Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Metronidazol infuziya uchun eritma 0,5% 100 ml Radiks
Metronidazol infuziya uchun eritma 0,5% 100 ml Radiks
Nomi | Narx | |||||
Метронидазол р-р д/инф. 0,5% 100мл Radiks (2011123##1891) |
UZS 8 500
Stokda yetarli (10)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Метронидазол р-р д/инф. 0,5% 100мл Radiks (2011123##1949) |
UZS 8 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Метронидазол р-р д/инф. 0,5% 100мл Radiks (2071123##1968) |
UZS 8 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метронидазол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
500 мг/100 мл 100мл
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Metronidazol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metronidazol
Dori shakli
infuziya uchun eritma
Tarkibi
faol modda metronidazol – 5,0 mg;
yordamchi moddalar natriy xloridi -7,0 mg, etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi (Trilon B) – 0,1 mg,in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.
Ta'rifi tiniq, yashil tusli biroz sarg‘ish rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
protozoylarga qarshi vositalar
ATX kodi J01XD01
Farmakologik xususiyatlari
5-nitroimidazol hosilasi bo‘lmish protozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi preparat. Ta'sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda xayvonlarning hujayra ichki transport oqsillarining 5-nitroguruhini biokimyoviy tiklanishiga bog‘liq. Tiklangan 5-nitroguruhi mikroorganizmlar hujayrasining DNK si bilan, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibitsiya qilib o‘zaro ta'sir qiladi, bu bakteriyaning halok bo‘lishiga olib keladi. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Lamblia spp., hamda obligat anaeroblar Bacteroides spp. (jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella (P.bivia, P.buccae, P.disiens), va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.) nisbatan faol. Ushbu shtammalar uchun MBK 0,125-6,25 mkg/ml ni tashkil etadi.
Amoksitsillin bilan birga Helicobacter pylori ga nisbatan (amoksitsillin metronidazolga chidamlilik rivojlanishini susaytiradi) faollik namoyon etadi.
Metronidazolga aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir bo‘lmasada, ammo aralash flora borligida (aeroblar va anaeroblar) metronidazol antibiotiklar bilan oddiy aeroblarga qarshi samarali sinergik ta'sir etadi.
O‘smalarni nurlanishga bo‘lgan sezgirligini oshiradi, alkogolga sensibilizatsiya (disulfiramsimon ta'sir) chaqiradi, reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi yuqori, biokiraolishligi kamida 80%. To‘qimalarga yuqori kirish xususiyatiga egaligi tufayli, organizmning ko‘pchilik to‘qima va suyuqliklarida, jumladan o‘pkalar, buyraklar, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, miya, safro, so‘lak, amniotik suyuqlik, abstsesslar bo‘shlig‘i, qin sekreti urug‘ suyuqligi, ko‘krak sutida bakteritsid kontsentratsiyalarga erishadi, gemato-entsefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Taqsimlanish hajmi (Va) kattalarda – taxminan 0,55 l/kg; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54 – 0,81 l/kg.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20%.
Qondagi maksimal kontsentratsiyaga (Smax) 30-60 minutdan keyin, erishiladi, terapevtik kontsentratsiyasi esa 6-8 soat davomida saqlanadi. Preparatning qondagi minimal kontsentratsiyasi (Smin) keyingi yuborishda-18 mkg/ml. Normada safro hosil bo‘lishida metronidazolning safrodagi kontsentratsiyasi vena ichiga (v/i) yuborilganida, plazmadagi kontsentratsiyasidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksil guruxini ko‘shilishi, oksidlanish va kon'yugatsiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolit (2-oksi metronidazol) ham protozoylarga va mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Jigarning normal funktsiyasida yarim chiqarilish davri (T1/2) – 8 soat, jigarning alkogolli shikastlanishida – 18 soat (10 dan 29 soatgacha). Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yarim chiqarish davri homiladorlikning 28-30 haftalik tug‘ilganida taxminan – 75 soat, 32-35 haftasida muvofiq ravishda - 35 soat, 36-40 haftasida 25 soat. Buyraklar orqali – 60-80%, (20% o‘zgarmagan holda), ichaklar orqali – 6-15% chiqariladi.
Buyrak klirensi – minutiga 10,2 ml. Buyraklar funktsiyasi buzilgan bemorlarga qayta yuborilganidan keyin metronidazolning qon zardobida to‘planib qolishi kuzatilishi (shuning uchun og‘ir buyrak yetishmovligi bo‘lgan bemorlarda qabul qilish sonini kamaytirish kerak) mumkin. Metronidazol va asosiy metbolitlari gemodializda qondan tez chiqariladi (T ½2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda oz miqdorda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Protozoy infektsiyalari ichakdan tashqari amyobiaz, jumladan jigarning amyobali abstsessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidioz, lyamblioz, teri leyshmoniozi, trixomonad vaginit, trixomonad uretrit, Bacteroides spp. (jumladan B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infektsiyalar suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infektsiyalari, jumladan meningit, miya abstsessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiyemasi va abstsessida qo‘llanadi.
Bacteroides turlari, jumladan B.fragilis guruhi, Slostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari chaqirgan infektsiyalar qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, jigar abstsessi), chanoq a'zolarining infektsiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abstsessi, jarrohlik operatsiyalaridan keyingi qin ravog‘i infektsiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarining infektsiyalari, sepsisda qo‘llanadi.
Soxtamembranoz kolit (antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq) da qo‘llanadi.
Helicobacter pylori, alkogolizm bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasida qo‘llanadi.
Operatsiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa to‘g‘ri ichak oldi chambar ichakdagi, sohasidagi aralashuvlar, apendektomiya, ginekologik operatsiyalar) oldini olish uchun qo‘llanadi.
O‘smalari bo‘lgan bemorlarda nur bilan davolashda - o‘smaning chidamliligi o‘sma hujayralaridagi gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, radiosensibilizatsiya qiluvchi vositasi sifatida. Alkogolizmda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga boshlang‘ich 0,5-1 g dozada v/i tomchilab (infuziyaning davomiyligi 30-40 minut), so‘ng har 8 soatda 500 mg dan minutiga 5 ml tezlikda. Yaxshi o‘zlashtirilganida birinchi 2-3 infuziyadan keyin oqim bilan yuborishga o‘tiladi. Davolash kursi 7 kun. Zarurati bo‘lganida v/i ga yuborish uzoqroq muddat davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza - 4 g. Ko‘rsatma bo‘yicha ichga qabul qilishga, 400 mg dozada sutkada 3 martalik tutib turuvchi qabulga o‘tish amalga oshiriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xuddi shunday bir martalik 7,5 mg/kg dozadagi tartibda buyuriladi.
Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o‘tkaziladi.
Oldini olish maqsadida kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga v/i ga tomchilab operatsiya arafasida 0,5-1 g dan, operatsiya kuni va keyingi kun sutkada 1,5 g dan (500 mg dan har 8 soatda) buyuriladi. 1-2 kundan keyin ichga qabul qilishga tutib turuvchi davolashga o‘tiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) va kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda maksimal sutkalik doza - 1 g dan ko‘p emas, qabullar soni – sutkada 2 marta. Radiosensibilizatsiyalovchi vositasi sifatida v/i ga tomchilab 160 mg/kg yoki tana yuzasining 4-6 g/kv. m hisobidan nurlantirish boshlashdan 0,5 – 1 soat oldin yuboriladi.
Nurlantirishning har bir seansidan oldin 1-2 hafta davomida qo‘llanadi. Nur bilan davolashning qolgan davrida metronidazol qo‘llanmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan, kurslik - 60 g dan oshmasligi kerak. Nurlantirish chaqirgan intoksikatsiyani bartaraf qilish uchun glyukoza, gemodez yoki natriy xloridining izotonik eritmalarini tomchilab yuborish qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchig‘i, qabziyat, og‘izda «metall» ta'mi, og‘izni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit.
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanashi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, ta'sirchanlik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, periferik neyropatiyalar.
Allergik reaktsiyalar eshakemi, teri toshmasi, terini qizarishi, burunni bitishi, isitma, artralgiyalar.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan dizuriya, sistit, poluriya, siydikni ushlab turaolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigarrang ranga bo‘yalishi.
Mahalliy reaktsiyalar tromboflebit (og‘riq, in'ektsiya qilingan joyda qizarish va shish).
Boshqalar neytropeniya, leykopeniya, EKG da T tishchasini tekislanishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (jumladan anamnezdagi), MNT organik shikastlanishlari (jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi, (katta dozalarda buyurilgan holda), homiladorlik (I uch oyligi), laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan - homiladorlik (II-III uch oyliklar), buyrak/jigar yetishmovchiligida qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Metronidazol v/i ga yuborish uchun boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi. Bilvosita antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo‘lishi vaqtini uzayishga olib keladi.
Disulfiramga o‘xshash etanolni o‘zlashtiraolmaslikni chaqiradi. Disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llash turli nevrologik simptomlarning (buyurishlar oralig‘i – 2 haftadan kam bo‘lmasligi kerak) rivojlanishga olib kelishi mumkin.
Simetidin metronidazolning metabolizmni ingibitsiya qiladi, bu qon zardobida uning kontsentratsiyasini oshishigi va nojo‘ya ko‘rinishlar rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Jigar mikrosomol oksidlanish fermentlarini rag‘batlantiruvchi (fenobarbital, fenitoin) preparatlarni bir vaqtda buyurish, metronidazol eliminatsiyasini tezlashtirishi mumkin, buning natijasida uning plazmadagi kontsentratsiyasi pasayadi.
Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilganda, oxirgisining plazmadagi kontsentratsiyasini oshishi va intoksikatsiya simptomlari rivojlanishi mumkin.
Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash davrida etanolni qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaktsiyalarni rivojlanishi mumkin qorinda spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga to‘satdan qon oqib kelishi. 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda amoksitsillin bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Uzoq muddat davolashda qon manzarasini nazorat qilish kerak.
Leykopeniyada davolashni davom ettirish infektsion jarayonni rivojlanish xavfiga bog‘liq.
Ataksiya, bosh aylanishini paydo bo‘lishi va bemorlarda boshqa har qanday nevrologik holatning yomonlashishi davolashni to‘xtatishni talab etadi.
Treponemalarni immobilizatsiya qilish va soxta musbat Nel'son sinamasiga olib kelishi mumkin.
Siydikni to‘q ranga bo‘yaydi.
Ayollardagi trixomonad vaginitni va erkaklardagi trixomonad uretritni davolashda jinsiy hayotdan saqlanish kerak. Davolash xayz ko‘rish vaqtida to‘xtatilmaydi. Trixomaniazni davolagandan keyin xayz ko‘rishning navbatdagi uch sikli oldidan va keyin nazorat sinamalarini o‘tkazish lozim. Lyambliozni davolagandan keyin, agarda simptomlar saqlansa, 3-4 haftadan keyin bir necha kun intervalida ahlatni 3 marta tahlilini (ayrim muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya chaqirgan laktozani o‘zlashtiraolmaslik bir necha hafta yoki oylar davomida, lyamblioz simptomlarini eslatib saqlanishi mumkin) o‘tkazish lozim.
Laktatsiya davrida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Metronidazol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, shuning uchun preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas, keyinchalik faqat agar preparatni qo‘llashdan ona uchun potentsial foyda homila uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash kerak.
Metronidazol qon plazmasidagi kontsentratsiyalarga yaqin kontsentratsiyalarga erishib ko‘krak sutiga o‘tishi tufayli, preparat bilan davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya.
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yuborish (preparat ichga qabul qilingan holda), gemodializni o‘tkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi.
Chiqarilish shakli
0,5% in'ektsiya uchun eritma, 100 ml dan flakonlarda yoki butilkalarda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” MChJ
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
"RADIKS" MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, 100054, Toshkent sh. Lutfiy ko‘ch., 50
Tel (+99871) 273-43-98, faks (+99871) 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.