Sekdaza tabletkalar 500mg №4
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
0,5 г
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Турция
Yoʻriqnoma: Sekdaza tabletkalar 500mg №4
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
SekdazaTa'sir etuvchi modda (XPN): Seknidazol
Dori shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Tarkibi
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: seknidazol – 0,5 g.
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, kaltsiy gidrofosfat digidrati, mikrokristall sellyuloza, povidon K30, natriy kraxmal glikolyati, talk. qobig‘ini tarkibi: Opadri II ko‘k 85F20400 (polivinil spirti, makrogol, titan dioksidi, talk, indigokarmin alyumin laki).
Ta'rifi
oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, ko‘k rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
Protozoylarga qarshi vositalar. Amyobiazda va boshqa protozoy infektsiyalarida qo‘llanadigan vositalar. Nitroimidazol hosilalari.ATX kodi: P01AB07
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Seknidazol yarim sintetik nitroimidazol hosilasi bo‘lib, parazitlarga qarshi va protozoylarga qarshi hususiyatlarga ega.Seknidazol Entamoeba histolytica ga nisbatan amyobitsid ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek Trichomonas vaginalis va Giardia lamblia larga nisbatan ham faoldir.
Farmakokinetikasi
Seknidazol ichga 2,0 g dozada qabul qilinganidan so‘ng dori vositasi qon plazmada maksimal kontsentratsiyasiga 3 soatdan keyin erishadi.Seknidazolning yarim chiqarilish davri 25 soatni tashkil etadi. Dori vositasi organizmdan sekin (qabul qilingan dozaning 16% – 72 soat davomida, 50% esa – 120 soat davomida chiqariladi) asosan siydik bilan chiqariladi.
Seknidazol gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga ajralib chiqadi.
Qo‘llanilishi
• erkaklar va ayollarda urogenital trixomoniaz;• ichak va jigar amyobiazi;
• lyambliozda qo‘llanadi.
Anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarda dori preparatini qo‘llash mumkinligi mikroorganizmning sezgirligiga bog‘liq.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalar ichga qabul qilinadi.Kattalar
Urogenital trixomoniaz: 4 tabletkadan sutkada 1 marta yoki 12 soatlik interval bilan ikki marta (umumiy doza 2,0 g) qabul qilinadi.
Ichak amyobiazi:
• o‘tkir amyobiaz – 4 tabletkadan sutkada 1 marta yoki 12 soatlik interval bilan ikki marta (umumiy doza 2,0 g) qabul qilinadi. surunkali tashuvchanlik (bo‘shliq va sistali shakllari) – sutkada 3 tabletka bir martada yoki bir nechaga bo‘linib, 3 kun davomida qabul qilinadi.
Jigar amyobiazi: sutkada 3 tabletka bir martada yoki bir nechaga bo‘linib, kamida 5 kun davomida qabul qilinadi.
Lyamblioz: 4 tabletkadan sutkada 1 marta yoki 12 soatlik interval bilan ikki marta (umumiy doza 2,0 g) qabul qilinadi.
Bolalar
Preparatning ushbu dori shakli tana vazni 20 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Bolalarda davolash davomiyligi analogik klinik vaziyatlarda kattalardagi davolash davomiyligiga muvofiq keladi; seknidazolning dozalari individual tibbiy mezonlarga qarab sutkada 25 mg/kg dan 30 mg/kg gacha bo‘lgan dozalarni tashkil etadi.
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda seknidazolning dozasiga tuzatish kiritish bo‘yicha tavsiyalar umuman 5-nitroimidazol hosilalariga tegishli.
O‘rtacha yoki og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda seknidazolning farmakokinetik ko‘rsatkichlari ahamiyatli darajada o‘zgarmaydi, shuning uchun, ayniqsa qisqa muddatli davolashda, odatda Sekdazaning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ularning umumiy ahvolini baholash va zarurat bo‘lganida preparatning sutkalik dozasini kamaytirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalar quyida MedDRA tasnifi bo‘yicha struktur-a'zolar sinflariga muvofiq ravishda sanab o‘tilgan. Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, ammo < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000); juda kam hollarda
(< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Qon va limfa tizimlari tomonidan: kam hollarda – davolash to‘xtatilganida qaytuvchan hususiyatga ega bo‘lgan o‘rtacha ifodalangan leykopeniya; juda kam hollarda – agranulotsitoz, neytropeniya, trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – ba'zida og‘ir darajada kechuvchi, toshma, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm, yuzni shishi, periorbital shish va xiqildoqni shishi, isitma, eritema va anafilaktik reaktsiyalar kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Ruhiyatni buzilishlari: juda kam hollarda – psixozlar, ongni chalkashishi va gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, tirishishlar, vertigo, bosh aylanishi, paresteziya, periferik sensor neyropatiya va sensor-motor polinevrit; juda kam hollarda – entsefalopatiya (masalan, ongni chalkashishi) va o‘tkir osti miyacha sindromi (masalan, ataksiya, dizartriya, motorikani buzilishi, nistagm va tremor), davolash to‘xtatilganida qaytuvchan hususiyatga ega.
Yurak tomonidan: kam hollarda – palpitatsiya.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – epigastriyda va/yoki qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat; tez-tez emas – glossit, stomatit, ta'm bilishni buzilishi (og‘izda metall ta'mi), anoreksiya.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: juda kam hollarda – gepatit.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning faol moddasiga va boshqa imidazol hosilalariga yoki yordamchi moddalaridan birotasiga yuqori sezuvchanlik;• homiladorlikning 1 uch oyligi;
• organik nevrologik buzilishlar;
• qon tizimi tomonidan, shu jumladan anamnezida qon tizimini patologik buzilishlarida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Disulfiram. Seknidazolni disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki ongni chalkashishi va psixozni rivojlanish havfi mavjud.
Varfarin. Seknidazol bilan birga qo‘llanganida varfarinning antikoagulyant samarasi kuchayishi mumkin, shuning uchun bunday majmuani qabul qiladigan patsiyentlar qat'iy tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak; protrombin vaqti ko‘rsatkichini sinchiklab nazorat qilish va zarurat bo‘lganida dori vositalarining dozalariga tuzatish kiritish kerak.
Tarkibida litiy saqlovchi preparatlar. Seknidazol litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida oxirgisining kontsentratsiyasi oshishi mumkin.
Siklosporin. Seknidazol bilan birga qo‘llanganida qon plazmasida siklosporinning kontsentratsiyasi oshishi mumkin; dori vositalari majmuada qo‘llanganida qon plazmasida siklosporin va kreatininning darajalarini sinkovlab nazorat qilish kerak.
5-ftoruratsil. Seknidazol bilan birga qo‘llanganida 5-ftoruratsilning klirensi pasayadi, bu oxirgisining toksikligini oshishiga olib keladi.
Alkogol. Seknidazol alkogol bilan birga qabul qilinganida quyidagi simptomlar: qorinda og‘riqli spazmlar, qizib ketishlar, qusish va taxikardiya rivojlanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sekdazani ishlatish vaqtida va preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng 72 soat davomida disulfiram qo‘llanganida kuzatiladigan noxush reaktsiyalarga o‘xshash noxush reaktsiyalar (qizib ketishlar, qorinda og‘riqli spazmlar, qusish va taxikardiya) rivojlanishini oldini olish maqsadida alkogol iste'mol qilish mumkin emas.Sekdaza preparatini, tavsiya etilgan davolash davomiyligiga nisbatan yanada uzoqroq vaqt davomida qo‘llash zarurati tug‘ilganida, patsiyentlarda gematologik ko‘rsatkichlarni (xususan, leykotsitlar miqdorini) nazorat qilish, shuningdek markaziy va periferik neyropatiyalar rivojlanganligidan dalolat beruvchi noxush reaktsiyalar (paresteziyalar, ataksiya, bosh aylanishi, tirishishlar) yuzaga kelishini aniqlash maqsadida patsiyentlarni monitoringini o‘tkazish kerak.
Jigar entsefalopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarda Sekdaza preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, bosh aylanishi yoki ongni chalkashishi rivojlanganida dori preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Urogenital infektsiyalarni davolash vaqtida jinsiy aloqalardan saqlanish kerak.
Yordamchi moddalar: Sekdaza bir tabletkasida 1 mmol (23 mg) dan kamroq natriy saqlaydi, ya'ni deyarli “natriy saqlamaydi”.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida dori preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: seknidazolning dozasi oshirib yuborilgandagi klinik manzara, eng avvalo, nojo‘ya reaktsiyalar, xususan nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalarni kuchayishi bilan ifodalanadi.Davolash: dozasi oshirib yuborilganida davolash, zaharlanishlarda amalga oshiriladigan umumiy davolash qoidalariga asoslanadi; kasalxona sharoitlarida patsiyentni tibbiy kuzatuvini ta'minlash va simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi. Zarurat bo‘lganida organizmdan seknidazolni chiqarish uchun gemodializdan foydalanish mumkin.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 4 tabletkadan blisterda. 1 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.Saqlash sharoiti
Namlikdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.Yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.