +7 (495) 684-43-33.
Ishonch telefonlari
+7 (495) 681-09-30, +7 (495) 681-93-00
E-mail hotline@materiamedica.ru
O‘zbekiston Respublikasi xududida mahsulotning sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ vakolatxonasi;
O‘zbekiston Respublikasi, 100090, Toshkent sh, Yakkasaroy tumani, Tarobiy ko‘ch, 11 uy.
Tel. +998712544057.
E-mail uz@dep.materiamedica.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.