Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Depantol vaginal suppozitoriylar 100 mg + 16 mg №10 (Nijfarm)
Depantol vaginal suppozitoriylar 100 mg + 16 mg №10 (Nijfarm)
Nomi | Narx | |||||
Депантол супп.ваг. 100мг + 16мг №10 (упк.кон.яч.) (Нижфарм) (220723##2 075) |
UZS 97 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Декспантенол, хлоргексидин
Страна производитель
Россия
Дозировка
100мг + 16мг
Производитель
Нижфарм
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Depantol®
Xalqaro patentlanmagan nomi
yoki guruhlar nomi Deksapentol + Xlorgeksidin
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
ta'sir etuvchi moddalar dekspantenol – 100 mg, xlorgeksidin biglyukonati - 16 mg (xlorgeksidin biglyunatini 20% li eritma ko‘rinishida – 85,2 mg);
yordamchi moddalar makrogollar aralashmasi (makrogol-400 – 2%, makrogol-1500 – 98%) – 2814,8 mg.
Ta'rifi
Oq yoki kulrang yoki sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli voronkasimon chuqursi bo‘lgan suppozitoriylar. Marmarlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
To‘qimalar reparatsiyasini stimulyatori.
ATX kodi G01AX.
Farmakologik xususiyatlari
Depantol® - regeneratsiya qiluvchi, antiseptik, metabolik ta'sir ko‘rsatuvchi mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy preparatdir. Preparatning tarkibiga kiruvchi xlorgeksidin grammusbat va grammanfiy bakteriyalar Treponema pallidum, Chlamidi spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Gardnerella vaginalis, Bacteroides fragilis, Escherichia coli, Staphylococcus sp., Streptococcus spp.; achitqilar, dermatofitlar, sodda hayvonlarga (Trichomonas vaginalis) nisbatan faol. Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ayrim shtammlari kuchsiz sezgir, shuningdek bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalarning sporalari chidamli. Preparatning tarkibiga kiruvchi dekspantenol shilliq qavatlarining regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, xujayra metabolizmini normallashtiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarning mustahkamligini oshiradi.
Depantol® laktobatsillalarning funktsional faolligini buzmaydi. Qon, yiring bor joyda faolligini (garchi biroz pastroq bo‘lsada) saqlab turadi.
Qo‘llanilishi
O‘tkir va surunkali vaginitlarni; endo/ekzotservitsitlarni, shu jumladan bachadon bo‘ynining asoratlangan ektopiyalarini davolash.
Bachadon bo‘ynining spetsifik etiologiyali haqiqiy eroziyalarini davolash (majmuaviy davolash tarkibida).
Preparat destruktiv davolash usullaridan (diatermokoagulyatsiyalar, kriodestruktsiyalar, lazerodestruktsiyalar) keyin, operatsiyadan keyingi, tug‘ruqdan keyingi davrda bachadon bo‘yni va qinni shilliq qavatini regeneratsiyasini yaxshilash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Depantol®ni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llashga ruxsat berilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qin ichiga qo‘llanadi. Qo‘llashdan oldin suppozitoriy kontur o‘ramdan chiqarilib olinadi.
1 suppozitoriydan sutkada 2 marta, 7-10 kun davomida kiritiladi. Zarurati tug‘ilganida davolash kursini 20 kungacha uzaytirish mumkin.
Nojo‘ya ta'siri
Preparat bekor qilinganidan keyin o‘tkinchi allergik reaktsiyalar, qichishish, achishish bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Depantol® anion guruhini saqlovchi detergentlar (saponinlar, natriy laurilsulfati, natriy karboksimetiltsellyuloza) va sovunlar bilan, agar ular qin ichiga kiritiladigan bo‘lsa, nomutanosib.
Chiqarilish shakli
Vaginal suppozitoriylar 100 mg+16 mg. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda, 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil. O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/ E'tirozlarni qabul qilish tashkilot
«Nijfarm» AJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh.
GSP-459, Salganskaya ko‘ch., 7
tel. (831) 278-80-88, faks (831) 430-72-28
E-mail med@stada.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.