Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Klodifen ko‘z tomchilari 0,1% dan 5 ml №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диклофенак натрия
Страна производитель
Турция
Дозировка
0,1%
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Klodifen
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Diklofenak natriy
Dori shakli
Ko‘z tomchilari
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
Faol modda diklofenak natriy – 1 mg;
Yordamchi moddalar tiomersal, borat kislotasi, natriy borati, propilenglikol, dinatriy edetati, kremofor EL, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi rangsiz yoki och sariq rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat.
ATX kodi S01BC03
Farmakologik hususiyatlari
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita. Diklofenak yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta'sirlarga ega. Ta'sir mexanizmi siklooksigenaza I va II larning faolligini ingibitsiya qilish bilan bog‘liq, bu prostaglandinlarning sintezini bostirilishiga olib keladi.
Diklofenak 0,1% li ko‘z tomchilari shaklida qo‘llanganida ko‘zning, infektsiyalar, shikastlanishlar yoki jarrohlik aralashuvlari natijasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan yallig‘lanishini kamaytiradi, jarrohlik aralashuvlarida miozni kamaytiradi, ko‘zning oldingi kamerasi suyuqligida prostaglandinlarni sintezini pasaytiradi.
Qo‘llanilishi
• kataraktani jarrohlik yo‘li bilan davolash vaqtida miozni kamaytirish uchun;
• ko‘z jarrohligida operatsiyadan keyingi yallig‘lanishlarda;
• ko‘z gavharini implantatsiyasi va olib tashlash bilan bog‘liq bo‘lgan sistoid makulyar shishni operatsiya oldi va operatsiyadan keyingi oldini olish uchun;
• ko‘zning oldingi bo‘limlarini noinfektsion yallig‘lanishlarida;
• shox pardaning mexanik va travmatik shikastlanishlarida;
• lazerli trabekuloplastika chaqirgan yallig‘lanishlarda;
• radial keratotomiya yoki lazerli muolajalar chaqirgan og‘riqlarda;
• mavsumiy allergik kon'yunktivitlardagi yallig‘lanishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljalangan
Intraoperatsion miozni ingibitsiya qilish uchun Klodifen preparati operatsiyadan oldin kon'yunktivaga 2 soat davomida 30 minutlik interval bilan (4 marta) tomiziladi.
Makulaning kistoz shishini oldini olish uchun preparat operatsiyadan keyin 1 tomchidan sutkada 3-4 marta 2 hafta davomida tomiziladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan boshqa ko‘rsatmalar bo‘lganida, Klodifen holatining og‘irligiga qarab 1 tomchidan sutkada 3-4 martadan buyuriladi. Davolash kursi 1 dan 2 haftagacha davom etishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Bo‘lishi mumkin ko‘z tomchilari bevosita tomizilgandan so‘ng o‘tkinchi achishish hissi va/yoki ko‘rish o‘tkirligini vaqtinchalik yo‘qolishi; qichishish, qizarish va fotosensibilizatsiya ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
• atsetilsalitsil kislotasi va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga bronxial astma xurujlarini rivojlanishi, urtikar toshma, o‘tkir rinit shaklida namoyon bo‘ladigan yuqori sezuvchanlikda;
• 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Zarurat bo‘lganida Klodifen preparatini boshqa ko‘z tomchilari bilan, shu jumladan glyukokortikoid vositalarini saqlovchi, ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin. Bunda preparatlarni tomizishlar o‘rtasidagi tanaffus, ta'sir etuvchi moddalarni navbatdagi instillyatsiyalar ta'sirida yuvilib chiqishini oldini olish uchun, kamida 5 minutni tashkil etishi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kontakt linzalardan foydalanadigan patsiyentlar, Klodifen preparatini, kontakt linzalarni yechgandan keyingina, qo‘llashlari kerak.
Linzalarni preparat instillyatsiyasidan keyin 15 minut o‘tgach o‘rtanish mumkin. Preparat har safar ishlatilganidan keyin flakonni yopish kerak. Pipetka uchi bilan ko‘zga tegmaslik kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ko‘rish o‘tkirligini vaqtinchalik yo‘qolishi mumkinligi tufayli, Klodifen preparatini, diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajaradigan patsiyentlarga, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni ushbu patsiyentlar guruhida qo‘llash, ona uchun davolashdan kutilayotgan foyda homila yoki emizikli bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina, mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat ko‘z tomchilari shaklida qo‘llanganida dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Klodifen 0,1% li ko‘z tomchilari 5 ml dan tiqin-tomchilagichli va himoya xalqasi bilan ta'minlangan buraluvchi himoya qopqoqchali plastik flakonda chiqariladi. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan keyin preparat bir oy davomida ishlatilsin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.