Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Farmadeks ko‘z tomchilari 0.1% 10ml
Farmadeks ko‘z tomchilari 0.1% 10ml
Nomi | Narx | |||||
Фармадекс кап. глаз. 0,1% 10 мл. п/э флак. (20123##1558) |
UZS 12 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Дексаметазон
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,1%
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Farmadeks
Ta'sir etuvchi modda (XPN) deksametazon (dexamethasone)
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
1 ml quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 1 mg deksametazon fosfatining dinatriyli tuzi;
Yordamchi moddalar borat kislotasi, natriy tetraborati, etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi (dinatriy edetati), benzalkoniy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
kortikosteroidli yallig‘lanishga qarshi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Deksametazon – yaqqol yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi faollikka ega, eruvchanligi yuqori, ta'siri tez boshlanib, qisqa vaqt davom etadigan sintetik glyukokortikoiddir. Ko‘zga tomizilganda ko‘zning yaqindagi barcha to‘qimalariga kiradi. Asosan yuborilgan joyida metabolizmga uchraydi. Tizimli qon oqimiga deyarli o‘tmaydi.
Qo‘llanilishi
Yiringsiz, allergik kon'yunktivit, blefaro-kon'yunktivit, blefarit, keratit, epiteliyning shikastlanishisiz keratokon'yunktivit, uveit, irit, iridotsiklit, episklerit, sklerit, ko‘zning jarohati va jarrohlik aralashuvidan keyingi yallig‘lanish jarayonlari.
Qo‘llash usuli va dozalar
Diqqat! Qo‘llashni boshlaguncha qopqoqchani zich buramang! Kattalar va bolalar uchun ko‘zga 1-2 tomchidan sutkada 3-4 marta tomiziladi. O‘tkir holatlarda har 1-2 soatda 1-2 tomchidan tomiziladi, keyinchalik tomizish sutkada 4-6 martagacha kamaytiriladi. Davolash muddati 2 kundan 9 kungacha.
Dozani oshirib yuborilgandagi chora-tadbirlar. Juda tez-tez qo‘llanganida va ko‘p miqdordagi tomchilar tomizilganida, tegishli bo‘limda ta'riflangan nojo‘ya ta'sirlari paydo bo‘lishi mumkin. Bu holda preparat bekor qilinadi, zarurati bo‘lgan holda simptomatik davolash o‘tkaziladi. Ko‘z ichidagi bosimi oshganida ko‘zga glaukomaga qarshi vositalar (pilokarpin gidroxloridi, klofelin) tomiziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Uzoq vaqt qo‘llanganida yoki doza oshirilganida ko‘z ichidagi bosimni oshishi, ko‘rish maydonida nuqsonlar, kon'yunktivada sanchiq va qizarish, ko‘z yoshini oqishi paydo bo‘lishi mumkin. Shox parda yupqalashganida teshilish xavfi mavjud. Juda kam oddiy gerpes (Herpes simplex) bilan shikastlanish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ko‘zning virusli va zamburug‘li kasalliklari, maxsus davolash bo‘lmaganda ko‘zning yiringli infektsiyasini o‘tkir shakli, epiteliyning nuqsonlari bilan kechuvchi shox pardaning kasalliklari, ko‘zning tuberkulezli shikastlanishi, traxoma, ko‘z gipertenziyasi, glaukoma, preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agarda Siz qandaydir boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokor bilan preparatni qo‘llash mumkinligini to‘g‘risida maslahatlashing.
Yodoksuridin bilan birga uzoq vaqt qo‘llaganda shox pardaning epiteliysida destruktiv jarayonlar kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Diqqat! Qo‘llashni boshlashdan oldin qalpoqcha zich buralmasin! Birinchi qo‘llash oldidan flakonning qalpoqchasi maksimal buraladi. Bunda qalpoqchaning ichki tomonidagi uchlik tish teshik ochadi. Bevosita qo‘llashdan oldin tana haroratigacha isitish uchun idishni kaftda ushlab turish tavsiya etiladi. Qalpoqcha burab olinadi va flakon korpusiga biroz bosib, eritma ko‘zga tomiziladi. Preparat tomizilganidan so‘ng qalpoqcha zich buraladi va preparat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tavsiyalarga muvofiq saqlanadi.
Preparat tizimli qon oqimiga deyarli o‘tmasligi tufayli tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi va shunday qilib, homilador va emizikli ayollar uchun qo‘llanishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
5 ml yoki 10 ml dan qutiga joylangan polietilen flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25C haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. Flakon ochilganidan keyin preparat 28 sutka yaroqli.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"Farmak" OAJ.
04080, Ukraina, Kiyev shahri, Frunze ko‘chasi, 63.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.