Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Medeksol ko‘z/quloq tomchilari 0.1% 5ml №1
Medeksol ko‘z/quloq tomchilari 0.1% 5ml №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Дексаметазон
Страна производитель
Египет
Дозировка
0,1%
Производитель
World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Medeksol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) deksametazon
Dori shakli
ko‘z/quloq tomchilari
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
Faol modda deksametazon fosfati (natriyli tuzi shaklida) – 1 mg;
Yordamchi moddalar kreatinin, natriy sitrati, natriy borati, polisorbat 80, benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati, natriy metabisulfiti, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi rangsiz yoki biroz sariq rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
glyukokortikosteroidlar.
ATX kodi S01VA01
Farmakologik hususiyatlari
Mahalliy qo‘llanadigan sintetik glyukokortikoid preparat. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va antiekssudativ ta'sir ko‘rsatadi.
1 tomchi preparat tomizilganidan so‘ng yallig‘lanishga qarshi ta'sirining davomiyligi 4 soatdan 8 soatgacha.
Qo‘llanilishi
Medeksol ko‘z/quloq tomchilari quyidagi holatlarda qo‘llanadi
• o‘tkir va surunkali yallig‘lanish jarayonlarida kon'yunktivit, keratit, keratokon'yunktivit va blefaritning yiringsiz shakllari; sklerit va episklerit; irit, iridotsiklit va turli xil genezli boshqa uveitlari; ko‘zning orqa kesimini yallig‘lanishi (xorioidit, xorioretinit); ko‘rish nervi nevriti; optikonevromiyelit (Devik kasalligi); qovoqning noinfektsion dermatozlari; simpatik oftalmiyada;
• ko‘z shox pardasining turli xil etiologiyali (kimyoviy, fizikaviy yoki immun) yuzaki shikastlanishlarida ko‘z shox pardasi to‘liq epitelizatsiyalanganidan so‘ng;
• ko‘zning allergik kasalliklarida allergik kon'yunktivit yoki keratokon'yunktivitda;
• quloqlarni allergik va yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan, mikrobli) tashqi va o‘rta quloqni o‘tkir va surunkali otitlarida, eshitish a'zolarida o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan infektsion asoratlarda,
• operatsiyadan keyingi va jarohatlanishdan keyingi yallig‘lanish jarayonlarini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga
O‘tkir yallig‘lanish jarayonlarida Medeksolni 1-2 tomchidan sutkada 4-5 marta 2 kun davomida konyu'nktivaga tomiziladi, so‘ngra sutkada 3-4 marta 4-6 kun davomida qo‘llanadi.
Surunkali yallig‘lanish jarayonlarida preparat sutkada 2 marta 4 hafta davomida tomiziladi. Preparatni maksimal qo‘llash davomiyligi 4 haftani tashkil etadi.
Operatsiyadan keyingi va jarohatlanishdan keyingi davrda yallig‘lanish jarayonining jadallik darajasiga qarab, Medeksol 1-2 tomchidan sutkada 2-4 marta 2-4 hafta davomida tomiziladi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga
Allergik va yallig‘lanish jarayenlarni davolashda preparat 1 tomchidan sutkada 2-3 marta 7-10 kun davomida tomiziladi. Zarurat bo‘lganida, 10-kunida flyuorestsein sinamasi (ko‘z shox pardasining epiteliysi butunligini tekshirish maqsadida) o‘tkazilganidan keyin davolashni davom ettirish mumkin.
Tashqi quloq infektsiyalarida 4 tomchidan sutkada 3-4 marta tomiziladi.
Eshitish a'zolarida o‘tkazilgan jarroxlik operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan infektsion asoratlarda va o‘rta quloq otitlarida 4-10 tomchidan sutkada 3-4 marta tomiziladi.
Ijobiy natijaga erishilgandan so‘ng doza kamaytiriladi.
Alternativ ravishda, preparat bilan to‘yintirilgan doka turunda tashqi eshitish yo‘liga qo‘yilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat tomizilgandan so‘ng tez o‘tib ketadigan achishish xissi paydo bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya samaralar rivojlangan hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni quyidagi hollarda qo‘llash mumkin emas
• preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda;
• Herpes simplex chaqirgan keratitda, suv chechak va boshqa virusli kasalliklarda;
• ko‘zning mikobakterial infektsiyalarida;
• ko‘zning zamburug‘li kasalliklarida;
• ko‘zning shox pardasi epiteliyasini shikastlanishi bilan birga kechadigan o‘tkir yiringli kasalliklarda;
• ko‘z shox pardasining epiteliopatiyasida;
• ko‘z ichki bosimi oshganida;
• quloq nog‘ora pardasini perforatsiyasida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri asosan preparatni chiqarilishidagi sitoxrom saqlovchi fermentlarni ishtiroki bilan bog‘liq. Medeksol fenitoin, barbituratlar va varfarin ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Preparat SYRZA4 izofermentini indutsiya qilib, kaltsiy kanallarining blokatorlari, xinidin va eritromitsinning samarasini kamaytiradi. Odatdagi mahalliy qo‘llash tartibida preparatning dozasi jigar fermentlarini induktsiyalash yoki ularni preparatga to‘yinishi uchun yetarli emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kontakt linzalar taqilgan vaqtda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni qo‘llashdan oldin kontakt linzalarni yechish va preparat tomizilganidan so‘ng kamida 15 minutdan keyin taqish lozim.
Medeksol ko‘z tomchilarini uzoq vaqt davomida qo‘llash natijasida ko‘z bosimi oshishi mumkin. Agar preparat 2 hafta va undan ortiq vaqt davomida qo‘llansa, ko‘z ichki bosimini muntazam ravishda o‘lchash kerak.
Preparat ko‘z shox pardasini gerpesi bo‘lgan bemorlarga buyurilganida, uni perforatsiyalanishi mumkinligini ko‘zda tutish kerak.
Preparat bilan davolanish bakterial yoki zamburug‘li infektsiyalarning manzarasini yashirishi mumkin, shuning uchun ko‘z va quloqning infektsion kasalliklarini davolashda preparatni adekvat mikroblarga qarshi dori vositalari bilan birga qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrda qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida Medeksol preparatini, ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki go‘dak uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina, qo‘llash mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat tomizilgandan so‘ng ko‘z yoshini oqishi mumkinligi tufayli, transport vositalarini boshqarish yoki mexanik uskunalarga xizmat ko‘rsatishdan oldin qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam.
Preparat bilan mahalliy davolanishda hech qanday yaqqol kechuvchi somatik o‘zgarishlar kuzatilmagan.
Allergik reaktsiyalar rivojlanganida davolashni zudlik bilan to‘xtatish kerak.
Chiqarilish shakli
Ko‘z/quloq tomchilari 5 ml dan tiqin-tomchilagichli va himoya xalqasi bilan ta'minlangan buraluvchi himoya qopqoqli plastik flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin
Flakon ochilgandan so‘ng preparat 1 oy davomida ishlatilsin!
Yaroklilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Ye.I.P.I. Ko., Misr, Tens ov Ramadan Siti,
Birinchi sanoat zonasi V1, a/ya 149 Tens
(“E.I.P.I.Co.” Egypt, Tenth of Ramadan City,
First Industrial Area B1, P.O. box 149 Tenth)
«Uorld Meditsin Oftalmiks», Buyuk Britaniya uchun ishlab chiqarilgan.
(“World Medicine Ophthalmics”, Great Britain)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.