Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pavisin supp. vag. №14 (kurkuma moyi)
Pavisin supp. vag. №14 (kurkuma moyi)
Nomi | Narx | |||||
Пависин супп. ваг. №14 (листеры в компл. с напальчниками) (20230604##1973) |
UZS 165 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Пависин супп. ваг. №14 (листеры в компл. с напальчниками) (20230604##1996) |
UZS 165 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Пависин супп. ваг. №14 (листеры в компл. с напальчниками) (20230606##2 065) |
UZS 165 200
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Масло куркумы
Страна производитель
Китай
Производитель
Mu Lin Sen
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суппозитории вагинальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pavisin
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) kurkuma moyi, borneol
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
Bitta suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar kurkuma moyi – 82 mg; borneol – 75 mg;
yordamchi moddalar etanol, makrogol 400, makrogol 4000, polioksil (40) stearati, laurokapram.
Ta'rifi oq-sut, sarg‘ish yoki jigarrang rangli, o‘qsimon shaklli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
asosan akusherstva va ginekologiyada qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi G02CX
Farmakologik hususiyatlari
Suppozitoriyning tarkibiga kiruvchi kurkuma moyi va borneol uchuvchan moddalar hisoblanadi, shu sababli yallig‘lanish o‘chog‘iga chuqur kiradi. Keng antibakterial va yallig‘lanishga qarshi ta'sir doirasiga ega bo‘lib, kurkuma moyi va borneol periferik qon-tomir havzasida oq qon tanachalarining miqdorini ko‘paytiradi, fagotsitlarning fagotsitar faolligini va immunitetni yaxshilaydi. Preparatning ta'sir etuvchi komponentlari eroziya bo‘lgan sohada qon oqimini yaxshilaydi. Suppozitoriylar nekrozga uchragan to‘qimalarni bartaraf qilib, yallig‘lanish natijasida shikastlangan to‘qimalarning regeneratsiyasini va yangilanishini tezlashtiradi. Odam papilloma virusini ingibitsiya qiladi.
Farmakokinetikasi
Ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
• Servitsit;
• Bachadon bo‘yni eroziyasi;
• Vaginit (shu jumladan, zamburug‘li);
• Vaginoz (shu jumladan, bakterial);
• Qarilik kolpiti;
• Papillomavirus infektsiyasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vaginal qo‘llanadi.
Suppozitoriy bevosita uxlashdan oldin, qo‘llarni yuvib, yotgan holatda barmoqning uchiga qo‘yiladi va qinning ichiga (orqa gumbaziga) chuqur kiritiladi. Bir marta qo‘llash uchun bitta suppozitoriydan ishlatilsin. Davolash kursi 14 kunni tashkil etadi.
Papillomavirus infektsiyasini davolashda 1-2 davolash kursini o‘tkazish kerak, qator hollarda davolashning davomiyligi 2-3 davolash kursini tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida davolash kursini takrorlash mumkin.
Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi eroziyasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni 1-2 davolash kursini qo‘llash kerak. Og‘ir darajadagi eroziyasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni 2-3 davolash kursi davomida qo‘llash kerak. Suppozitoriylarni lazerli terapiya, elektrokoagulyatsiya, kriodestruktsiya va radioto‘lqinli jarrohlik kabi fizikaviy usullar bilan davolashga tayyorgarlik maqsadida qo‘llash mumkin. Preparat yuqoridagi holatlarda qo‘llanganida asoratlar kamayadi, to‘qimalarni regeneratsiya vaqti qisqaradi.
Zamburug‘li kolpitni davolashda 1-2 davolash kursini o‘tkazish kerak. Zarurat bo‘lganida davolash kursini takrorlash mumkin.
Bakterial vaginozni 1-2 davolash kursi davomida davolash kerak, so‘ngra esa profilaktika maqsadida 1-2 suppozitoriydan har hafta qo‘llanadi. Zarurat bo‘lganida davolash kursini takrorlash kerak.
Klimaks davrida va menopauzadan so‘ng, shuningdek estrogenlarning miqdori past bo‘lgan yosh ayollarda namoyon bo‘ladigan qarilik kolpiti qinni qichishishi, achishishi, qin ajralmalarini ko‘payishi bilan namoyon bo‘ladi, ajralmalar badbo‘y hidli yiringli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin, qinning shilliq qavati quruq va dag‘al bo‘lib qoladi. Davolashning davomiyligi – 2-4 davolash kursini tashkil etadi, so‘ngra profilaktika maqsadida 1-2 suppozitoriydan har hafta qo‘yiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat qinga kiritilganidan so‘ng kam hollarda tana harorati vaqtinchalik oshadi, achishish hissi, og‘riq, qichishish, shish, toshma va allergiya paydo bo‘ladi, keksa yoshdagi ayollarda yoki estrogenlarning miqdori past bo‘lgan patsiyentlarda et uvishishi kuzatiladi, bunday holatda preparatning dozasi kamaytiriladi yoki qo‘llash bekor qilinadi. Preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng ushbu noxush reaktsiyalar o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
14 yoshgacha bo‘lgan qizlarga, homiladorlikni 12 haftasigacha qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaktsiyalarga moyilligi bo‘lgan patsiyentlar preparatni ehtiyotkorlik bilan ishlatishlari kerak.
Preparat qinga kiritilganida qinda sovush hissi seziladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
7 suppozitoriydan alyumin kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram barmoqqa kiyiladigan qopchalar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Hainan Bikai Pharmaceutical Co., Ltd.”,
Manzili Xaykou shaxar, Xaynan viloyati, yukori texnologiyalar industriyasining rivojlangan regioni, Drug Valley kuchasi, 10. XXR.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar ( takliflar) niqabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Mu Lin Sen” MChJ,
Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi, Durmon yo‘li ko‘ch., 31-A uy, www.mulinsen.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.